Markaziy bank 30-avgustdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 11,15 so‘mga ko‘tarilib, 10 651,89 so‘mni tashkil qildi. Yevro 1,79 so‘mga pastlab, 12 524,49 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 13,27 so‘mga pastlab, 10 640,74 so‘mni tashkil qilgandi. Mamlakatda ushbu valyuta so‘nggi besh kundan buyon kun ora ko‘tarilib-tushishda davom etmoqda.
Izoh (0)