• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Germaniyada Merkel davridan keyingi ilk saylovlarda sotsial-demokratlar g‘olib bo‘ldi. Ammo mamlakat kelajagini liberallar va “Yashillar” belgilaydi

    Germaniyadagi parlament saylovlarida amaldagi moliya vaziri Olaf Shols rahbarligidagi Sotsial-demokratik partiya (GSDP) g‘alaba qozondi, deb yozadi Meduza.

    Sotsial-demokratlardan kansler lavozimiga nomzod Olaf Shols rafiqasi Britta Ernst (o‘rtada) va partiya raisdoshi Saskiya Esken (chapda) bilan saylovlardan keyingi partiya yig‘ilishida. Berlin, 2021-yil 26-sentabr

    Sotsial-demokratlardan kansler lavozimiga nomzod Olaf Shols rafiqasi Britta Ernst (o‘rtada) va partiya raisdoshi Saskiya Esken (chapda) bilan saylovlardan keyingi partiya yig‘ilishida. Berlin, 2021-yil 26-sentabr
    Foto: Photothek / Imago Images / Scanpix / LETA

    Unga saylovchilarning 25,7 foizi ovoz berdi, ushbu natijaga muvofiq, u yangi bundestagda 206 ta o‘ringa ega bo‘ladi. Ta’kidlash joiz, parlamentda bu safar 735 nafar — o‘tgan safargidan 26 kishiga ko‘proq deputat ishlaydi. (1) Saylovda saylovchilarning 76,6 foizi ishtirok etdi, bu to‘rt yil avvalgi saylovdagidan 0,4 foizga ko‘proqdir. Avgust boshidagina sotsial-demokratlarni saylovchilarning bor-yo‘g‘i 16 foizi qo‘llab-quvvatlagan edi, yakunda esa ularning natijasi 2017-yilgi saylovdagidan 5,2 foizga yuqoriroq bo‘ldi.

    Ikkinchi o‘rinni tarixdagi eng yomon natija bilan Xristian-demokratik ittifoq va Bavariya Xristian-sotsial ittifoqi bloki (XDI/XSI) egalladi, unga 16 yil davomida Angela Merkel rahbarlik qilgan edi. XDI/XSI ovozlarning 24,1 foizini to‘pladi, taqqoslash uchun, o‘tgan saylovda natija qariyb 33 foiz bo‘lgan edi. Saylov kuni kansler lavozimiga partiyadan nomzod, Shimoliy Reyn shtati bosh vaziri Vestfaliya Armin Lashet noqulay vaziyatga tushib qoldi (bu ushbu kampaniya mobaynidagi birinchisi emas): u saylov byulletenini shunday bukladiki, u kimga ovoz berganini ko‘rish mumkin edi — bu bilan u ovoz berish tartibini qo‘pollik bilan buzdi. Angela Merkelning o‘zi ushbu saylov yakunlariga ko‘ra iste’foga chiqishi haqida uch yil avvaldanoq e’lon qilgan edi; XDI/XSI yetakchisi lavozimini o‘shandayoq tark etgan bo‘lsa-da, baribir partiyaning asosiy yuzi bo‘lib qolgan edi.

    Bundestagga saylovlarning ilk natijalari e’lon qilinganidan keyin Armin Lashet nutq so‘zlamoqda. Berlin, 2021-yil 26-sentabr

    Bundestagga saylovlarning ilk natijalari e’lon qilinganidan keyin Armin Lashet nutq so‘zlamoqda. Berlin, 2021-yil 26-sentabr
    Foto: Political-Moments / Imago Images / Scanpix / LETA
    Merkel o‘rniga kim Germaniyaning yangi kansleriga aylanishi hozircha tushunarsiz. Shols ham, Lashet ham (yaqqol shaxsiy mag‘lubiyatga qaramasdan) koalitsiya tuzishga urinib ko‘radi. Qoida bo‘yicha Germaniya hukumati rahbari g‘olib bo‘lgan partiya yetakchisi bo‘ladi — ya’ni, hozirgi holatda Olaf Shols. Ammo mamlakat tarixida koalitsiyani saylovda ikkinchi o‘rinni olgan partiya shakllantirishi bilan bog‘liq uchta holat bo‘lgan. Aynan shunday qilish niyati haqida Armin Lashet allaqachon e’lon qilib qo‘ygan.

