• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jurnalistni obro‘sizlantirish maqsadida tarqatilgan Olmazor City’dagi videoni kim olgani aniqlandi

    7-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Feruza Najmiddinovani obro‘sizlantirishga qaratilgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Oliy Majlisi Senati, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, “Yuksalish” umummilliy harakati rasmiy bayonot berdi, qator jurnalistlar munosabat bildirdi. O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarovning ma’lum qilishicha, Olmazor City’dagi holatni tasvirga olgan fuqaroning shaxsi aniqlangan.

    Foto: UZ24

    Foto: UZ24

    Ma’lum qilinishicha, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi 7-avgustdagi rasmiy bayonotida mazkur holat yuzasidan surishtiruv boshlagan, “Qalampir.uz” sayti va Olmazor City’ga chiqib, vaziyatni to‘liq o‘rgangan. 8-avgust kuni uyushma mas’ullari nashr tahririyatida bo‘lib, sayt rahbari va jamoasi, jumladan, Feruza Najmiddinova bilan muloqotda bo‘lgan.

    “Uyushma vakillari ijtimoiy tarmoqqa tarqalib ketgan ana shu nomaqbul video va foto materiallarni suratga olgan fuqaro M.P. bilan muloqotda bo‘lib, holat yuzasidan batafsil axborot olishdi. Ma’lum bo‘lishicha, Olmazor tumani Yangi Olmazor ko‘chasidagi uylardan birida yashovchi M.P. qarama-qarshi joylashgan uyning ochiq balkonida ro‘y berayotgan ishqiy munosabat holatini tasvirga olib, Olmazor City majmuasining qorovuli V.ga tashlab bergan. V. esa, o‘z navbatida, videoni profilaktika inspektoriga yuborgan”, — deyiladi xabarda.

    Ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqqa tarqalib ketgan ishqiy munosabat bilan bog‘liq foto va videomateriallar aslida axloqsizliklarni bartaraf etish uchun huquq-tartibot organlariga topshirish maqsadida tasvirga olingan. “Lekin videotasvirlar qabih kishilarning qo‘liga tushib, jurnalist ayolni obro‘sizlantirish uchun qo‘llanilgan”, — deya ta’kidlaydi Olimjon O‘sarov.

    Uyushma raisining hisoblashicha, montaj qilingan videotasvirlar jurnalist Feruza Najmiddinovaga qarshi qo‘llanilgani uning kasb faoliyati bilan bevosita bog‘liq.

    “U so‘nggi paytlarda inson huquqlari, ayolning jamiyatdagi o‘rni, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar yo‘lidagi sun’iy to‘siqlar haqida qator tanqidiy-tahliliy materiallar e’lon qilib kelayotgan edi. Fikrimizcha, videorolik buyurtmachisi shu kabi tanqidiy materiallar ‘qahramon’laridan biri bo‘lishi mumkin.

    Internet tarmog‘ida bu kabi salbiy holatlarning davom etishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, shuningdek, so‘z erkinligi, ommaviy axborot vositalari vakillarini himoya qilish maqsadida qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilishi maqsadga muvofiq. Asosiysi, vaziyatga tegishli huquqiy baho berilib, qilmishni sodir etgan shaxslar, albatta, javobgarlikka tortilishi shart”, — deb yozadi O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi.

    Mavzuga doir: Nega hamma, hatto Saida Mirziyoyeva ham Feruza? Nima shovqin?

    09.08.2021, 13:56   Izoh (0)   54865
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonga hafta oxirlariga borib nisbatan salqin havo kirib keladi

    09.08.2021, 13:11

    O‘zbek-xitoy vaksinasining 2 va 3-dozasi bilan emlash vaqtincha to‘xtatildi. Maqsad — “emlash jarayonini to‘g‘ri rejalashtirib olish”

    09.08.2021, 12:48

    “Ular chet el fuqarolari”. Olmazordagi ko‘p qavatli uyning balkonida jurnalist ekani aytilgan videoda tasvirlangan odamlarning kimligi ma’lum bo‘ldi

    09.08.2021, 12:45

    “Bu Prezidentimiz shaxsan o‘zlari kafolatlayotgan so‘z erkinligiga tahdid”. Sherzod Asadov “Qalampir.uz” jurnalisti bilan bog‘liq voqea yuzasidan bayonot berdi

    09.08.2021, 12:39

    Shavkat Mirziyoyevning shu haftadagi ish rejasi e’lon qilindi

    09.08.2021, 12:29

    Energetika vaziri: “Bu yilgi saylov mutlaqo boshqacha va tarixiy bo‘ladi”

    09.08.2021, 12:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Suriya va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

    Dunyo | 13 avgust, 23:30

    O‘zbekistonga elektromobil importi rekord darajada ortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 23:15

    YKL saralashi. “Bashakshehir” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Viking”ni mag‘lub etdi. Shomurodovdan assist

    Sport | 13 avgust, 23:09

    Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot bitkoin joylashgan mamlakatga aylandi

    Dunyo | 13 avgust, 23:00

    Saudiyada oilaviy zo‘ravonlikka uchragan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 22:45

    Tramp Putin bilan muzokaralarda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi — FT

    Dunyo | 13 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.