O‘zbekistonda har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasida Havo floti kunini nishonlash an’anaga aylangan. Shu munosabat bilan Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi tomonidan Toshkent harbiy okrugi “Chirchiq” poligonida aviashou tashkil etildi. “Daryo” muxbiri mazkur tadbirdan fotoreportaj tayyorladi.
Aviashouda O‘zbekiston havo kuchlarida mavjud aviatsiya texnikalari orqali harbiy uchuvchilar o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi. Dastlab O‘zbekiston va Harbiy havo kuchlarining bayroqlari osilgan ikkita vertolyot chiqish qildi.
Shundan so‘ng CASA C-29 zamonaviy transport samolyotining imkoniyatlari namoyish etildi. Ko‘rgazmada MiG-29 qiruvchilari, Su-25 hujum samolyotlari, Il-76 harbiy transport samolyotlari, Airbus C-295W CASA, shuningdek, Airbus H-125, Airbus H-215, Mi-24 va Mi-35 vertolyotlari ham qatnashdi.
Izoh (0)