    Germaniyaning siyosiy kelajagi endi “Yashillar” va Erkin demokratik partiya (EDP)ga bog‘liq. Bir necha oygina avval “Yashillar” g‘alaba qozonmasa ham, hech bo‘lmaganda ikkinchi o‘ringa da’vogar deb hisoblanardi. Amalda esa ular atigi uchinchi o‘rinni egalladi (ularning yetakchisi Annalena Berbokning muvaffaqiyatsiz kampaniyasi ham sabab bo‘ldi), ammo tarixdagi eng yaxshi natijani ko‘rsatib, 14,8 foiz ovoz yig‘di (2017-yilgi natijadan 5,9 foizga ko‘proq hamda parlamentda 118 ta mandat). Erkin demokratlar biznes manfaatlarini himoya qilib, nemis siyosatining liberal qanotiga vakillik qiladi. U 11,5 foiz ovoz bilan saylovda to‘rtinchi o‘rinni band qildi (avvalgi saylovdagidan 0,8 foizga ko‘proq va bundesatgda 92 ta o‘rin). Ushbu ikkala partiya ham yosh germaniyaliklar orasida ayniqsa ommabop. O‘z rahbariyatiga ega yangi koalitsiyani tuzish uchun Shols va Lashet shu ikkita partiya bilan kelishib olishiga to‘g‘ri keladi.

    “Yashillar” partiyasi raislari Annalena Berbok va Robert Xabek parlament saylovlarining ilk natijalari e’lon qilinganidan so‘ng partiya uchrashuvida. Berlin, 2021-yil 26-sentabr

    “Yashillar” partiyasi raislari Annalena Berbok va Robert Xabek parlament saylovlarining ilk natijalari e’lon qilinganidan so‘ng partiya uchrashuvida. Berlin, 2021-yil 26-sentabr
    Foto: David Gannon / AFP / Scanpix / LETA

    “Yashillar” va erkin demokratlar o‘rtasida ko‘plab ziddiyatlar mavjud. Kelishib olish qiyin bo‘lishi mumkin. “Yashillarning siyosiy kun tartibi iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash atrofiga tuzilgan, buning uchun javobgarlikni davlat o‘z zimmasiga olishi kerak. Bu orada erkin demokratlar biznes uchun qo‘shimcha qoidalar va yangi taqiqlar uchun qarshi chiqadi. Bundan tashqari, liberallar soliqlar oshirilishiga qarshilik ko‘rsatadi, ammo “Yashillar” yangi, zararsiz texnologiyalarga investitsiyalar uchun soliqlar oshirilishi zarur deb hisoblaydi. Erkin demokratlar yetakchisi Kristian Lindner XDI/XSI bilan mafkuraviy jihatdan yaqinligi haqida ochiqchasiga gapirsa, “Yashillar” tarixiy va g‘oyaviy nuqtayi nazardan so‘l kuchlarga yaqinroq.

    Germaniya erkin demokratik partiyasi yetakchisi Kristian Lindner o‘z surati tushirilgan saylovoldi plakati yonida. Berlin, 2021-yil 24-sentabr

