Daryo

Toshkentda ichida yo‘lovchilar bo‘lgan “Gazel” Lacetti bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketdi

Natijada “Gazel” haydovchisi va olti nafar yo‘lovchisiga, shuningdek, Lacetti’ning bir nafar yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan

1 daqiqa o‘qish49 056 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentning Chilonzor tumanida “Gazel” va Lacetti ishtirokida yuz bergan YTHda 8 kishi jabrlandi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 10-avgust kuni soat 07:10 larda Bunyodkor va Do‘mbirobod ko‘chalari kesishgan chorrahada Sh.G. boshqaruvidagi “Gazel” hamda 1952-yilda tug‘ilgan K.Yu. boshqaruvidagi Lacetti to‘qnashgan.

Natijada “Gazel” ag‘darilib ketgan. Uning haydovchisi va olti nafar yo‘lovchisiga, shuningdek, Lacetti’ning bir nafar yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Toshkentning Olmazor tumanida yo‘lovchi tashuvchi “Gazel” yonib ketgandi. Haydovchi va 8 nafar yo‘lovchi dvigatelda qisqa tutashuv yuz berganida mashinadan tushib qolgan. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar