• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbek-xitoy vaksinasining 2 va 3-dozasi bilan emlash vaqtincha to‘xtatildi. Maqsad — “emlash jarayonini to‘g‘ri rejalashtirib olish”

    Davomi: Nurmat Otabekov o‘zbek-xitoy vaksinasining 2- va 3-dozasi bilan aholini emlash vaqtincha to‘xtatilganiga izoh berdi

    O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati 7-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shahar va viloyatlar Sog‘liqni saqlash boshqarmalari va hududiy sanitariya-epidemiologiya xizmatlarga 9-avgustdan boshlab aholini faqat ZF-UZ-VAC-2001 o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlash haqida ko‘rsatma xati chiqardi. Xat Sog‘liqni saqlash vazirligining immunizatsiya ishlari bo‘yicha rahbari Dilorom Tursunova nomidan chiqarilgan.

    Xatda 9-avgustdan boshlab hamma emlash punktlarida zaxiradagi ZF-UZ-VAC-2001 o‘zbek-xitoy vaksinasini faqat 1-doza bilan emlashga ishlatish, alohida ko‘rsatma bo‘lgunga qadar aholini ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasining 2-doza va 3-dozalari bilan emlashni vaqtincha (bir hafta davomida) to‘xtatish, zaxiradagi ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasini aholini 1-doza bilan emlash uchun to‘g‘ri rejalashtirib ishlatish haqida ko‘rsatma berilgan.

    Foto: Telegram

    Respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati matbuot kotibi Muhammadjon Bozorov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda ko‘rsatma xatining haqiqiyligini tasdiqladi. “Buni to‘g‘ri qabul qilish kerak. Aholini reja bilan emlamasak, ertaga jarayonni o‘zimiz ham tartibga sololmay qolishimiz mumkin. Shuni inobatga olib, jarayonni rejaga tushirib olmoqchimiz, bu yerda boshqa masala yo‘q”, — dedi tashkilot vakili.

    SSV immunizatsiya ishlari bo‘yicha rahbari Dilorom Tursunov ham ko‘rilayotgan ushbu vaqtincha choradan ko‘zlangan maqsad “hisob-kitoblarni to‘g‘rilab olish” ekanini ta’kidladi. “Jumladan, vaksinaning 2 va 3-dozasini olishi ko‘zda tutilgan fuqarolarning barini saralab olish uchun bir hafta muhlat berdik. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, birinchi emlash raqamlari juda katta, ammo ikkinchi emlash sur’ati birinchisidan uch barobar past. Shu bois ham biz hamma raqamlarni to‘g‘rilab, jarayonni to‘g‘ri rejalashtirib olishimiz kerak”, — dedi u “Daryo”ga bergan izohida.

    SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 7-avgust holatiga O‘zbekistonda koronavirusga qarshi jami 10 025 266 doza vaksina qo‘llanilgan — 1-bosqichda emlanganlar soni 6 829 079 nafarni tashkil etmoqda. Shundan 2 308 175 kishi — birinchi bosqichda emlanganlarning 33 foizi — keyinchalik (ZF-UZ-VAC-2001, “Sputnik V” yoki AstraZeneca vaksinasining) 2-dozasi bilan emlangan. Ikkinchi bosqichdan o‘tgan 2,3 million kishi orasidan 887 972 nafari esa yakunda (ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasining) 3-dozasini qabul qilgan.

    Qayd etish joiz, ZF-UZ-VAC-2001 O‘zbekistonda eng ko‘p qo‘llanilayotgan vaksina hisoblanadi. SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 2—6-avgust kunlari O‘zbekistonda 1 544 882 vaksina qo‘llanilgan bo‘lsa, shuning 52 foizi o‘zbek-xitoy vaksinasidir. Yana bir raqam — 2-avgust butun O‘zbekiston bo‘yicha jami 243 493 kishi birinchi marta koronavirusga qarshi emlangan, ularning 87 foizi aynan ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasini qabul qilgan.

