Xorazmda fotihasi buzilgan 20 yoshli qiz o‘zini kanalga tashlab, joniga qasd qilgani haqida xabar berilgandi. Xorazm prokuraturasining xabar berishicha qizning jasadi topilgan.
Ma’lum qilinishicha, qidiruv-qutqaruv tadbirlari davomida 27-avgust kuni soat 13:00 larda Toshsaqa chapqirg‘oq magistral kanalining Bog‘ot tumani “Qulon qorabog‘” mahallasi hududidan oqib o‘tgan 32-kilometridan marhuma D.E.ning chirigan holdagi tan jarohatlarsiz murdasi topilgan.
Hozirda D.E.ni o‘z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan Tuproqqal’a tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv davom ettirilmoqda.
Tergovga qadar tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)