    Germaniya erkin demokratik partiyasi yetakchisi Kristian Lindner o‘z surati tushirilgan saylovoldi plakati yonida. Berlin, 2021-yil 24-sentabr
    Foto: Annegret Hilse / Reuters / Scanpix / LETA
    Hammasi navbatdagi “katta” (2) koalitsiya bilan tugashi istisno qilinmayapti. Ammo bu juda ma’qullanmaydigan yechim bo‘ladi. To‘rt yil avval, 2017-yilgi saylovlar yakunlariga ko‘ra, eng murakkab sheriklari bilan ham kelishib olish qobiliyati bilan mashhur bo‘lgan Angela Merkel “Yashillar” va erkin demokratlar bilan “Yamayka” (3) koalitsiyasini tuzmoqchi bo‘lgan. Biroq muzokaralar boshlanganidan keyin yarim yil o‘tib, Kristian Lindner “noto‘g‘ri boshqargandan ko‘ra, umuman boshqarmagan ma’qulroq” deb muzokaralardan chiqib ketdi. Oxir-oqibat Merkel sotsial-demokratlar bilan navbatdagi “katta” koalitsiya haqida bitimga keldi. Umuman olganda, GSDP va XDI/XSI hozir ham ko‘pchilikni tuzishi mumkin, biroq bu ikkala partiya a’zolari tomonidan ham, bunda hukumat almashinuvchanligi xavfini ko‘rayotgan nemis ekspertlari tomonidan ham o‘ta darajada ma’qullanmaydigan g‘oya. Lekin baribir shungacha yetib borsa, eng ko‘p ovoz to‘plagan partiya yetakchisi sifatida Shols kansler bo‘ladi.

    Joriy saylovlar — radikal (va rossiyaparast) kuchlar — “Germaniya uchun alternativa” (GuA) va “So‘llar”ning mag‘lubiyati. Migratsiyani cheklash va “an’anaviy qadriyatlar”ni himoyalash tarafdori bo‘lgan o‘ng populist GuA 10,3 foiz ovoz to‘pladi (o‘tgan saylovdagidan 2,3 foizga kam va parlamentda 83 ta mandat). Ushbu partiyaning bundestagga o‘tishining o‘zi ham u uchun g‘alaba bo‘lib, uning g‘oyalari nemis jamiyatida mustahkam o‘rnashganini isbotlaydi. Ammo 2017-yilgi saylovlardan keyin ko‘pchilik uning g‘oyalari bundan keyin ham tarqalishda davom etishini taxmin qilgandi, lekin bunday bo‘lmadi. Shu jumladan, Germaniya tashqi siyosatida amerikaparast yo‘nalishdan voz kechish tarafdori bo‘lgan “So‘llar” esa besh foizlik to‘siqdan ham o‘ta olmadi, biroq Germaniya saylov tizimining o‘zi xos jihatlari (4) tufayli bundestagda fraksiya shakllantira oladi. Ikkala partiya ham, xususan, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish tarafdori, ammo ularning siyosiy qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’siri shundoq ham o‘ta cheklangan edi.

    Kreml uchun saylovlarning asosiy natijasi — Germaniyada “Yashillar” partiyasidan kansler bo‘lmaydi. Bu nafaqat shunchaki sanksiyalarni saqlab qolish va kengaytirish, balki, xususan, “Shimoliy oqim — 2” loyihasining to‘xtatilishi tarafdori bo‘lgan yirik nemis siyosiy kuchlaridan bo‘lgan yagona partiyadir. “Yashillar” kelajakda hukumatda tashqi ishlar vaziri lavozimini egallashi ehtimoldan xoli emas, lekin hatto u holatda ham ularning tashqi siyosatga ta’siri partiyaning barcha ehtimoliy sheriklari: ham xristian demokratlar, ham sotsial-demokratlar, ham erkin demokratlar tomonidan Rossiyaga nisbiy sodiqlik bilan cheklanadi. Ushbu partiyalarning hech biri Kreml bilan aloqalarni keskin uzishni istamaydi.

    Izohlar:

    1. Deputatlar soni nima uchun o‘zgaradi? Bu Germaniya saylov tizimining o‘ziga xosliklari bilan bog‘liq. Byulletenda ikkita ustun bo‘ladi. Saylovchi birinchi ovozini o‘z saylov okrugidagi nomzodga, ikkinchisini esa partiyalardan biriga berishi kerak. O‘z okruglarida eng ko‘p ovoz to‘plagan nomzodlar deputatlarga aylanadi. Ammo u yoki bu shtatdan yakuniy mandatlar taqsimlanishi u yerda nechta partiya “ikkinchi ovoz”ga ega bo‘lganiga muvofiq bo‘lishi kerak. Natijada ba’zi partiyalar “keragidan ortiq” mandatlarni qo‘lga kiritsa, boshqalari joylarning taqsimlanishi “ikkinchi ovozlar” bilan belgilanadigan proporsiyalarga mos kelishi uchun “kompensatsiya qiluvchi” mandatlarga ega bo‘ladi.
    2. Germaniyada XDI/XSI va GSDP koalitsiyasi “katta” koalitsiya deb ataladi, ular urushdan keyingi yillar davomida mamlakatning eng yirik partiyalari bo‘lib qolmoqda. Merkel davrigacha ular uzoq muddatli koalitsiyaga birlashmasdan, balki deyarli har doim o‘zaro raqobatlashib kelgan.
    3. Nima uchun “Yamayka” koalitsiyasi deyiladi? Germaniya partiyalari ranglari Yamayka bayrog‘idagi ranglarni eslatgani uchun: yashil (“Yashillar” partiyasi), qora (XDI/XSI) va sariq (Erkin demokratik partiya).
    4. Aynan qanday jihatlari? Partiya bundestagda fraksiya shakllantirish uchun partiya ro‘yxatlari bo‘yicha besh foizlik to‘siqdan o‘tishi yoki kamida uchta bir mandatli okruglarda saylovlarda g‘olib bo‘lishi kerak. “So‘llar” parlamentga uchta bir mandatlilarni olib keldi va endi unda ularning partiyalar ro‘yxatlari bo‘yicha natijalariga proporsional miqdorda joylarga ega bo‘ladi — 4,9 foiz. Bu 39 ta o‘rin demakdir.

    28.09.2021, 15:26   Izoh (0)   12272
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Uy zindonga aylandi”. “Tolibon” hokimiyatni qo‘lga olganidan bir oy o‘tib, afg‘onistonlik ayollar qanday yashamoqda?

    28.09.2021, 12:39

    Britaniya hukumati yonilg‘i inqirozini bartaraf etish uchun harbiylarni safarbar qildi

    28.09.2021, 11:40

    WSJ: AQSh Rossiyaning Markaziy Osiyodagi harbiy bazalaridan foydalanishni rejalashtirmoqda

    28.09.2021, 10:30

    Kanadada uyg‘ur turklari 148 yillik cherkovni masjidga aylantirdi

    28.09.2021, 08:24

    Islandiyada Yevropada ilk bor ayollar parlamentdagi o‘rinlarning yarmidan ko‘pini qo‘lga kiritgandi. Ovozlar qayta sanab chiqilgach, ko‘pchilik o‘rin erkaklarda qo...

    27.09.2021, 23:44

    Turkmanistonda prezident, vazirlar va deputatlar mamlakat mustaqilligining 30 yilligi sharafiga bir-birini medallar bilan taqdirladi

    27.09.2021, 19:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Sistit — bu uyat emas!


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kir yuvish kukuniga allergiya: sababi, dastlabki belgilari va oldini olish chorasi

    Ayollar sahifasi | 31 may, 21:35

    O‘zbekiston JSTga a‘zo bo‘lish bo‘yicha Buyuk Britaniya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi

    O‘zbekiston | 31 may, 21:15

    O‘zbekistonning “Sahrodagi Luvr”idan keltirilgan suratlar Rossiyada namoyish etilmoqda (foto)

    O‘zbekiston | 31 may, 20:55

    Shavkat Mirziyoyev haj ziyoratida bo‘lib turgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi bilan telefon orqali muloqot qildi

    O‘zbekiston | 31 may, 20:40

    Taniqli bastakor Dilorom Omonullayeva 66 yoshda vafot etdi

    Shou-biznes | 31 may, 20:10

    “Kalmar o‘yini 3”: Janubiy Koreyaning 2025-yil iyun oyida premyerasi bo‘ladigan 6 ta seriali

    Madaniyat | 31 may, 19:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.