• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Kataloniya bilan Parij orasida. Ham “Barselona”, ham “PSJ” safida o‘ynagan futbolchilar

    Lionel Messi “Barselona”ni erkin agent sifatida tark etdi va Fransiyaning “PSJ” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Parijliklar so‘nggi yillardagi eng yirik ikkinchi transferni amalga oshirdi, bunisida ham “Barselona” vakili olib kelindi. Ushbu maqolada ikkala jamoa safida ham to‘p surgan futbolchilar haqida so‘z boradi.

    Frederik Deyu (Fransiya)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    • “Barselona” (1999—2000): 11 o‘yin, 1 ta gol
    • “PSJ” (2000—2004): 118 o‘yin, 6 ta gol
    Fransiyalik himoyachilar “Kamp Nou”da doim ham o‘zini ko‘rsata olmaydi. 90-yillarda Loran Blan Kataloniyaga kelgan edi, ammo bir mavsumdan so‘ng “Barselona”ni tark etgan. “Lans”ning uzoq yillik yetakchisi Frederik Deyudan ham ko‘p narsa kutilgandi. Fransuz juda oz muddat o‘ynadi, “Barselona” muxlislari uni unutib ham yubordi, lekin “ko‘k-anorranglilar” Deyuning ortidan yaxshigina pul ishlab oldi. Erkin agent sifatida Kataloniyaga tashrif buyurgan Frederik bir yildan so‘ng 6 million yevro evaziga “PSJ” jamoasiga o‘tdi. Parijda Deyuning ishlari yurishib ketdi. To‘rt mavsum parijliklar sharafini himoya qilgan himoyachi Fransiya Kubogini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

    Mikel Arteta (Ispaniya)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    • “Barselona” (1997—2000): yoshlar jamoasida o‘ynagan
    • “PSJ” (2000—2002): 53 o‘yin, 5 ta gol
    Arteta “PSJ”ga “Barselona”ning ikkinchi jamoasidan ikki yillik ijara asosida o‘tgan. U yerda Ronaldinyo bilan birga o‘ynagan Mikel ancha tajriba to‘pladi va ikki yildan keyin kataloniyaliklar futbolchini “Glazgo Reynjers”ga 8 million yevroga sotib yubordi. Arteta faoliyatining eng yorqin damlarini “Tumanli Albion”da o‘tkazdi. Parijda tajriba to‘pladi, “Barselona” safida biror marta maydonga tushmagan bo‘lsa-da, jamoaga moliyaviy tomondan yordami tegdi.

    Ronaldinyo (Braziliya)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    • “PSJ” (2001—2003): 55 o‘yin, 17 ta gol
    • “Barselona” (2003—2008): 207 o‘yin, 94 ta gol
    “Barselona” va “PSJ”da to‘p surgan futbolchilar ichida eng asosiy yulduzlardan biri. “Oltin to‘p” egasi Yevropaga sayohatini Parijdan boshlagan. Xoan Laporta prezidentlik saylovi oldidan “Manchester Yunayted”dan Devid Bekhemni olib kelishga va’da bergandi, ammo “Real” chaqqonlik qilib ingliz futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olgach, butun diqqat Ronaldinyoga qaratildi. Ronaldinyoning faoliyatidagi eng yuqori notalar aynan ispan jamoasi safida bo‘ldi.

    Maksvell (Braziliya)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    • “Barselona” (2009—2012): 90 o‘yin, 2 ta gol
    • “PSJ” (2012—2017): 214 o‘yin, 13 ta gol
    Braziliyalik futbolchi Zlatan Ibrohimovichning yaqin do‘sti. Maksvell shvetsiyalik hujumchi bilan “Ayaks”, “Inter” va “Barselona”da birga to‘p surgan. Zlatanning iltimosiga ko‘ra Maksvell Parijga yo‘l oldi. “PSJ” bu transferdan afsuslanmadi. 3,5 million yevroga xarid qilingan himoyachi parijliklar safida ikki yuzdan ortiq o‘yinda ishtirok etdi. Shvetsiyalik do‘stidan farqli ravishda Maksvell “Barselona” bilan 2011-yilda Chempionlar Ligasida zafar quchgan.

