• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Davlat to‘ntarishi uyushtirilgan Gvineya iqtisodiyoti haqida nimalarni bilish zarur?

    Gvineyada sodir etilgan harbiy to‘ntarish butun dunyoda katta qiziqish uyg‘otdi, chunki mamlakat alyuminiy ishlab chiqarish uchun zarur xomashyo — boksitning asosiy yetkazib beruvchilaridan biri hisoblanadi. Ushbu G‘arbiy Afrika davlatining iqtisodiyoti to‘g‘risida yana nimalarni bilish zarur? Bu haqda “RBK” maqola tayyorladi.

    Foto: Bloomberg

    Foto: Bloomberg

    Yalpi ichki mahsulot (YaIM) va qashshoqlik

    Gvineya Respublikasi (Gvineya-Bisau, Ekvatorial Gvineya va Papua — Yangi Gvineya bilan adashtirmaslik kerak) aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM miqdori bo‘yicha Afrika qit’asidagi eng kambag‘al davlat deb atalishdan yiroq – mamlakatda YaIM 2020-yilda 1194 dollar bo‘lgan (o‘sha paytdagi narxlarda). Bu Zambiya, Efiopiya, Mali, Uganda, Eritriya, Sudan va boshqa davlatlardagi ko‘rsatkichga nisbatan yuqori. Biroq 2016-yildan beri aholi jon boshiga YaIMning 63 foizga o‘sishi, asosan, aholining farovonligi emas, balki tog‘-kon sanoati va boksit eksport qilish suratining shiddat bilan o‘sishi natijasidir (2019-yilda ushbu alyuminiy rudalarining eksporti 3,3 milliard dollarga yoki Gvineya yalpi ichki mahsulotining deyarli chorak qismiga teng bo‘lgan).

    Foto: “RBK”

    Foto: “RBK”

    So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yilda Gvineyada qashshoqlik darajasi 43,7 foizni tashkil etgan, bu esa milliy qashshoqlik yoqasida yashovchi 5,8 million kishiga teng. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson taraqqiyoti indeksida Gvineya qariyb 190 mamlakat orasida 178-o‘rinni egalladi, buning sabablaridan biri mamlakatda umr ko‘rish davomiyligi past — 2019-yilda 61,6 yil.

    Davlat moliyasi

    Afrika taraqqiyot banki guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, Gvineyada budjet taqchilligi 2020-yilda YaIMning 3,1 foizini tashkil etdi, uni qisman milliy Markaziy bankning qisqa muddatli kreditlari hisobidan moliyalashtirishga to‘g‘ri kelgan. Bundan tashqari, 2020-yil respublika koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish maqsadida 381 million dollar yoki YaIMning 2,5 foizi miqdorida tashqi moliyaviy yordam oldi. (XVJ, Jahon banki, Afrika taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki grantlari va kreditlari; Gvineya aholisining 85 foizi islom diniga e’tiqod qiladi).

    Foto: “RBK”

    Foto: “RBK”

    Gvineyaning qarz bo‘yicha holatini xalqaro institutlar barqaror deb baholaydi, mamlakatda tashqi qarzdorlik inqirozining “o‘rtacha” xavfi mavjud. Gvineyaning umumiy davlat qarzi 2020-yil oxirida yalpi ichki mahsulotning 44 foizigacha o‘sdi, bu undan avvalgi yilda 36,5 foizga to‘g‘ri kelardi. Shu bilan birga, mamlakat joriy yil hisobida katta taqchillik mavjud — o‘tgan yilgi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 13,3 foiz. Bu, birinchi navbatda, yirik konchilik va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun asosiy vositalar importining sezilarli hajmi, shuningdek, transport va telekommunikatsiya xizmatlari importi bilan bog‘liq.

    Boksit qazib olish

    Tog‘-kon sanoati Gvineya yalpi ichki mahsulotining qariyb 25 foizini tashkil qiladi va eng tez rivojlanayotgan tarmoq hisoblanadi. Mamlakat boksit ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda Avstraliyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi (mahalliy konlar va geologiya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yil 88 million tonna boksit ishlab chiqarilgan). Gvineyadagi boksit zaxiralari 7,4 milliard tonna deb baholanmoqda. Milliarder Oleg Deripaskaning so‘zlariga ko‘ra, jahon alyuminiy ishlab chiqarishining 20 foizida ​​Gvineya boksitidan foydalaniladi.

    Foto: “RBK”

    Foto: “RBK”

    Alyuminiy tabiatda sof holda uchramaydi. Uni ishlab chiqarishdagi asosiy ruda boksit (alyuminiy rudasi) bo‘lib, u alyuminiy oksidiga aylantiriladi hamda undan elektroliz orqali metall olinadi. Jahon alyuminiy iste’molining qariyb 20 foizi avtomobilsozlik sohasiga to‘g‘ri keladi.

