Buxoro viloyati Shofirkon tumanida Matiz oqar suvga tushib ketdi, deya xabar bermoqda Buxoro News.
Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 5-avgust kuni, taxminan, soat 18:00 larda Shofirkon tumani “Do‘rmen” qishlog‘ida yashovchi, 43 yoshli B.A. o‘z boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli avtomashinasini G‘ijduvon tuman tomondan Shofirkon tuman markazi yo‘nalishida boshqaruvni yo‘qotgan. Mashina oqar suvga tushib ketib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Oqibatida haydovchi og‘ir tan jarohati olib vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bundan avval Surxondaryoda Nexia-3 piyodani urib ketishi oqibatida 5 nafar onasiz bola otasidan ham ayrilgani, Toshkentda Cobalt Spark bilan to‘qnashib ag‘darilgani hamda Toshkentda ichida yo‘lovchilar bo‘lgan “Gazel” Lacetti bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)