Daryo

Namanganda Shimoliy Farg‘ona kanaliga oqizilgan hayvon jasadi topildi (foto)

FVB keyingi paytda bunday holatlar ko‘plab uchrayotganini ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish93 886 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

Joriy yil 14-avgust kuni Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga Kosonsoy ko‘chasidan oqib o‘tuvchi Shimoliy Farg‘ona kanalida hayvon jasadi oqib ketayotgani haqida ma’lumot kelib tushdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

Voqea joyiga FVB yong‘in-qutqaruv qismi shaxsiy tarkibi yetib borib, nobud bo‘lgan jonivor suvdan olib chiqildi. Uning qo‘y jasadi ekani ma’lum bo‘ldi va obodonlashtirish xodimlariga topshirildi.

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

“Afsuski, bunday holatlar keyingi paytda ko‘plab uchrayapti. Xodimlarimiz qirg‘oqni mustahkamlash ishlari, cho‘kkanlarni qutqarish davomida kanal va soylarda hayvonlar —mol-qo‘y, eshak jasadlariga duch kelyapti. Boshqarma va bo‘limlarimizga bu haqda murojaat va ma’lumotlar kelib tushyapti. Vaholanki, nobud bo‘lgan hayvonlar maxsus chuqur yoki krematoriyda zararsizlantirilishi kerak. Uy hayvonlarini boqayotganlar parvarishlayotgan hayvonlari nobud bo‘lsa darhol veterinariya mutaxassisiga murojaat etishlari, mutaxassis hayvon o‘limi sabablarini aniqlaganidan so‘ng uni veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda zararsizlantirish choralarini ko‘rishlari lozim. Aks holda o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishiga sababchi bo‘lib qolishlari mumkin”, — deydi viloyat FVB matbuot xizmati rahbari Qahramon Sattarov.

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati
Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar