• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Jahon hamjamiyati “Tolibon” Afg‘onistonda tuzgan hukumat bilan hamkorlik qilishga tayyormi?

    Hali dunyoda hech bir mamlakat “Tolibon” tuzgan hukumatni rasman tan olgani yo‘q, lekin ko‘pchilik davlatlar ular bilan hamkorlikka tayyorligini bildirgan. Ushbu jarayon Afg‘oniston va dunyodagi boshqa davlatlar uchun nimani bildiradi? “RBK” nashri bu haqida tahliliy maqola tayyorlagan.

    Zabihullo Mujohid

    Zabihullo Mujohid
    Foto: EPA

    Kimlar Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda?Jahon hamjamiyati “Tolibon” harakatining Muhammad Hasan Oxund rahbarligidagi yangi hukumatni shakllantirganini e’lon qilganiga faol munosabat bildirgani yo‘q. Toliblar vakili Zabihullo Mujohid Oxund qo‘l ostidagi Vazirlar mahkamasi muvaqqat hukumat ekanini aytgan, biroq to‘liq boshqaruv tizimiga qachon va qay yo‘sinda o‘tilishiga aniqlik kiritmagan.

    Pokiston avvalgi safardagidek Afg‘onistondagi yangi hukumat bilan ishlashga tayyorligi haqida ochiq e’lon qilmoqda. 7-sentabrda Pokiston islom respublikasi tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy Xitoy, Tojikiston, O‘zbekiston, Eron, Turkmaniston va Pokiston TIV vakillari qatnashgan mintaqaviy forumga Afg‘onistonning yangi hukumati a’zolarini ham taklif qilish zarurligini ta’kidlagan. Yuqoridagi davlatlar tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi onlayn uchrashuv videokonferensaloqa orqali o‘tkazilgan.

    “Ushbu g‘oyani o‘ylab ko‘rish kerak deb hisoblayman”, — deya vazir so‘zlarini keltiradi Reuters.

    Uning qayd etishicha Afg‘onistonning ishtiroki forum ishining samaradorligini oshiradi. Qurayshiy hamkasblariga mavjud voqelikka eski linzalar bilan qarashni to‘xtatishga chaqirgan. Islomobod Afg‘oniston bilan munosabatlarga real yondashish zarurligi, bu mamlakatdagi 40 million aholi foydasiga xizmat qilishini ta’kidlagan.

    Uchrashuvda Xitoy nomidan ishtirok etgan tashqi ishlar vaziri Van I Pekinning Afg‘onistonga umumiy qiymati 31 million AQSh dollariga teng bo‘lgan oziq-ovqat hamda tibbiyot vositalari, xususan, 3 million doza koronavirusga qarshi vaksina yuborilishi ma’lum qilgan. Shuningdek, u toliblarga ekstremistik guruhlar bilan aloqalarni to‘xtatishni tavsiya etgan.

    Avval Qatar hamda Turkiya “Tolibon” bilan kelishib olgani va ushbu davlatlarning mutaxassislari Kobul xalqaro aeroportining xavfsiz sharoitda ishlashini ta’minlashi xabar qilingan.

    Xalqaro jamoatchilik Afg‘oniston xalqiga ijtimoiy yordam berishda davom etishiga BMTda ham Xalqaro qizil xoch qo‘mitasida ham shubhalar yo‘q. Qo‘mita prezidenti Peter Maurer Afg‘onistonga qilgan to‘rt kunlik safaridan keyin jurnalistlarga mamlakat aholisining taxminan 90 foizi kuniga 2 dollar evaziga hayot kechirayotgani va 10 millionga yaqin odamga oziq-ovqat yetishmayotganini bildirgan. U Afg‘onistondagi safari davomida hukumat rahbarining o‘rinbosari mulla Barodar va toliblarning boshqa yetakchilari bilan uchrashgan. Xalqaro tashkilot rahbarining fikricha, yana bir muammo bu Kobuldan xorij fuqarolarini evakuatsiya qilish jarayonida ota-onalarning chaqaloqlarini chet elliklarga berib yuborgani va bolalarning yetim qolganligida.

    Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti diplomatiya kafedrasi rahbari Aleksandr Panovning aytishicha, toliblar hukumati bilan ishlashga tayyorlikni bildirish bu ular tuzgan Vazirlar mahkamasi tarkibini rasman tan olishni anglatmaydi.

    “Tolibon” hukumatini rasman tan olish uchun har qanday mamlakat, albatta, Afg‘onistondagi hokimiyat boshqaruvini tan olgani va ushbu davlat bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatishga tayyorligi haqida murojaatnoma yo‘llashi zarur. Bu haqda rasman e’lon qilinishi kerak”, – deydi olim.

    “Aeroportdagi xavfsizlik, ishning uzluksizligini ta’minlash yoki toliblarga har qanday turdagi boshqa yordamning berilishi, mamlakat hududida elchixonani saqlab qolish yoxud bu borada muzokaralar olib borishni anglatmaydi. Elchixona ishini davom ettirishi mumkin, sababi diplomatik munosabatlar to‘xtatilmagan. Biroq munosabatlar legitimlashuvini ta’minlash uchun yangi hukumatni rasman tan olish lozim”, — deya “RBK”ga tushuntirishlar bergan Panov.

