Daryo

Muftiy Usmonxon Alimovning janozasi Samarqandda o‘qiladi

Janoza namozi va ta’ziya marosimlari 16-avgust kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumani Orlot qishlog‘i “Eshoni Temirxon To‘ra” (avvalgi “Orlot” masjidi) jome masjidida bo‘lib o‘tadi

1 daqiqa o‘qish136 046 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 71 yoshida vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Idora matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, janoza namozi va ta’ziya marosimlari 16-avgust kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumani Orlot qishlog‘i “Eshoni Temirxon To‘ra” (avvalgi “Orlot” masjidi) jome masjidida bo‘lib o‘tadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, muftiy so‘nggi vaqtlarda Moskvada davolanayotgan edi — u o‘pka va qon-tomir kasalliklari, xususan, o‘pka pnevmoniyasi bo‘yicha muolajalar olayotgan edi.

Usmonxon Alimov Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tavallud topgan. 1982—1983-yillarda Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasida, 1983—1987-yillarda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida, 1989—1990-yillarda esa Marokashning “Karaviyn” dorilfununida tahsil olgan.

Usmonxon Alimov Payariq tumanida joylashgan Imom Buxoriy nomidagi jome masjidida 1980—1982-yillarda imom-noib, 1987—1989 yillarda, so‘ngra yana 1990—2006-yillar mobaynida ushbu masjidning imom-xatibi sifatida faoliyat yuritgan.

2000—2006-yillarda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakili, bosh imom-xatibi sifatida ishlagan. 2006-yildan to hozirga qadar O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Muftiy Usmonxon Alimov 2021-yilda dunyoning eng nufuzli musulmonlari ro‘yxatidan o‘rin olgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar