Qashqadaryo hokimining birinchi o‘rinbosari Nodir Erkayev rahbarligidagi bo‘limda kotibiyat mudiri vazifasida ishlab kelgan Jamshid Rahmonqulov Qarshi shahar hokimining birinchi o‘rinbosari sifatida ish boshladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Rahmonqulov Jamshid Aliqulovich bugun, 2021-yilning 8-sentabridan Qarshi shahar hokimi Normo‘min Xolboyevning birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan.
Ta’kidlanishicha, Jamshid Rahmonqulov 1987-yil Qarshi shahrida tug‘ilgan bo‘lib, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining bakalavr va magistratura bosqichlarini tamomlagan. Xalq deputatlari Qarshi shahar kengashi deputati sifatida faoliyat olib boradi.
Qarshi shahar hokimligi axborot xizmati rahbari Umid Jabborovning “Daryo”ga qo‘shimcha qilishicha, ayni kunga qadar shahar hokimining birinchi o‘rinbosari sifatida lavozimga o‘tirganiga endi bir yil bo‘lgan Hasan Turdiyev faoliyat yuritgan.
Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati Hasan Turdiyevning ishdan olinishi va unga sabab bo‘lgan holatni ochiqlamagan. Biroq aniqlanishicha, Turdiyev faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari sabab ishdan ketgan bo‘lishi mumkin. Ishdan olingan Hasan Turdiyevga ish berilmagan.
Izoh (0)