Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston musulmonlari idorasining ma’lum qilishicha, idora raisi, muftiy Usmonxon Alimov ayni kunda Moskva shahrida o‘pka va qon tomir kasalliklari muolajasini o‘tamoqda.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

“Hazratning holatlari barqaror. Zarur barcha chora-tadbirlar malakali shifokorlar tomonidan amalga oshirilmoqda.Muftiy hazratlarining haqlariga Alloh taolodan shifoi komil, tan-sihatlik, uzoq umr, musulmon ummatiga va xalqimizga uzoq yillar xizmat qilishlarini yaratgan parvardigordan iltijo qilib qolamiz”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Musulmonlar idorasi muftiy Usmonxon Alimovning sog‘lig‘i to‘g‘risida tarqalgan xabarlarni rad etgandi. “Odamlar orasida har xil asossiz va voqelikka to‘g‘ri kelmaydigan yolg‘on xabarlarni tarqatish muborak Islom dinimizda gunoh sanalishi, qonunchilikda esa javobgarlikka sabab bo‘lishini yana bir bor eslatamiz”, — deya qayd etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning iyulida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning ukasi Islomxon Alimov, dekabrida ukasi Sultonxon Alimov, 2020-yilning sentabrida esa yana bir ukasi Badriddinxon Alimov vafot etgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Mahmud Murodovning navbatdagi jangi sanasi va manzili aniq bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati 30 kungacha uzaytirildi
Mahalliy
“2022-yilda uy-joy narxlari ikkilamchi bozorda 28 foizga, aholi real daromadi esa 9 foizga oshdi” – Markaziy bank raisi