    Lyuka Din (Fransiya)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    • “PSJ” (2013—2016): 44 o‘yin
    • “Barselona” (2016—2018): 46 o‘yin, 2 ta gol
    Lyuka Din Parij jamoasiga moslasha olmadi. 2 mavsum zaxirada o‘tirganidan so‘ng, “Roma”ga ijaraga berib yuborildi. 2016-yilda “Barselona” futbolchini xarid qildi. Ammo katalonlar safida Xordi Alba borligi sabab Lyuka Din u bilan raqobat qila olmadi. Ispaniyalik futbolchi har tomonlama fransuzdan ustun edi. “Barselona”da o‘tkazgan ikki mavsumidan so‘ng Din Angliyaga yo‘l oldi. “Everton” fransiyalik himoyachining yangi jamoasiga aylandi.

    Rishar Dyutruel (Fransiya)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    • “PSJ” (1991—1996): 10 o‘yin
    • “Barselona” (2000—2002): 15 o‘yin
    Darvozabon Dyutruel “PSJ” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ammo asosiy jamoadagi 5 mavsum davomida Bernar Lamani raqobatda yenga olmadi. Yangi jamoa izlash vaqti kelganini bilgan Rishar Ispaniyaning “Selta” jamoasiga o‘tadi. “Barselona” darvozabonning Vigodagi ajoyib o‘yinlaridan so‘ng sotib olishni maqsad qildi. Kataloniyaliklar safida ham Dyutruel o‘z o‘rnini topa olmadi. Viktor Valdes asosiy darvozabon bo‘lishini bilgach, Rishar “ko‘k-anorranglilar” safini tark etdi.

    Xuan Pablo Sorin (Argentina)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    • “Barselona” (2003): 15 o‘yin, 1 ta gol
    • “PSJ” (2003—2004): 21 o‘yin, 1 ta gol
    Argentinalik futbolchi 2002/03-yilgi mavsumning ikkinchi qismini “Barselona”da o‘tkazdi. Keyin esa “PSJ”ga o‘tdi. “Kruzeyro” Xuan Pabloni Yevropa safariga yuborgan edi. Kataloniya va Parij jamoalaridan avval Sorin “Yuventus” va “Latsio”da ham o‘ynashga ulgurgan. Lekin janubiy amerikalik futbolchini hech bir klub o‘z safida olib qolishni istamagan. Faqatgina “Vilyarreal” unga shartnoma taklif qildi.

    Lyudovik Jyuli (Fransiya)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    • “Barselona” (2004—2007): 124 o‘yin, 26 ta gol
    • “PSJ” (2008—2011): 125 o‘yin, 19 ta gol
    Fransuz futbolchisi ikkala jamoa muxlislarining ham yodida qolgan. Jyuli “Barselona” bilan birga ikki marta Ispaniya chempionligi va bir marta Chempionlar Ligasi kubogini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “PSJ” bilan Fransiya Kubogiga ega chiqqan. “Barselona” bilan “PSJ” orasida Lyudovik “Roma” safida o‘ynashga ham ulgurgan.

    Tiago Motta (Braziliya/Italiya)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    • “Barselona” (1999—2007): 139 o‘yin, 9 ta gol
    • “PSJ” (2012—2018): 229 o‘yin, 12 ta gol
    Tiago 17 yoshida “Barselona” bilan shartnoma imzolagan. Avvaliga “Barselona B” jamoasida o‘ynagan futbolchi keyinchalik asosiy jamoaga o‘tgan. Kataloniyadagi 8 yilidan so‘ng Motta jarohatlar sabab raqobatga dosh bera olmadi va “Atletiko”ga o‘tib ketishga majbur bo‘ldi. 2012-yilda 11,5 million yevro evaziga “PSJ”ga o‘tdi va 2018-yilga qadar parijliklar sharafini himoya qildi.