    Gvineyadagi eng yirik boksit ishlab chiqaruvchisi — 2014-yilda tashkil etilgan va Xitoy manfaatlarini ifoda etuvchi Société Minière de Boké (SMB) kompaniyasi (uni Singapurda joylashgan Winning Shipping, Xitoy alyuminiy ishlab chiqaruvchisi Shandong Weiqiao va Gvineya hukumatidan iborat konsorsium boshqaradi). Gvineya boksiti eksport qilinadigan asosiy mamlakat Xitoy: S&P Global Platts ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil boshidan buyon jo‘natmalarning 55 foizga yaqini Xitoy hissasiga to‘g‘ri keladi.

    Shuningdek, Gvineyada boksit Rossiyaning “Rusal” kompaniyalar guruhi va Birlashgan Arab Amirliklarining Emirates Global Aluminium kompaniyasi tomonidan qazib olinadi.

    Gvineya inqilobchilarining yetakchisi, polkovnik Mamadi Dumbuya 6-sentabr, dushanba kuni mamlakat xalqaro biznes majburiyatlarini bajarishda davom etishini aytdi. “Iqtisodiy va moliyaviy sheriklar mamlakatda iqtisodiy hamkorliklar odatdagidek davom etishiga amin bo‘lishi mumkin”, — dedi u.

    Oltin va boshqa metallar

    AQSh Xalqaro savdo boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Gvineya 2019-yilda qiymati 1,2 milliard dollarga teng 892 ming unsiya oltin eksport qilgan. Jahon oltin kengashining ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda Gvineyada oltin ishlab chiqarish 56,9 tonnani (yoki 1,83 million unsiya) tashkil etgan, bu 2019-yilga nisbatan ikki baravar ko‘p.

    Gvineyada, xususan, oltin AngloGold Ashanti xalqaro kompaniyasi (Siguiri koni, undan 2021-yilning birinchi yarmida 117 ming unsiya oltin olingan) tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Gvineyadagi Lefa oltin koni Nordgold (asosiy foyda oluvchisi — Aleksey Mordashov oilasi)ga tegishli. Ma’lumotlarda aytilishicha, kompaniya 2010-yildan beri konga 1 milliard dollar sarmoya kiritgan. “Bugungi kunda Gvineyadagi siyosiy vaziyat Nordgold’ga ta’sir qilgani yo‘q, bizning Lefa oltin konimiz odatdagidek ishlashda davom etmoqda”, — deyiladi kompaniya ma’lumotlarida.

    Gvineyada, shuningdek, temir rudasini qazib olish bo‘yicha Simandou nomli yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Loyihani, jumladan, Avstraliyaning Rio Tinto va Xitoyning China Baowu Steel Group kompaniyalar guruhi moliyalashtiradi. Biroq mazkur loyiha ortga surilmoqda, u hatto texnik-iqtisodiy asoslash bosqichiga ham yetib bormagan. S&P Global Platts qayd etishicha, Gvineyadagi davlat to‘ntarishi uni yanada kechiktirishi mumkin.

    Foto: “RBK”

    Foto: “RBK”

    Mavzuga doir:

    • Gvineyada harbiylar davlat to‘ntarishi uyushtirib, prezidentni qo‘lga oldi
    • Gvineyada isyonchilar butun mamlakat bo‘ylab komendantlik soati e’lon qildi

    13.09.2021, 11:45   Izoh (0)   17135
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Belarus Rossiyadan 1 milliard dollarlik qurol-yarog‘ sotib oladi

    13.09.2021, 11:15

    “Tolibon” Afg‘onistondagi OTMlar faoliyati bir hafta ichida qayta boshlanishini ma’lum qildi

    13.09.2021, 09:01

    Eron MAGATEga o‘z yadro obyektlaridagi kuzatuv kameralarini ishlatishga ruxsat beradi

    13.09.2021, 08:21

    FQB 2001-yil 11-sentabr teraktlariga aloqador maxfiy hujjatlarning birinchisini e’lon qildi

    12.09.2021, 21:22

    Jahon hamjamiyati “Tolibon” Afg‘onistonda tuzgan hukumat bilan hamkorlik qilishga tayyormi?

    12.09.2021, 16:24

    Kobulda ayollar “Tolibon”ni qo‘llab-quvvatlab namoyish o‘tkazdi. Yopiq kiyingan va qo‘llarida ingliz tilidagi shiorlarni ko‘tarib olgan namoyishchi ayollarni qurol...

    12.09.2021, 15:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.