• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Ularning eng kichigi 19 yoshda edi. “Paxtakor-79” fojiasiga 42 yil to‘ldi

    1979-yil 8-avgustda “Paxtakor” Voroshilovgradning “Zarya” jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratadi. Ushbu uchrashuv “Paxtakor”ning o‘sha vaqtdagi tarkibi uchun eng so‘nggi o‘yin bo‘lgani hech kimning xayoliga kelmasdi. Keyingi uchrashuv 13-avgust kuni Minskning “Dinamo”siga qarshi bo‘lib o‘tishi lozim edi. 11-avgust kuni Ukrainaning Dneprodzerjinsk shahri yaqinida 8400 metr balandlikda Toshkent-Gurev-Donetsk-Minsk yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan Tu-134 hamda shu rusumdagi yana bir samolyot havoda bir-biriga to‘qnashib ketadi. Fojia yerdan 8400 metr balandlikda yuz berdi va ikki samolyot bortida bo‘lgan 178 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida o‘sha vaqtda o‘zbek futbolining faxri hisoblangan “Paxtakor”ning 17 nafardan iborat tarkibi ham bo‘lgan. “Daryo” fojiada halok bo‘lgan “Paxtakor” a’zolarini yodga oladi.

    Foto: “Paxtakor”

    Idgay Tazetdinov (murabbiy)

    1933-yil 13-yanvarda tavallud topgan. Faoliyatini Toshkentning “Medik” bolalar jamoasida boshlagan. Undan so‘ng “Trud”da o‘ynagan. 1953—55-yillarda “Spartak”ning ikkinchi jamoasi sharafini himoya qilgan. 1956-yilda “Paxtakor”ga o‘tgan. 4 yil davomida “B” klassda 108 ta o‘yinda maydonga tushgan va 21 ta gol urgan. 1958-yildan boshlab jamoa sardorligi unga topshirilgan. “A” klassda 1960—1963-yillar davomida 94 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urgan. 1964—1965-yillarda “Politotdel”ga o‘ynovchi murabbiy bo‘lib o‘tgan. Undan so‘ng “Yangiyer”, “Andijon”, “Yangiariq” jamoalaridan so‘ng 1977-yilda “Paxtakor” murabbiyiga aylangan.

    Mixail An (yarim himoyachi)

    1952-yil 19-noyabrda tug‘ilgan. Mixail akasi Dmitriy bilan birga Sverdlovdagi yoshlar jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 1968-yilda Toshkentdagi sport maktab-internatiga qabul qilinadi. Faoliyatini “Politotdel”da boshlagan futbolchi 1971-yilda “Paxtakor”ga o‘tadi.

    An yangi o‘zbek futbolining yorqin futbolchilaridan biri edi. U jamoadoshlari bilan tez til topishar, kuchli va aniq zarbaga ega edi. SSSRning yuqori ligasida 138 o‘yinda maydonga tushib, 30 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. 1974 va 1978-yilda SSSRning eng yaxshi 33 futbolchisi ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egallagan.

    Yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida (1976) SSSR terma jamoasini sardor sifatida maydonga olib chiqqan. SSSR milliy terma jamoasida esa 2 ta o‘yin o‘tkazgan.

    An jarohat olgandi va Minskdagi “Dinamo”ga qarshi o‘yinda ishtirok etmasligi kerak edi. Ammo jamoadoshlari Mixailni o‘zlari bilan birga borishga ko‘ndiradi. 27 yoshli An ham aviahalokat qurboniga aylanadi.

    Vladimir Fyodorov (hujumchi)

    Vladimir 1955-yil 5-yanvarda Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida tavallud topgan. 1972-yildan boshlab “Paxtakor” safida o‘ynashni boshlagan. Fyodorovning Toshkent jamoasi safidagi debyut o‘yini “Zvezda”ga qarshi bo‘lgan. Vladimirning birinchi goli hal qiluvchi rolni bajargan.

    1974-yilda SSSRning eng yaxshi hujumchilari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallagan. O‘sha yilning 18-oktabrida SSSR terma jamoasi tarkibida birinchi o‘yinini o‘tkazgan. Yevropa chempionatida Irlandiyaga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushgan. Umumiy hisobda terma jamoada 18 ta o‘yinda ishtirok etgan. 25 yoshida aviahalokat qurboniga aylandi.

