• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    SSV xorazmlik ayolning salomatligidagi o‘zgarishlar koronavirusga qarshi emlash bilan bog‘liq emasligini ma’lum qildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida vaksina olgandan so‘ng ahvoli og‘irlashgan fuqaro haqida videolavha tarqalgach, Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu vaziyatni nazoratga olgani, uning ahvolini o‘rganish, bu holat nima sababdan yuz berganiga aniqlik kiritish maqsadida tezkor mutaxassislar guruhi tuzilgani haqida xabar berilgan edi. SSV matbuot xizmati o‘rganish natijalari bo‘yicha ma’lumot berdi.

    Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, videolavhada tilga olingan fuqaro S.Yo. 30 yoshda bo‘lib, ilgari meningit belgilari bilan muolaja olgan, gepatit “S” va ikkala ko‘z miopiya yengil darajasi tashxisi bilan dispanser nazoratida turgan.

    Fuqaro S.Yo. 27-avgust kuni shifokor ko‘rigidan o‘tkazilib, vaksina olishga qarshi ko‘rsatma bo‘lmaganligi sababli koronavirusga qarshi emlangan va oilaviy shifokor kuzatuvida bo‘lgan. Vaksina olgandan keyin hech qanday nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmagach, akasi S.O.ning uyiga ketgan.

    Shu kuni tungi soat 21:17 larda S.Yo.da umumiy holsizlik, qo‘l-oyoq tortishishi, nafas qisishi kabi belgilar kuzatilgan va shundan so‘ng fuqaroning yaqinlari tez tibbiy yordamga murojaat qilgan. Tibbiy brigada tomonidan S.Yo.ga Vegetotomir distoniyasi dastlabki tashxisi qo‘yilib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

    So‘ng S.Yo. tekshiruv va davolash uchun Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Xorazm filialiga olib borilgan. U davolash muassasasi qabul bo‘limida nevropatolog shifokor tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, belgilangan standartlar asosida zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan va kuzatuvda bo‘lishi tushuntirilgan. Biroq fuqaro shifoxonada yotishdan bosh tortgan.

    Vazirlik xabarida qayd etilshicha, videomurojaatda ko‘zi ko‘rmay qolganligi qayd etilgan S.Yo. mazkur davolash muassasasi qabulxonasiga tez yordam mashinasidan mustaqil tushib, shifokor qabuliga o‘zi yurib kirganligi va yurib chiqib ketganligi videolavhada aytilgan so‘zlar haqiqatga mos kelmasligini ko‘rsatadi.

    Bundan tashqari, 29-avgust kuni Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori G‘ayrat Qoriyev boshchiligidagi neyroxirurg, infeksionist, nevropatolog, oftalmolog va immunolog kabi qator mutaxassislar S.Yo.ni yana bir bor tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan. Ko‘rik davomida S.Yo.ning ahvoli qoniqarli, nafas olishi va yurak urishi me’yoridaligi ma’lum bo‘lgan. Qolaversa, uning ko‘z tubida patologik o‘zgarishlar aniqlanmagan. Ayni paytda S.Yo. o‘zini yaxshi his qilmoqda.

    Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan bosh mutaxassislarning yakuniy xulosalariga ko‘ra, fuqaro S.Yo.ning bir kun avvalgi sog‘lig‘idagi o‘zgarishlar emlash bilan bog‘liq emasligi oydinlashgan.

    “Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bugungi kunda mamlakatimizga olib kelinayotgan va butun dunyoda qo‘llanilayotgan koronavirusga qarshi vaksinalar bo‘yicha ma’lum qarshi ko‘rsatmalar bo‘lib, eng asosiy moneliklardan biri bu anafilaktik shok hisoblanadi. Ushbu holat avval boshqa dorilar yoki vaksinaga nisbatan qandaydir reaksiyalar va anafilaktik shok yuz bergan bemorlardagina kuzatilishi mumkin. Boshqa hech bir insonda bunday noxush holat ro‘y bermaydi.

    Buning isboti sifatida ayni paytgacha dunyoda 5 milliardga yaqin odam, mamlakatda esa 14 millionga yaqin vaksina dozasi qo‘llanilgan bo‘lsa, tibbiy kuzatuvlar natijasida birorta insonda anafilaktik shok kuzatilmagan. Emlashdan keyingi yuz beruvchi holatlarning barchasi yengil va o‘rta darajadagi o‘zgarishlar bo‘lgan. Bular — holsizlik, mushaklar va suyaklarda og‘riqlar, isitmaning biroz ko‘tarilishi hamda inyeksiya qilingan joyda og‘riq paydo bo‘lishidir. Ushbu o‘zgarishlar ham qisqa vaqtda o‘tib ketadigan holatlar hisoblanadi.

