• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Tiki-taka”si bilan Yevropani titratganlar. O‘n yil avval “Barselona” bilan YChLda g‘olib chiqqan futbolchilar hozir qayerda?

    Xosep Gvardiola “Barselona” bosh murabbiyligida 2008-yildan 2012-yilga qadar faoliyat olib borgan. Qisqa muddat davomida 14 ta sovrin, shular ichida ko‘plab murabbiylar orzusi bo‘lgan “shalpangquloq” kubokni ikki marta qo‘lga kiritgan. Ikkala finalda ham (2009 va 2011) “Manchester Yunayted” taslim etilgan. 2011-yilgi final Angliyaning “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tgandi. “Barselona” “Manchester Yunayted”ni 3:1 hisobida taslim etgan. Kataloniyaliklar safida Pedro, Messi va Vilya o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, Runi inglizlarning bitta goliga mualliflik qilgan. O‘sha finalda “Barselona” safida maydonga tushgan futbolchilar hozir nima ish bilan mashg‘ul? “Daryo” 2011-yilgi final qahramonlari haqida ma’lumot beradi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Darvozabon

    Viktor Valdes

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ispaniyalik posbon 2002-yil 1-sentabr “Atletiko Madrid”ga qarshi o‘yinda (2:2) “Barselona”dagi debyutini o‘tkazgan. O‘sha mavsumda yosh darvozabon La Ligada 14 o‘yin, YChLda esa 6 ta o‘yin o‘tkazadi. Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Lui van Gal darvozabonga ishonch bildirmaydi va uni ikkinchi jamoaga jo‘natadi. Valdes o‘ziga nisbatan qilingan bu adolatsizlikdan jahli chiqadi va “Barselona”dan ketish haqida o‘ylay boshlaydi. Lekin mavsum oralig‘ida Lui van Gal iste’foga chiqariladi. Uning o‘rnini egallagan Radomir Antich yosh darvozabonni asosiy tarkibga qaytaradi. 2003/04-yilgi mavsumdan boshlab Viktor 1-raqamli darvozabonga aylanadi va 11 yil davomida asosiy tarkibdagi joyini hech kimga bermaydi. Lekin 2014-yilda kutilmaganda “Manchester Yunayted”ga o‘tib ketadi. U yerda ham “eski tanishi” Lui van Gal bilan kelishmovchilik sabab bor-yo‘g‘i ikkita o‘yinda maydonga tushadi. Angliyadan so‘ng Belgiyaning “Standard” jamoasiga o‘tgan Valdes 7 o‘yinda 12 ta golni o‘z darvozasidan olib chiqadi. 2016-yilda “Midlsbro”ga erkin agent sifatida o‘tadi. Bir yildan so‘ng, 2017-yil 17-avgustda Viktor Valdes faoliyatini yakunlaganini e’lon qiladi.

    Hozirda Viktor Valdes “Barselona” akademiyasi darvozabonlari bilan ishlayapti. Xoan Laporta “Barsa” prezidenti bo‘lgach, 39 yoshli sobiq darvozabonni ham jamoaga qaytardi.

    Himoyachilar

    Dani Alves

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    O‘z vaqtida Dani Alves eng yaxshi o‘ng qanot himoyachilaridan biri edi. Undan tashqari futbol tarixidagi eng ko‘p sovrin qo‘lga kiritgan futbolchi (43 ta sovrin). 2016-yilda “Barselona”ni tark etib, “Yuventus”ga o‘tgan. Turindan so‘ng “PSJ” safida ikki mavsum o‘ynagan Alves bir muddat o‘z vatani Braziliyaning “San-Paulu” klubi sharafini himoya qildi. 2021-yilning 17-sentabrida Alves maosh bilan bog‘liq muammolar tufayli “San-Paulu” bilan shartnomani bekor qildi. Hozirda 38 yoshli futbolchi erkin agent maqomida.

    Xerard Pike

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Prezident” (“Barselona” futbolchilari orasida laqabi shunday) Kataloniya jamoasining chin ma’nodagi sodiq futbolchisi. Pep Gvardiola topilmalaridan biri bo‘lgan Pike 2008-yilda asosiy tarkibdan joy oldi va shundan buyon hozirgacha asosiy tarkibdagi o‘rnini hech kimga bermay kelmoqda. Yaqindagina moliyaviy muammolar girdobiga tushib qolgan jamoa yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolay olmay turganda, Xerard o‘z maoshi qisqarishiga rozi bo‘ldi. Pike intervyularida bitta gapni doim takrorlaydi: “Men faoliyatimni ‘Barselona’da yakunlayman”. Jamoaning sodiq futbolchisi “Barsa” safida 600 dan ziyod o‘yinda ishtirok etib, 50 dan ortiq gol muallifiga aylangan.

    Xavyer Maskerano

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2010-yilda “Liverpul”dan xarid qilingan Maskerano Serxio Busketsga yordamchi bo‘lishi ko‘zda tutilgandi. Ammo “Barsa” himoyasida yuzaga kelgan muammolar sabab Gvardiola Xavyerni tayanch zonasidan himoya markaziga o‘tkazadi. U yerda mustahkam o‘rnashib olgan Maskerano 2018-yilga qadar “Barselona” sharafini himoya qildi. 2017-yil 26-aprelda “Osasuna” darvozasiga kataloniyaliklar safidagi birinchi va yagona golini urdi.

    “Barselona”dan keyin ikki yil Xitoyda to‘p surgan Maskerano 2019-yilda Braziliyaga qaytdi va 2020-yilning 16-noyabrida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

    Erik Abidal

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2011-yilgi chempionlikdan so‘ng Erik sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga duch keldi. 2013-yilda esa “Barselona”ni tark etib, “Monako” safiga borib qo‘shildi. Liga 1 jamoasida 9 ta o‘yin o‘tkazgan himoyachi 2014-yil 5-iyulda “Olimpiakos” futbolchisi sifatida tanishtiriladi. O‘sha yilning 14-dekabrida esa Abidal butsisini mixga ildi.

    2017-yilda Erik “Barselona” elchisiga aylandi. 2018-yildan 2020-yilga qadar “Barselona” sport direktori lavozimida faoliyat olib borgan Abidal “Bavariya”dan uchralgan 2:8 hisobidagi mag‘lubiyat fonida jamoani tark etdi.

    Yarim himoyachilar

    Serxio Buskets

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Pike singari Buskets ham 2008-yilda “Barselona”da debyut qilgan. Pep Gvardiola tajribali Yaya Turedan ko‘ra yosh Serxioga ishonch bildira boshladi. Buskets shundan buyon jamoaning asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi. Hozirgacha “Barselona” safida 600 dan ortiq o‘yinda ishtirok etgan ispaniyalik futbolchi jamoa afsonasiga aylanib ulgurdi. Maydon markazini Serxio Busketssiz tasavvur qilish qiyin.

    Xavi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Xavi “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri hisoblanadi. 2015-yilda “Barselona” bilan yana bir “shalpangquloq” kubokni qo‘lga kiritdi va jamoani tark etdi. Kataloniyaliklar safida 700 dan ortiq o‘yinda maydonga tushgan Xavi “egizagi” Inyesta bilan birga futbolni san’at darajasiga chiqara olgandi. Muxlislar uning o‘yinidan zavq olardi.

    “Barselona”dan so‘ng Xavi Qatarning “As-Sadd” jamoasiga o‘tadi. Hozirgi kunda esa Ernandes “As-Sadd” bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib boryapti. Yaqin orada Xavini “Barselona” bosh murabbiyligida ko‘rishimiz mumkin.

    Andres Inyesta

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Inyesta ham “Barselona” tarbiyalanuvchisi. 2002-yilda Kataloniya jamoasida debyutini nishonlagan bo‘lsa-da, 2004/05-yilgi mavsumdan asosiy tarkib futbolchisiga aylangan. Xavi ketganidan uch yil o‘tib, Andres ham “Barselona”ni tark etdi. Yaponiyaning “Vissel Kobe” jamoasiga o‘tgan futbolchi hozir ham o‘sha yerda to‘p surmoqda. Inyesta 37 yoshga kirgan bo‘lsa ham, faoliyatini yakunlash haqida o‘ylab ko‘rgani yo‘q.

    Hujumchilar

    Pedro

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2011-yilgi final qahramonlaridan biri. Pedro 27-daqiqada Xavining uzatmasidan so‘ng hisobni ochgandi. Pedro ham “Barselona”da uzoq ushlanib qolmadi. 2015-yilda “Chelsi”ga yo‘l oldi. Londonliklar bilan 2017-yilda Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi. “Chelsi”dagi besh yilidan so‘ng Pedro Italiyaning “Roma”siga borib qo‘shildi. 2021-yil 19-avgust kuni “Latsio” futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi.

    David Vilya

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2011-yilgi finaldagi yana bir gol muallifi. Triumfdan ikki yil o‘tib, Vilya “Barselona”ni tark etdi. Avvaliga “Atletiko”da, keyin Amerikaning “Nyu-York Siti”sida va Avstraliyaning “Melburn Siti”sida o‘ynagan David 2019-yildan 2020-yilga qadar Andres Inyesta bilan birga “Vissel Kobe” sharafini himoya qildi. Yaponiya jamoasi Vilyaning faoliyatida so‘nggi klub bo‘ldi. Ispaniyalik futbolchi “Vissel Kobe”da faoliyatini yakunladi.

