Daryo

Moskvada davolanayotgan muftiy Usmonxon Alimov sog‘lig‘i haqida ma’lumot berildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘pka va qon-tomir kasalliklari, xususan, o‘pka pnevmoniyasi bo‘yicha muolajalar olayotgani ma’lum qilindi

1 daqiqa o‘qish83 898 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Moskva shahrida davolanayotgani haqida xabar berilgan edi. Idora matbuot xizmati uning sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, Moskvadagi klinikalardan birida davolanayotgan Usmonxon Alimov o‘pka va qon-tomir kasalliklari, xususan, o‘pka pnevmoniyasi bo‘yicha muolajalar olmoqda.

“Ayni kunlarda hazratning holatlari barqaror. Davolash tadbirlari tajribali shifokorlar tomonidan tibbiyot sohasining ilg‘or yutuqlarini qo‘llagan holda davom ettirilmoqda.

Muftiy hazratlari tezroq sog‘ayishlari, xalqimiz, mo‘min-musulmonlar va yaqinlari baxtiga sog‘-omon bo‘lishlarini Haq taolodan duo qilib, so‘rab qolamiz”, — deyiladi idora xabarida.

Mavzuga doir: Musulmonlar idorasi muftiy Usmonxon Alimovning sog‘lig‘i to‘g‘risida tarqalgan xabarlarni rad etdi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar