Superliganing 16-turidan o‘rin olgan “Metallurg” — “Mash’al” (2:1) o‘yinidan so‘ng Aleksandr Xomyakov va Shavkat Saidov ishtirokidagi mojaroli holat yuzaga kelgani haqida xabar berilgandi. “Championat.asia” “Metallurg” jamoasi boshlig‘i Shavkat Saidovning holat haqidagi fikrlarini taqdim etdi.
Men Aleksandr Xomyakovni qattiq hurmat qilaman. Biz bir-birimizni anchadan beri yaxshi bilamiz. Qolaversa birga o‘qiganmiz. Uchrashuvdan so‘ng shaxsan o‘zim uni g‘alaba bilan tabriklab kuzatib qo‘ydim. Shuningdek, bahsdan oldin ancha maslahatlarini oldim, ayniqsa, akademiya borasida. Bevosita muhokamaga sabab bo‘layotgan vaziyatga to‘xtalsam, bu shunchaki ehtiroslar. Axir Muborakning non-tuzini yeganman. Holat muxlislar o‘ylagandek umuman jiddiy emas. Bahsdan keyin fikr almashib kuzatib qo‘ydim. Saytdagilardan ko‘p ortiqcha muhokamalarga berilmaslikni so‘rab qolaman. Hammasi joyida.Shavkat Saidov, “Metallurg” klubi boshlig‘i
“Mash’al” murabbiyi o‘yin qiyin va bosim ostida o‘tganini aytib, uchrashuvdan keyingi vaziyatni ortiqcha muhokama qilmoqchi emasligini ta’kidlagan.
“Mash’al” matbuot xizmati esa uchrashuvdan keyin bayonot bergan va unda PFL hamda O‘FAdan munosabat kutishini ma’lum qilgan.
O‘z uyida “Mash’al”dan tarsaki yegan “Metallurg” klubi rahbariyati “Mash’al” va uning delegatsiyasini, murabbiyi va futbolchilari haqorat qildi. U ham kamlik qilgandek bosh murabbiyni kaltaklashdi. Bunday sharmandali va o‘ta xunuk holatga PFL mas’ullari nima deyisharkan? Bu borada O‘FAdan ham munosabat kutib qolamiz.“Mash’al”ni tahqirlashning kami qoldimikan?
Xohlashsa, chempionatdan haydashadi. Hammasi kamlik qilayotgandi-da, endi musht ham tushirishdi. “Metallurg” direktori “Paxtakor” yoki “Lokomotiv” murabbiysiga ham musht tushirib ko‘rsin-chi. O‘zini yuziga darhol tarsaki tushadi.
“Mash’al”ga bo‘lgan bugungi sharmandali hurmatsizlikka janoblar qanday chora bilan javob qaytarishini jim turib kuzatamiz.
“Mash’al” bayonoti
Izoh (0)