    Lionel Messi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Barselona”ning haqiqiy afsonasi Lionel Messi “ko‘k-anorranglilar” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2000-yildan beri klub tizimida harakat qiladi, 2003-yildan esa asosiy jamoada o‘ynaydi. U katalon klubi bilan Ispaniya chempionati (10), Ispaniya Kubogi va Superkubogi (7 tadan), Chempionlar Ligasi (4), Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati (3 martadan) bosh sovrinlarini qo‘lga kiritgan. Leoning “ko‘k-anorranglilar” safida umumiy hisobda 778 ta o‘yin o‘tkazib, 672 ta gol va 305 ta golli uzatma amalga oshirgan. Uning jamoa bilan qo‘lga kiritgan sovrinlari soni esa 35 tani tashkil qiladi.

    2021-yil 10-avgust kuni “PSJ” jamoasi Lionel Messini o‘z safiga qo‘shib oldi. Messi parijliklar safidagi debyut golini o‘zi uchun qadrli bo‘lgan sobiq ustozi Pep Gvardiolaning “Manchester Siti”siga urdi.

    Zaxira futbolchilari

    Karles Puyol

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    O‘sha paytdagi “Barselona”ning sardori bo‘lgan Puyol 2014-yilda faoliyatini tugatdi. Hozirda Karles Ispaniya televideniyesida ekspert sifatida chiqishlar qilib turadi. 2021-yilda “Barselona” rahbariyatiga qo‘shildi va xayriya loyihalarida ishtirok etadigan bo‘ldi.

    Seydu Keyta

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Gvardiola “Barselona” murabbiyiga aylangach, eng birinchi Keytani xarid qilishlarini so‘raydi. Malilik futbolchi “Barsa”da 4 yil o‘ynaydi. Pep bilan birgalikda, 2012-yilda jamoani tark etdi.

    Uning so‘nggi klubi Qatarning “Al-Jayish”i bo‘lgandi, u 2017-yilda faoliyatini yakunlagan.

    Ibrohim Afellay

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Afellay “Barselona”ga “PSV”dan olib kelingan edi. Niderlandiyalik futbolchi asosiy tarkib futbolchisiga aylanolmadi. 2012-yilda “Shalke-04” futbolchini ijaraga oldi. Undan keyin “Olimpiakos”da o‘ynagan futbolchi 2015-yilda “Barselona” safiga qaytdi. Yangi mavsum boshlanmasdanoq “Barselona” futbolchini “Stok Siti”ga sotib yubordi. Angliyada 4 mavsum faoliyat olib borgan Afellay 49 ta o‘yinda 2 ta golga mualliflik qildi. 2019-yilda esa sobiq jamoasi “PSV”ga qaytdi.

    2020-yil fevral oyida esa faoliyatini yakunladi.

    Bosh murabbiy

    Xosep Gvardiola

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Gvardiola qisqa muddat “Barselona”ni boshqargan bo‘lsa ham, o‘z nomini o‘chmas qilib yozdira oldi. “Barsa”dan so‘ng “Bavariya”ni qabul qilib olgan murabbiy, nemis jamoasi bilan Germaniyada tengsiz bo‘ldi. Biroq Pep myunxenliklar bilan YChL sovrinini qo‘lga kirita olmadi. 2016-yilda “Manchester Siti” ispan mutaxassisini bosh murabbiy etib tayinladi. Pep Angliyada “Siti” bilan uch bor chempion bo‘lishga erishdi. 2020/21-yilgi mavsumda “shaharliklar”ni “shalpangquloq”qa juda yaqin olib keldi. Finalda Tomas Tuxelning “Chelsi”si ustunlik qildi. Gvardiola 2021/22-yilgi mavsumda ham “Manchester Siti” ustozi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda. Uning asosiy maqsadi Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritish.

    Ma’ruf Ochilov tayyorladi

    29.09.2021, 16:39   Izoh (0)   73891
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jasur Yaxshiboyev “Real”ga gol urgan ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi

    29.09.2021, 13:14

    YChL. “PSJ” Messi debyut golini urgan bahsda “Manchester Siti”ni taslim etdi, “Liverpul” raqibiga 5 ta gol urdi. “Milan”da esa alamli mag‘lubiyat

    29.09.2021, 02:32

    YChLda sensatsiya: Jasur Yaxshiboyev gol urgan o‘yinda “Sherif” Madridda “Real”ni mag‘lub etdi

    29.09.2021, 02:02

    Terma jamoadan chaqiruv olgan 39 yoshli Zlatan, OFK talabini bajarishda oqsayotgan Superliga klublari, UEFAdan chekinish va qarshi hujum. Eng so‘nggi sport yangili...

    28.09.2021, 21:03

    “Shalpangquloq” ortidan quvib: Chempionlar Ligasining asosiy favoritlari haqida

    28.09.2021, 13:11

    Umrini “Roma”ga bag‘ishlagan, “Real”ga rad javobini bergan va faoliyatini tugatgan kuni qizidan ayrilishiga bir baxya qolgan Franchesko Totti haqida

    27.09.2021, 23:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.