O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Moskva shahrida davolanayotgani haqida xabar berilgan edi. Idora matbuot xizmati uning sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Moskvadagi klinikalardan birida davolanayotgan Usmonxon Alimov o‘pka va qon-tomir kasalliklari, xususan, o‘pka pnevmoniyasi bo‘yicha muolajalar olmoqda.
“Ayni kunlarda hazratning holatlari barqaror. Davolash tadbirlari tajribali shifokorlar tomonidan tibbiyot sohasining ilg‘or yutuqlarini qo‘llagan holda davom ettirilmoqda.
Muftiy hazratlari tezroq sog‘ayishlari, xalqimiz, mo‘min-musulmonlar va yaqinlari baxtiga sog‘-omon bo‘lishlarini Haq taolodan duo qilib, so‘rab qolamiz”, — deyiladi idora xabarida.
Izoh (0)