UEFA Superkubogida “Chelsi” va “Vilyarreal” jamoalari 11-avgust kuni o‘zaro bahs yuritdi.
Uchrashuvning 27-daqiqasida Hakim Ziyosh londonliklarni oldinga olib chiqdi. 73-daqiqada Xerar Moreno muvozanatni tikladi. Asosiy vaqtning qolgan qismida hisob o‘zgarmadi va qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilindi.
Unda ham muvozanat saqlanib qoldi va hammasini penaltilar seriyasi hal qilib berdi. “Futbol lotereya”sida omad londonliklarga kulib boqdi. “Chelsi” o‘z tarixida ikkinchi marta UEFA Superkubogiga ega chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” 2020/21-yilgi mavsumda Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan bo‘lsa, “Vilyarreal” Yevropa Ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritgandi.
UEFA Superkubogi
11-avgust, chorshanba
“Chelsi” (Angliya) — “Vilyarreal” (Ispaniya) 1:1
Penaltilar seriyasi: 6:5Gollar: 1:0 – 27 Ziyosh, 1:1 – 73 Xerar Moreno.
“Chelsi”: Mendi (Arrisabalaga, 119), Alonso, Zuma (Kristensen, 66), Ryudiger, Chaloba, Ziyosh (Pulishich, 43), Kante (Jorjinyo, 65), Haverts, Kovachich, Hadson-Odoi (Aspilikueta, 82), Verner (Maunt, 65).
“Vilyarreal”: Asenxo, Alberto Moreno (Morlanes, 85), Foyt, Albiol, Pedrasa (Estupinyan, 58), Trigeros (Moyses Gomes, 71), Kapu (Mario Gaspar, 70), Pino (Mandi, 90), Pau Torres, Dia (Raba, 86), Xerar Moreno.
Ogohlantirishlar: Ryudiger (45), Pino (61), Raba (119).
Izoh (0)