    Jahon hamjamiyatida qaysi masalalar hal etilishi kerak?Rossiya, AQSh, Yevropa ittifoqi va boshqa davlatlar toliblarning yangi hukumatining inklyuzivligi, ya’ni davlat boshqaruvida mamlakatdagi turli etnik, diniy va siyosiy guruhlar hamda ayollarning ishtirokini ta’minlashida ko‘mak berishga chaqirgan.

    Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlarning va boshqa davlatlarning yangi hukumatga e’tirozining asosiy sababi inklyuzivlikning yo‘qligida. Hukumat etnik va diniy guruhlarga davlat boshqaruvida ishtirok etishgan umid uyg‘otmoqda, degan Yevropa ittifoqi vakili Peter Stano.

    “Tolibon” e’lon qilgan yangi hukumat tarkibida 33 nafar vazir bor, ularning hammasi harakat a’zolari va pushtun millatiga mansub kishilari. Germaniya ushbu bir xillikka e’tiroz bildirgan.

    “Boshqa guruhlar ishtirokisiz o‘tish hukumati tuzilganining e’lon qilingani, Kobulda namoyishchilarning bostirilgani va jurnalistlarning ta’qibga uchragani Afg‘onistondagi davlat boshqaruvi yuzasidan hech qanday optimizm signallarini bermayapti”, — degan Germaniya federativ respublikasi TIV rahbari Xayko Maas.

    Shunga qaramay Germaniya hukumati afg‘onistonliklarga ijtimoiy yordam taqdim qilish imkoniyati bor deb hisoblamoqda. Afg‘onistonga qo‘shni Eron vakillari ham garchi o‘z boshqaruv tizimi toliblarniki bilan o‘xshash bo‘lsa ham (oliy yetakchining borligi va yagona ijro hokimiyati) inklyuzivlik ta’minlanmaganligi tufayli yangi hukumatni tanqid qilgan.

    Harakat davlat boshqaruvida xalqaro moliyaviy institutlardan yordam olishi uchun toliblarga ham boshqa mamlakatlarning ular tuzgan hukumatni diplomatik jihatdan tan olishi o‘ta zarur, deya vaziyatga e’tibor qaratgan The New York Times. Nashrning qayd etishicha, xalqaro jamoatchilik Afg‘onistondagi yangi hukumatni BMTda tanishtirish so‘rovini hal etishi kerak. AQSh nashri bilan suhbatda bo‘lgan diplomatlar yangi vakillarini Afg‘onistonga yuborish uchun to‘qqizta davlat, jumladan, AQSh bunga rozilik bildirishi kerakligini aytgan. Vashingtonning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grindfild mamlakatning “Tolibon”ni tan olishga tayyor emasligini bildirgan.

    Mavzuga doir: Yevroittifoq: “Tolibon” inklyuziv hukumat tuzish haqidagi va’dasini bajara olmadi

    “Tolibon” 1996—2001-yillarda Afg‘onistonni boshqargan vaqtda uchta mamlakat — BAA, Saudiya Arabistoni va Qatar ushbu davlat bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan. YeI bunday yo‘l tutishning salbiy tomonlarini o‘rganib chiqqan va toliblar bilan ishlashning turli uslublarini (hamkorlikning yetarli darajada samaraliligini ta’minlashdan to‘liq tan olishlikkacha) ishlab chiqmoqda, deyiladi The Financial Times xabarida. Gazeta ushbu sa’y-harakatlarda Berlin asosiy rolda bo‘lishi — sababi Germaniya mutaxassislari mamlakatda AQSh harbiylaridan keyingi asosiy kontingent hisoblangan, biroq ular asosan mamlakat shimoli, Mozori Sharifda ishlagan va harbiy harakatlar bilan emas, balki maktablar hamda yo‘llar qurilishi bilan shug‘ullangan. Bryussel toliblar bilan aloqa o‘rnatish zarurligini, bunda ishlarni maxsus elchi maqomidagi diplomat muvofiqlashtirishi, biroq bu vakolat uni to‘liq maqomdagi elchi darajasini bermasligi haqida nashrga ikki nafar manba ma’lum qilgan.

    Mavzuga doir: Yoqimsiz sukunat: Afg‘oniston ichkarisi va atrofidagi yangi kuchlar muvozanati haqida

    12.09.2021, 16:24   Izoh (0)   43394
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kobulda ayollar “Tolibon”ni qo‘llab-quvvatlab namoyish o‘tkazdi. Yopiq kiyingan va qo‘llarida ingliz tilidagi shiorlarni ko‘tarib olgan namoyishchi ayollarni qurol...

    12.09.2021, 15:13

    Fotoreportaj: AQShda 11-sentabr terakti qurbonlari xotirlandi

    12.09.2021, 14:33

    Fransiya “Tolibon”ni yolg‘onchilikda aybladi va u tuzgan hukumatni tan olmasligini ma’lum qildi

    12.09.2021, 12:35

    Xitoy provinsiyalaridan yana birida COVID-19 bilan kasallanish holatlari qayd etildi

    12.09.2021, 11:41

    Fotogalereya: AQShda sodir etilgan 11-sentabr teraktlariga 20 yil to‘ldi

    11.09.2021, 18:33

    “11-sentabr bolalari”: kimdir otasining so‘nggi soatlaridan hamon ta’qibda, boshqasi har yilgi motam marosimidan zada

    11.09.2021, 17:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.