    Olim Ashirov (himoyachi)

    1955-yil 25-yanvarda Toshkentda tavallud topgan. Ashirov butun faoliyatini “Paxtakor”da o‘tkazgan. Himoya chizig‘ining almashtirib bo‘lmas futbolchisi bo‘lgan. 149 o‘yinda 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan 24 yoshli Ashirov ham o‘sha mash’um halokatga uchragan samolyot bortida bo‘lgan.

    Ravil Agishev (himoyachi)

    1959-yil Buxoroda tug‘ilgan. Ravil bolaligidan futbolga mehr qo‘ygan va Buxoroning “Spartak” jamoasida futbol sirlarini o‘rgana boshlagan. 1978-yilda “Paxtakor” futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi. O‘sha yili Agishev 13 ta o‘yinda maydonga tushdi. Muxlislar himoyachini iliq qabul qildi. Fojiali 1979-yilda esa 14 ta o‘yinda ishtirok etishga ulgurgan Ravil 20 yoshida halok bo‘ldi.

    Konstantin Bakanov (yarim himoyachi)

    1954-yil 25-mayda Toshkentda tavallud topgan. 1966-yilda Toshkentdagi zilziladan so‘ng oilasi bilan Moskvaga ko‘chib ketadi. Moskvaning “Dinamo” jamoasi maktabiga borishdan bosh tortadi va 1971-yilda “Paxtakor”ning ikkinchi jamoasiga qabul qilinadi. 1972-yilda birinchi ligada 2 ta o‘yin o‘tkazadi va og‘ir jarohat oladi. 1973—1975-yillar davomida maydonga tusha olmaydi. 1976 va 1977-yillarda 72 ta o‘yinda ishtirok etib, 17 ta gol uradi. Yuqori ligada esa 1978—1979-yillar mobaynida harakat qilib, 42 ta o‘yinda 7 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yadi. O‘sha vaqtda unga Moskvaning “SSKA” jamoasi taklif kelib tushgandi. Bakanov 25 yoshida fojiali o‘lim topadi.

    Yuriy Zagumennix (himoyachi)

    1947-yil 7-iyunda tug‘ilgan. Faoliyatini Vladivostokning “Luch” jamoasida boshlagan. 1970-yilda “Zenit” futbolchini o‘z jamoasiga taklif qilgan. 1975-yilda mashg‘ulotlar vaqtida og‘ir jarohat oladi va operatsiya qilinadi. Bir yarim yil davomida futbol bilan shug‘ullana olmagan Yuriy 1977-yilda katta futbolga qaytadi. Ammo “Zenit” futbolchiga chiqish eshiklarini ko‘rsatadi. Zagumennix “Paxtakor”ga o‘tadi. Yuriy Toshkent jamoasi safida asosiy futbolchilardan biriga aylanadi. Yuriy Zagumennix “Zenit” tarixidagi eng yaxshi 55 futbolchi ro‘yxatidan o‘rin olgan.

    Halokat sodir bo‘lgan pallada Zagumennix 32 yoshda edi.

    Aleksandr Korchyonov (yarim himoyachi)

    1949-yil 4-avgustda Qozon shahrida tavallud topgan. 1972-yilda Vyacheslav Solovyov Aleksandrni “Paxtakor”ga taklif qiladi. Korchyonov jamoaning almashtirib bo‘lmas futbolchisiga aylanadi. 1977-yilda sardorlik bog‘ichi unga topshiriladi. Yuqori ligada (1973—1975, 1978—1979) 126 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol urgan. Birinchi ligada esa (1976—1977) 70 o‘yinda 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Korchyonov 30 yoshida halok bo‘ldi.

    Nikolay Kulikov (himoyachi)

    1953-yil 25-aprelda Moskvada tug‘ilgan. 12 yoshida Moskvaning “Dinamo” jamoasi tayyorlov guruhiga qabul qilingan. 1974-yilda esa Xorazmning “Xonqa” jamoasi futbolchini o‘z safiga qo‘shib oladi. U yerda 2 mavsum o‘ynagach, 1976-yilda “Yangiyer” jamoasiga o‘tadi. Bir yildan keyin “Paxtakor” himoyachini xarid qiladi. Kulikov “Paxtakor”da 21 o‘yinda maydonga tushadi va muxlislarning sevimli futbolchisidan biriga aylanadi.

