Daryo

Surxondaryoda Nexia-3 piyodani urib ketishi oqibatida 5 nafar onasiz bola otasidan ham ayrildi

Mast haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida ketayotgan kishini urib yuborgan

1 daqiqa o‘qish61 671 ko‘rishlar0 izoh0
Nexia-3’ning YTHdan ketyingi holati Foto: Surxondaryo viloyati IIB YHXB videosidan kadr

Surxondaryoning Qumqo‘rg‘on tumanida Nexia-3 haydovchisi piyodani urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Nexia-3 ning YTHdan keyingi holatiFoto: Surxondaryo viloyati IIB YHXB

Ma’lum qilinishicha, voqea 10-avgust kuni soat 00:15 larda M-41 xalqaro avtomobil yo‘lining “Ajdarsoy” mahallasi hududidan o‘tuvchi yo‘lning 1539-kilometrida yuz bergan. Mast holda Nexia-3 ni boshqarib ketayotgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida ketayotgan erkakni urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda vafot etgan. Natijada 5 nafar onasiz bola otasidan ham ayrilgan.

Avvalroq Surxondaryoning Sherobod tumanida haydovchi uxlab qolishi oqibatida YTHga uchragan Nexia’da yo‘lovchi halok bo‘lgani, Sariosiyo tumani katta tezlikda harakatlangan Tico 4 yoshli qizchani urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar