Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining D guruhi vakillari 28-sentabr, seshanba kuni 2-tur bahslarini o‘tkazdi.

Foto: Getty Images

Madridning “Real” klubi o‘z uyida “Sherif”ni qabul qildi. Uchrashuvning 25-daqiqasida Jasur Yaxshiboyev madridliklar darvozasini ishg‘ol qildi. Yaxshiboyev ikkinchi bo‘lim debyutida kichik jarohat oldi va 57-daqiqada zaxiraga olindi. O‘zbekistonlikning goliga maydon egalari 65-daqiqada Karim Benzemaning penaltidan kiritgan to‘pi bilan javob qaytardi.

Asosiy vaqt yakunlanishi arafasida Sebastyan Till jarima maydoni tashqarisidan Kurtua darvozasini ishg‘ol qilib, moldavan klubiga g‘alaba keltirdi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida “Inter” safarda “Shaxtyor” bilan nursiz durang qayd etdi.

Shu tariqa “Sherif” ikki o‘yindagi g‘alaba evaziga guruhda yakka peshqadamga aylanib oldi.

Chempionlar Ligasi onlayn jadvallari, o‘yinlar taqvimi, to‘purarlar ro‘yxati — ko‘rish.

YChL

2-tur bahslari

28-sentabr, seshanba

“Real Madrid” — “Sherif” 1:2

Gollar: 0:1 – 25 Yaxshiboyev, 1:1 – 65, penalti Benzema, 1:2 – 89 Till.

“Real Madrid”: Kurtua, Nacho (Rodrigo, 66), Alaba, Militao, Migel Gutyerres (Kroos, 66), Kazemiro (Modrich, 66), Valverde, Kamavinga, Benzema, Azar (Yovich, 66), Vinisius Junior.

“Sherif”: Atanasiadis, Fernando, Arboleda, Dulanto, Kristiano, Kolovos (Nikolov, 90), Till, Addo, Traore, Kastanyeda (Julyen, 78), Yaxshiboyev (Bruno, 57).

Ogohlantirishlar: Arboleda (17), Kazemiro (39), Addo (45), Dulanto (46), Yovich (81), Till (90).

“Shaxtyor” — “Inter” 0:0

“Shaxtyor”: Pyatov, Dodo, Marlon, Matviyenko, Ismaili (Krivsov, 78), Pedrino, Solomon (Mudrik, 78), Stepanenko, Alan Patrik (Marlos, 85), Maykon, Traore (Tete, 11).

“Inter”: Handanovich, Dumfris, de Vrey, Shkrinyar, Bastoni, Dimarko (Perishich, 81), Brozovich (Chalxono‘g‘lu, 55), Vesino (Galyardini, 81), Barella, Jeko (Korrea, 55), Martines (Sanches, 72).

Ogohlantirish: Dumfris (81).