    Nikolay samolyotda halok bo‘lgan vaqtda 26 yoshda edi.

    Vladimir Makarov (yarim himoyachi)

    1947-yil 9-mart kuni Tojikistonning Stalinobod shahrida (hozirgi Dushanbe) tavallud topgan. 10 yoshidan futbol bilan shug‘ullana boshlagan. Professional faoliyatini 1966-yil Dushanbening “Energetik” jamoasida boshlagan. 1974-yilda esa Odessaning “Chernomorets” jamoasiga o‘tadi. Birinchi yil 30 o‘yinda 13 ta gol urgan Vladimir jamoaning to‘purariga aylanadi. Keyingi mavsumlarda ham ishonchli harakat qilgan Makarov “Paxtakor”ning qiziqishlar doirasiga tushib qoladi. Toshkent jamoasiga o‘tgan futbolchi 1978-yilda chempionatda 5 ta gol uradi. 1979-yilgi mavsumda esa 14 ta o‘yinda ishtirok etgan 32 yoshli Makarovga Minskda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan 15-o‘yinni o‘tkazish nasib etmaydi.

    Sergey Pokatilov (darvozabon)

    1950-yil 30-dekabrda Ashxobodda tavallud topgan. 18 yoshida “Stroitel” jamoasiga qabul qilinadi va u yerda 5 mavsum faoliyat olib boradi. 1973-yilda Pokatilov “Paxtakor”ga taklif etiladi. Yangi jamoasida Sergey darhol asosiy darvozabonga aylanadi. 1975-yilda esa jarohat olib safdan chiqadi. Uzoq vaqt davomida jarohatini davolaydi. Jarohatidan tuzalgan Pokatilov “Dinamo”ga qarshi o‘yinda jamoaning asosiy darvozaboni sifatida Minskka borayotgan edi. Pokatilov o‘sha vaqtda 30 yoshda edi.

    Sergey Pokatilov “Dinamo Kiyev” hujumchisi Oleg Bloxin yo‘llagan zarbani bartaraf etmoqda

    Sergey Pokatilov “Dinamo Kiyev” hujumchisi Oleg Bloxin yo‘llagan zarbani bartaraf etmoqda
    Foto: “Paxtakor”

    Viktor Churkin (hujumchi)

    1952-yil 25-yanvarda Qozog‘istonning Chimkent shahrida tug‘ilgan. 1968—1970-yillar mobaynida Chimkentning “Metallurg” jamoasida o‘ynagan. 1971—1975-yilda “SKA” jamoasi sharafini himoya qiladi. 1976-yilda esa “Paxtakor” safiga qo‘shiladi. 27 yoshli Churkin ham halok bo‘lgan samolyot ichida bo‘lgan.

    Sirojiddin Bozorov (hujumchi)

    1961-yilda Samarqand viloyati Narpay tumanida tug‘ilgan. 1972-yil Respublika sport-internatiga o‘qishga kiradi. Ikki yildan so‘ng O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safiga chaqirilgan. Internatning 10-sinfida o‘qib yurgan vaqtlarida “Paxtakor”ning o‘rinbosarlar jamoasi tarkibida o‘ynagan. 1978-yil sobiq Ittifoq yoshlar Spartakiadasida O‘zbekiston yoshlar termasi tarkibida kumush medalga sazovor bo‘lgan.

    Sirojiddin aviahalokatda dunyodan ko‘z yumgan futbolchilar ichida eng kichigi edi. 10-avgust kuni 19 yoshni qarshi olgan Sirojiddin Minskka borishni xohlamaganini ko‘pchilik aytadi. Ammo asosiy jamoada jarohatlanganlar ko‘pchiligi uchun Sirojiddin ham maydonga tushishi mumkinligi sabab tarkibga kiritiladi. Asosiy tarkibda birorta o‘yin o‘tkazmagan Bozorov halokat qurboniga aylanadi.