    Qolaversa, yuqorida ta’kidlanganidek, vaksina qilishga eng asosiy moneliklardan biri hisoblangan anafilaktik shok holati vaksina qilingandan keyin 30 daqiqa ichida ro‘y berishi mumkin. Xorazmlik S.Yo. esa emlashdan avval hamda vaksina olgandan so‘ng tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va hech qanday salbiy ta’sirlar kuzatilmagandan so‘nggina uyiga ruxsat berilgan”, — deyiladi SSV bayonotida.

    Ta’kidlanishicha, agar S.Yo.ning sog‘lig‘idagi salbiy o‘zgarishlar chindan ham vaksina bilan bog‘liq bo‘lganida, unda 30 daqiqa ichida anafilaktik shok yoki bir nuqtaga qarab, qotib qolish holati kuzatilgan bo‘lardi. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada ko‘rish mumkinki, S.Yo.ning es-xushi joyida, yon-atrofidagi gap-so‘zlarni eshitib, tushunib turibdi, hech qanday sudurgi holatlari yo‘q.

    “Yana shuni aytish lozimki, vaksinalarning o‘zi hech qachon va hech qanday kasallikni chaqirmaydi. Shuningdek, vaksinatsiyadan keyingi salbiy holatlar hech qachon bir marta yoki bir odamdagina kuzatilmaydi, aksincha bir nechta odamda va jamoaviy ro‘yxatga olinadi. Shu ma’noda olib aytsak, fuqaro S.Yo.ning sog‘lig‘idagi o‘zgarishlar emlash bilan bog‘liq emas.

    Shunday ekan yurtdoshlarimizdan koronavirusga qarshi emlash tadbirlariga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishlarini, vaksina haqida fikr bildirishdan avval masalaga mulohaza bilan yondoshishlarini, ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan kimnidir obro‘sizlantirish, aholi o‘rtasida emlash bo‘yicha noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otish maqsadida foydalanmasliklarini so‘rab qolamiz. Zero, bugun davlatimiz xalqning salomatligi yo‘lida barcha kuch va imkoniyatni ishga solayotgan bir paytda bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, aksincha, o‘zimiz va yaqinlarimiz salomatligi yo‘lida emlanish barchamiz uchun eng to‘g‘ri yo‘ldir”, — deyiladi SSV xabarida.

    Shuningdek, 1-apreldan boshlab yo‘lga qo‘yilgan ommaviy emlash tadbirlari davomida O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan vaksinalar bilan emlangan aholi vakillarida birorta ham jiddiy salbiy ta’sir kuzatilmagani qo‘shimcha qilingan.

    SSV ma’lumotlariga ko‘ra,  28-avgustga kelib O‘zbekistonda jami 14 027 520 doza vaksinadan foydalanilgan bo‘lib, shu kungacha 1 729 454 nafar fuqaro to‘liq emlangan.

    Mavzuga doir:

    • Vaksinalar tarkibida insonga zarar yetkazadigan kimyoviy moddalar bormi? Sanitariya-epidemiologiya xizmati javob berdi
    • Tarkibida harom mahsulotlar borligi aytilayotgan COVID-19 ga qarshi ayrim vaksinalardan foydalanish mumkinmi?

    29.08.2021, 16:20   Izoh (0)   49786
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekistonda qonun yo‘q”, deya norozilik bildirilayotgani aks etgan video bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

    29.08.2021, 15:09

    Namanganda kanalga tushib ketgan Nexia va uning haydovchisi qutqarildi

    29.08.2021, 14:08

    Surxondaryoda Malibu haydovchisi harakatlanib ketayotgan “KamAZ”ga qarata to‘pponchadan o‘q uzdi

    29.08.2021, 13:07

    Hayratlanarli darajada chiroyli O‘zbekiston: Chodakning betakror tarovati va ming yillik sirlari (foto va video)

    29.08.2021, 12:27

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llanilgan vaksinalar soni 14 mln dozadan oshdi

    29.08.2021, 12:06

    O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 811 kishida koronavirus, 322 kishida pnevmoniya qayd etilib, 9 bemor vafot etdi

    29.08.2021, 11:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.