    Zlatan Ibrohimovich (Shvetsiya)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    • “Barselona” (2009—2010): 46 o‘yin, 22 ta gol
    • “PSJ” (2012—2016): 180 o‘yin, 156 ta gol
    Ibrohimovich Kataloniya jamoasiga 2009-yilda kelib qo‘shildi va darhol moslashib ketdi. Ammo keyinchalik Pep Gvardiola va jamoa yetakchilari bilan til topisha olmagach, “Milan”ga ketishga majbur bo‘ldi. Italiyadagi 2 mavsumidan so‘ng Zlatan “PSJ”ga ketishga rozi bo‘ldi. Parij jamoasi afsonasiga aylanishi uchun unga 4 yil kifoya qildi.

    Neymar (Braziliya)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    • “Barselona” (2013—2017): 186 o‘yin, 105 ta gol
    • “PSJ” (2017-yildan hozirgacha): 116 o‘yin, 87 ta gol
    Neymar hozirgi kunda dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri. 2013-yilda “Santos” safidan “Barselona”ga o‘tgan futbolchi Messi va Suares bilan birgalikda ajoyib uchlik hosil qildi, ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Kutilmaganda 2017-yil rekord transfer (222 million yevro) evaziga “PSJ”ga o‘tib ketdi. Parijliklar safida Neymar o‘z darajasini namoyish etmoqda. Mbappe bilan birgalikda “PSJ” hujumida raqiblarni ranjitishda davom etyapti.

    Dani Alves (Braziliya)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    • “Barselona” (2008—2016): 391 o‘yin, 21 ta gol
    • “PSJ” (2017—2019): 73 o‘yin, 8 ta gol.
    Braziliyalik futbolchi 2008-yilda “Sevilya” safidan “Barselona”ga o‘tadi. O‘ng qanot himoyasida jamoadan endigina ketgan Zambrottaning o‘rnini egallaydi. Alves “Barselona” safida ham ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritadi. Hozirgi kunda eng ko‘p sovrinni qo‘lga kiritgan futbolchi sifatida e’tirof etilayotgan Dani Alves 23 ta kubok bilan Kataloniyani tark etdi. Italiyaning “Yuventus”idagi bir yillik “sayohat”dan so‘ng Alves Parijga yo‘l oladi.

    “PSJ”da ham ikki mavsum to‘p surgan Alves 6 ta sovrinni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yib, Parijni tark etdi. 2019-yilda braziliyalik futbolchi “San-Paulu” bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekdi.

    Lionel Messi (Argentina)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    • “Barselona” (2003—2021): 835 o‘yin, 709 ta gol
    • “PSJ” (2021-yil)
    Lionel Messi futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri. “Barselona” asosiy jamoasidagi 18 yili davomida Lionel erishish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdi. 5-avgust kuni yangi shartnoma imzolash uchun “Barselona” bazasiga tashrif buyurgan Messi kataloniyaliklar bilan hamkorlikni to‘xtatishga majbur bo‘lishi haqidagi xabarni eshitdi. La Liga qoidalariga ko‘ra “Barselona” Leo bilan shartnoma imzolay olmasligi ma’lum bo‘ldi. Erkin agentga aylangan Messi parijliklar bilan muzokara olib bordi va “PSJ” futbolchisiga aylandi.
    11.08.2021, 11:01   Izoh (0)   17826
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “PSJ” Lionel Messi transferini e’lon qildi

    11.08.2021, 09:13

    Fotogalereya. Besh yil kutilgan Tokio—2020 Olimpiadasining eng yorqin suratlari

    10.08.2021, 23:49

    “O‘g‘limning orzulari ushaldi. Afsuski, dadasi bu kunlarni ko‘rmadi”. Tokio Olimpiadasi sovrindorlarining onalari bilan suhbat

    10.08.2021, 22:44

    Rasman: Lionel Messi — “PSJ” futbolchisi

    10.08.2021, 19:04

    Tokio—2020 Olimpiadasida O‘zbekiston vakilini yengib, bronza medalini qo‘lga kiritgan Artur Nayfonov: u 17 yil avval Beslan voqealarida garovda bo‘lgan va o‘sha te...

    10.08.2021, 16:03

    Tokio Olimpiadasi oltin medal egalariga Tahoe va 4 sotixli hovli, bronza qo‘lga kiritganlarga esa Trailblazer va 2 xonali uy berildi

    10.08.2021, 01:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.