• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga hokimiyatni kuch bilan egallashga urinish ayblovi e’lon qilindi

    Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga 2020-yilning oktabr oyida hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinish va ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirish ayblovlari e’lon qilindi. Bu haqda uning advokati Sergey Slesarevga tayanib, “Kommersant” xabar berdi. Atambayev o‘tgan yilning oktabridan buyon hibsda saqlanmoqda.

    Foto: “Kommersant”

    Foto: “Kommersant”

    “Atambayevga o‘tgan yilning oktabr oyi boshlarida poytaxtda yuz bergan ommaviy tartibsizliklarni uyushtirishda va hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olishga urinishda gumon qilingani to‘g‘risida xabarnoma topshirildi”, — dedi advokat. Himoyachining ta’kidlashicha, tartibsizlikning birinchi kunlarida sobiq prezident hibsda edi va jismonan olib qaraganda ularni uyushtirishda qatnasha olmasdi.

    Ushbu ish bo‘yicha prezident ma’muriyatining sobiq rahbari Farid Niyozov, sobiq prezident qo‘riqchisi Kanat Sagimboev va ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Kursan Asanov ham qatnashmoqda.

    2020-yilning oktabr oyi boshida Bishkekda parlament saylovlari natijalaridan norozi turli siyosiy kuchlar o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lib o‘tgandi. 6-oktabr kuni namoyishchilar talabiga binoan Almazbek Atambayev 2019-yil avgustidan beri saqlanayotgan tergov izolyatoridan ozod qilindi. 9-oktabr kungi to‘qnashuvlar chog‘ida noma’lum shaxs ichida Atambayev bo‘lgan mashinaga to‘pponchadan bir necha bor o‘q uzgan, biroq sobiq davlat rahbari jarohat olmagan. Jinoyatchi haligacha topilmagan.

    Oktabr voqealari yakunida amaldagi prezident Sadir Japarov tarafdorlari g‘alaba qozondi. 10-oktabr kuni Atambayev qayta hibsga olindi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Almazbek Atambayev hokimiyatni qo‘lga kiritish uchun sobiq bosh vazir Omurbek Babanov, maslahatchisi Farid Niyozov va boshqalar bilan til biriktirgan.

    Bundan bir necha oy oldin Atambayev sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining tergov izolyatoridan 47-sonli axloq tuzatish koloniyasiga ko‘chirilgan edi. Koloniyada tibbiy shifoxona mavjud.

    Atambayev Almazbek Sharshenovich 1956-yil 17-sentabrda Qirg‘iziston SSRning Arashan qishlog‘ida tug‘ilgan. 1980-yilda Moskva boshqaruv universitetini tamomlagan.

    U aloqa korxonalarida muhandis, iqtisodchi bo‘lib ishlagan. 1983-yildan Qirg‘iziston SSR Oliy Kengashi prezidiumi muharriri va referent, 1987-yildan Frunze (hozirgi Bishkek) Pervomayskiy tumani Ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari bo‘ldi.

    Atambayev 1989-yilda biznes bilan shug‘ullanishni boshladi. 1993-yilda u Sotsial-demokratik partiyasini tuzdi, 1995- va 2000-yillarda mamlakat parlamentiga saylandi. 2000-yil aprelda sud mol-mulk va daromadlar haqidagi ma’lumotlarni yashirgani uchun Atambayevning mandatini bekor qildi. 2000-yil oktabr oyida u prezidentlik saylovlarida uchinchi o‘rinni egalladi. Atambayev “Lolalar inqilobi”dan keyin, 2005—2006-yillarda sanoat, savdo va turizm vaziri, 2007-yil martdan noyabrgacha esa bosh vazir bo‘lib ishlagan.

    2009-yilning iyulidagi prezidentlik saylovlarida Atambayev muxolifatchilardan yagona nomzod edi, lekin u atigi 8,41 foiz ovoz to‘plab, Qurmanbek Bakiyevga yutqazdi. Inqilobdan so‘ng, 2010-yilning aprelida u muvaqqat hukumat rahbarining iqtisod bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi. 2010-yil 17-dekabrdan esa hukumatni boshqargan. 2011-yil 30-oktabrda Atambayev 63,24 foiz ovoz bilan Qirg‘iziston prezidenti etib saylandi.

    2016-yilda Atambayev konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazdi, buni esa huquq himoyachilari, jurnalistlar va muxolifatchilar hokimiyatni egallab olishga urinish deb baholadi. 2017-yil noyabr oyida u birinchi muddatdan keyin o‘z lavozimini tark etdi. Atambayev prezidentligining so‘nggi yillarida mamlakatda jurnalistlar, faollar, muxolifatchi siyosatchilar va inson huquqlari himoyachilariga qarshi ko‘plab fuqarolik va jinoiy sud jarayonlari o‘tkazildi.

    2019-yil 27-iyunda Qirg‘iziston parlamenti deputatlari Almazbek Atambayevni sobiq prezident maqomidan va shunga ko‘ra daxlsizlikdan mahrum qildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Bosh prokuratura uning harakatlarida korrupsiya, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish va noqonuniy boylik orttirish belgilarini topgan. Atambayevning o‘zi ayblovlarni tan olmadi va huquq-tartibot organlarining sudga chaqiruv qog‘oziga bo‘ysunishdan bosh tortdi.

    15.09.2021, 16:36   Izoh (0)   19968
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh razvedkasi “Al-Qoida” 1-2 yil ichida hujumga o‘tishi mumkinligidan ogohlantirdi

    15.09.2021, 15:26

    FT: Si Szinpin Baydenning yuzma-yuz uchrashish haqidagi taklifini rad etdi

    15.09.2021, 14:34

    2023-yilgacha Yer aholisining barchasi emlanishi shart, Turkiyada yana kasallanish ko‘paydi, dunyo yangi pandemiyaga tayyor emas. Koronaxabarlar

    15.09.2021, 13:26

    Shimoliy Koreya ikki kun ichida ikkinchi marta raketa uchirdi

    15.09.2021, 12:25

    Jahon qarzi 296 trillion dollarga yetib, o‘z tarixiy rekordini yangiladi

    15.09.2021, 11:26

    Farer orollarida ommaviy delfin ovi uyushtirilib, bir kechada qariyb 1500 ta jonivor o‘ldirildi

    15.09.2021, 10:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barselona” Levandovskiga munosib o‘rinbosar topdi

    Sport | 25 iyun, 10:29

    O‘zbekistonda banklarni sanatsiya qilish va tugatish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 10:29

    AQSH generali Ukraina urushda yutishi mumkinligini aytdi

    Dunyo | 25 iyun, 10:19

    Filmlarda boshqa kino yulduzlarini gavdalantirgan zamonaviy aktrisalar

    Layfstayl | 25 iyun, 09:58

    Xitoyda pora olgan amaldor o‘limga hukm qilindi

    Dunyo | 25 iyun, 09:53

    Jaziramada yoqimsiz hidlardan qutulishga yordam beradigan 7 ta layfhak

    Layfstayl | 25 iyun, 09:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.