    Shuhrat Eshbo‘tayev (hujumchi)

    1959-yil 8-fevralda tavallud topgan. Shuhrat Navoiy maktabi tarbiyalanuvchisi. 1978-yilda “Paxtakor” e’tiborini tortgan futbolchi o‘rinbosarlar jamoasiga qabul qilinadi. Ilk mavsumida 6 ta gol urgandi. 1979-yilda “Paxtakor”ning asosiy tarkibiga jalb etiladi. Debyut o‘yinida Yuriy Zagumennix o‘rniga maydonga tushgan Eshbo‘tayev oradan 20 daqiqa o‘tib gol uradi. Bosh murabbiy Oleg Bazilevich Shuhratni keyingi o‘yinlarda asosiy tarkibda tushira boshlaydi. Shuhrat Eshbo‘tayevning “Paxtakor” safidagi oxirgi o‘yini “Zarya”ga qarshi bo‘lib qoldi. 20 yoshli Eshbo‘tayev ham aviahalokat qurboniga aylandi.

    Vladimir Sobirov (hujumchi)

    1958-yil 14-yanvarda Buxoroda tavallud topgan. “Paxtakor” sport maktabida tahsil olgan. 1977-yilda Xorazmning “Xonqa” jamoasida ham o‘ynashga ulgurgan Vladimir 1979-yildagina “Paxtakor” asosiy tarkibidan joy ola boshlaydi. Bosh murabbiy Oleg Bazilevich futbolchiga maydonda o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat beradi. Afsuski, o‘sha yili 21 yoshli Sobirov ham boshqa jamoadoshlari singari hayotdan ko‘z yumadi.

    Foto: “Chempionat”

    Futbolchilar va murabbiydan tashqari shifokor Vladimir Chumakov (1932—1979) va ma’mur Mansur Tolibjonov (1944—1979) ham bo‘lgan. Ular ham aviahalokat natijasida vafot etgan.

    Tez fursat ichida Toshkentga boshqa klublardan futbolchilar chaqirildi va jamoa mavsumni davom ettirdi. Uch mavsum mobaynida jamoaga oliy ligadan tushib ketmaslik imkoniyati taqdim etildi. Lekin hayotdan ko‘z yumgan butun bir jamoa o‘rnini hech kim va hech narsa bosa olmasdi. O‘sha mash’um halokat tufayli ko‘p ming sonli ishqibozlar futboldan butunlay ko‘ngil uzdi. “Paxtakorchilar”ning oila a’zolariga qanchalik qiyin bo‘lganligini tasavvur qilish mushkul bo‘lmasa kerak. Navbatdagi uchrashuvlarga tashrif buyurgan muxlislar ko‘zlarida yosh bilan yangi jamoa ishtirokidagi o‘yinni kuzatib borardi.

    Bugun aviahalokatga 42 yil to‘ldi. Shuncha vaqt o‘tsa ham “paxtakorchilar” muxlislar qalbida, xotirasida qolmoqda.

    Ma’ruf Ochilov tayyorladi

    11.08.2021, 18:43   Izoh (0)   40605
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “PSJ”ga o‘tishga nima sabab bo‘lgani, yangi jamoadagi maqsadlari va qachondir “Barselona”ga qarshi o‘ynashi haqida. Lionel Messi “PSJ”dagi ilk matbuot anjumanida q...

    11.08.2021, 15:16

    Qoraqalpog‘istonda futbol uchrashuvi vaqtida ommaviy janjal yuzaga keldi (video)

    11.08.2021, 14:29

    Kataloniya bilan Parij orasida. Ham “Barselona”, ham “PSJ” safida o‘ynagan futbolchilar

    11.08.2021, 11:01

    “PSJ” Lionel Messi transferini e’lon qildi

    11.08.2021, 09:13

    Fotogalereya. Besh yil kutilgan Tokio—2020 Olimpiadasining eng yorqin suratlari

    10.08.2021, 23:49

    “O‘g‘limning orzulari ushaldi. Afsuski, dadasi bu kunlarni ko‘rmadi”. Tokio Olimpiadasi sovrindorlarining onalari bilan suhbat

    10.08.2021, 22:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.