Superliga 16-turi doirasida kechgan “Metallurg” va “Mash’al” jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan (1:2) keyin noxush holat yuzaga keldi.
Hakam hushtagi yangragandan keyin muborakliklar ustozi Aleksandr Xomyakov kiyinish xonasiga ketayotgan vaqtda “Metallurg” klubi boshlig‘i Shavkat Saidov kutilmaganda raqib murabbiyining ko‘krak qismiga musht tushirdi.
“Mash’al” klubi ustozi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida qatnashmadi. Muborak klubi buni “‘Metallurg’ futbol klubi xavfsizlikni ta’minlamaganligi” bilan izohladi.
Ushbu harakat tufayli bekobodliklar rahbari jiddiy jazoga tortilishi mumkin.
Izoh (0)