• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yaponiyada Moderna vaksinasi partiyalaridan yot moddalar topildi. Ushbu partiyadan 500 ming kishi emlangan. Ikki kishi vafot etgan, ammo ularning o‘limi vaksina bilan bog‘liqligi aniq emas

    Yaponiyada Amerikaning Moderna kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan koronavirusga qarshi vaksinalarda yot moddalar aniqlandi, deb yozadi Meduza. 26-avgust kuni Yaponiya Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi beshta prefekturadagi vaksinatsiya markazlarida ochilmagan 39 ta ampulada qandaydir modda, aniqrog‘i — kattaligi bir necha millimetrdan oshmaydigan qora zarrachalar topilganini ma’lum qildi. Kyodo agentligi ta’kidlashicha, bu metall zarralari bo‘lishi mumkin, chunki ular magnitlarga reaksiya ko‘rsatmoqda.

    Tokio prefekturasi hukumati xodimlari koronavirusga qarshi Moderna vaksinasi bilan emlanishdan keyin.

    Tokio prefekturasi hukumati xodimlari koronavirusga qarshi Moderna vaksinasi bilan emlanishdan keyin.
    Foto: AP Photo

    Hodisa tufayli Yaponiya Sog‘liqni saqlash vazirligi xavfsizlik yuzasidan mamlakatga Ispaniyaning Rovi SA farmatsevtika kompaniyasi korxonalaridan uchta partiyada kelib tushgan 1,63 million doza Moderna vaksinasidan foydalanishni to‘xtatdi. Uchta partiyaning barchasi bitta ishlab chiqarish liniyasida deyarli bir vaqtning o‘zida tayyorlangan. Yaponiyaga yetkazib berilgach, ular 863 ta vaksinatsiya markaziga tarqatilgan. Yot zarralar topilgani uchun ushbu markazlarga qo‘shimcha dozada vaksinalar yetkaziladi.

    Potensial zaharlangan partiyalardan 500 ming kishi emlangan bo‘lishi mumkin, deya ma’lum qildi Yaponiyada emlash jarayonlari uchun mas’ul bo‘lgan vazir Taro Kono 27-avgust kuni. Masalan, Tokioda, taxminan, 9100, Osakada 50 ming, Xiogoda 41,5 ming odam emlangan bo‘lishi mumkin. Potensial xavfli vaksina dozalari, shu jumladan, Yaponiyaning eng yirik All Nippon Airways aviakompaniyasi, Toyota avtomobil ishlab chiqaruvchisi va East Japan Railway Company yo‘lovchi temiryo‘l kompaniyasi xodimlariga ham qo‘llanilgan.

    Ampulalarda yot moddalar ilk marta 16-avgustdayoq aniqlangan, ammo vaksinani sotish va tarqatish uchun mas’ul bo‘lgan Takeda Pharmaceutical kompaniyasi SSVga bu haqda 25-avgustdagina xabar bergan. Shuncha vaqt nima sababdan ma’lum qilinmagani aniq emas. Ispaniyaning Rovi kompaniyasidan ma’lum qilishlaricha, moddalar topilgan vaksina partiyalari faqat Yaponiyaga yuborilgan.

    Potensial xavfli partiyadan Moderna vaksinasining ikkinchi dozasini olgan ikki erkak uch kundan keyin vafot etgan. Gap tegishli ravishda 15 va 22-avgustda ikkinchi doza bilan emlangan 38 va 30 yoshli erkaklar haqida bormoqda. SSV ma’lumotlariga ko‘ra, vaksinaning ikkala ampulasida ham yot moddalar topilmagan. Ularning o‘limi vaksinatsiya bilan bog‘liq yoki yo‘qligi noma’lum, deyiladi vazirlik xabarida. Ularda surunkali kasalliklar va allergik reaksiyalar aniqlanmagan edi. Moderna va Takeda ushbu o‘limlar vaksina tufayli yuzaga kelgani bo‘yicha dalillar yo‘qligini bildirdi. Yaponiyada vaksinatsiya boshlanganidan buyon koronavirusga qarshi emlangan qariyb ming kishi vafot etgan, ammo ularning o‘limi aynan vaksina bilan bog‘liqligi aniqlanmagan.

    28-avgust kuni kechqurun Moderna vaksinasining yana bir partiyasida qora va pushti rangli moddalar topildi. Ushbu partiya raqami SSV tomonidan foydalanish to‘xtatilgan boshqa uchta partiyanikidan farq qiladi. Zarrachalar Okinava ma’muriy markazi Naxa shahridagi ommaviy vaksinatsiya markazida qo‘llash rejalashtirilgan ampulalarda aniqlangan. U yerda emlash kampaniyasi to‘xtatib qo‘yildi. Prefektura hukumati aytishicha, ushbu partiyadan 400 kishi emlangan, ammo tibbiyot xodimlari ampuladagi vaksinalar tozaligiga ko‘z bilan ishonch hosil qilgan. Takeda kompaniyasi Moderna’dan zudlik bilan tekshiruv o‘tkazib, moddalar qoldiqlari qayerdan paydo bo‘lganini aniqlashni talab qildi.

    Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada aholining 43,5 foizi to‘liq emlangan (mamlakatda jami 126 million odam yashaydi).

    Mavzuga doir:

    • Mo‘g‘uliston emlash sur’atlari bo‘yicha Osiyoda yetakchilik qilmoqda, “Sputnik V” 6 oydan keyin immunitetni kuchaytiradi. Koronaxabarlar
    • Moderna vaksinasi delta shtammga qarshi Pfizer’dan samaraliroq bo‘lib chiqdi
    • Toshkentda aholini Moderna vaksinasi bilan emlash boshlandi

    29.08.2021, 21:36   Izoh (0)   24480
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tolibon” yetakchisi Haybatulla Oxunzoda Afg‘onistonga keldi

    29.08.2021, 21:15

    Kobulda yana portlash sodir bo‘ldi — AQSh terrorchilarga zarba berdi (video)

    29.08.2021, 19:34

    AQSh Kobul aeroportidan o‘z qo‘shinlarini olib keta boshladi. Bu Afg‘onistonda amerikaliklar nazorati ostida qolgan yagona obyekt

    29.08.2021, 18:12

    Yevropa shaharlarida Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlab namoyishlar o‘tkazildi. Fotoreportaj

    29.08.2021, 17:11

    “Tolibon” Afg‘onistonda musiqani taqiqlaganidan keyin folklor qo‘shiqchini qatl qildi

    29.08.2021, 16:31

    Qozog‘istonda o‘q-dorilar omborida yana bir portlash yuz berdi

    29.08.2021, 15:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    JAR parlamentiga prezidentga ishonchsizlik votumi to‘g‘risidagi qaror loyihasi kiritildi

    Dunyo | 22 iyul, 21:35

    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi

    Reklama | 22 iyul, 21:00

    Mo‘g‘ulistonda 1800 yillik qabr topildi

    Dunyo | 22 iyul, 21:20

    Smartfonlar 13 yoshdan kichik qizlar ruhiyati uchun juda xavfli — tadqiqot

    Dunyo | 22 iyul, 21:00

    “Real” “Arsenal” himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

    Sport | 22 iyul, 20:51

    Obama ko‘rsatma berish uchun AQSH Kongressiga chaqirilishi mumkin

    Dunyo | 22 iyul, 20:45

    O‘zbekiston iqtisodiyoti yarim yilda 7,2 foizga o‘sdi

    Iqtisodiyot | 22 iyul, 20:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.