    2021-yil 2-avgust holatiga ko‘ra koronavirusga qarshi emlash ko‘rsatkichlari.

    2021-yil 2-avgust holatiga ko‘ra koronavirusga qarshi emlash ko‘rsatkichlari.
    Foto: Telegram

    Vaksina yetmay qolishi mumkin

    O‘zbekistonga hozirgacha jami 14 580 060 doza vaksina (370 ming doza “Sputnik V”, 710 ming doza AstraZeneca, 10,5 million doza ZF-UZ-VAC-2001, 3 million 60 doza Moderna) olib kelingan bo‘lib, hozirgacha uning salkam 69 foizi qo‘llanib bo‘lingan, 7-avgust holatiga ko‘ra zaxirada 4 554 794 vaksina qolgan. Ularning qanchasi o‘zbek-xitoy vaksinasi-yu, qanchasi Moderna ekani haqida ochiq va aniq ma’lumotlar yo‘q, faqat taxminiy hisob-kitob qilish mumkin.

    Xususan, SSV ma’lumotlariga ko‘ra 2—6-avgust kunlari qo‘llanilgan 1 544 882 dona vaksinaning 731 967 dozasi AQShdan keltirilgan Moderna’dir. Agar ushbu vaksinani qo‘llash aynan 2-avgustdan boshlangan deb hisoblansa ham (aslida uni qo‘llash 31-iyuldan boshlangan), 7-avgust holatiga ko‘ra zaxirada qolgan 4 554 834 doza vaksinaning 2 268 033 dozasi (yoki 49,79 foizi) Moderna, qolgan 2 286 801 dozasi esa ZF-UZ-VAC-2001, “Sputnik V” va Hindistondan keltirilgan yoki Ozarbayjon sovg‘a qilgan AstraZeneca, deb taxmin qilish mumkin.

    Shu bilan birga, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, nafaqat AstraZeneca vaksinasi, balki Rossiyada ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinasi ham deyarli qolmagan (qayd etish joiz, “Daryo”ning “Sputnik V” bilan emlangan bir qator xodimlari ham hozirda ikkinchi doza vaksinasini kutmoqda). SSV vakili Dilorom Tursunova “Sputnik V” bilan emlash jarayonlari haqiqatan ham to‘xtab qolganini tasdiqlab, “lekin tez orada ikkinchi komponent olib kelinishi”ni ma’lum qilgan edi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistongacha hozirgacha “Sputnik V” vaksinasining 230 ming doza 1-komponenti, 140 ming doza (birinchisidan 90 ming kam) 2-komponenti — jami 370 ming doza keltirilgan. Shundan 212 818 ta holatda birinchi doza ishlatilgan, keyinchalik 128 442 kishi 2-dozani qabul qilgan (jami 341 260 doza ishlatilgan). Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, “Sputnik V”ning 90 ming dozalik 2-komponenti yaqin kunlarda O‘zbekistonga keltirilishi kutilmoqda.

    09.08.2021, 12:48   Izoh (0)   63824
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ular chet el fuqarolari”. Olmazordagi ko‘p qavatli uyning balkonida jurnalist ekani aytilgan videoda tasvirlangan odamlarning kimligi ma’lum bo‘ldi

    09.08.2021, 12:45

    “Bu Prezidentimiz shaxsan o‘zlari kafolatlayotgan so‘z erkinligiga tahdid”. Sherzod Asadov “Qalampir.uz” jurnalisti bilan bog‘liq voqea yuzasidan bayonot berdi

    09.08.2021, 12:39

    Shavkat Mirziyoyevning shu haftadagi ish rejasi e’lon qilindi

    09.08.2021, 12:29

    Energetika vaziri: “Bu yilgi saylov mutlaqo boshqacha va tarixiy bo‘ladi”

    09.08.2021, 12:18

    O‘zbekistonda bir kunda 856 kishida koronavirus, 439 kishida pnevmoniya qayd etildi. To‘qqiz bemor vafot etdi

    09.08.2021, 10:10

    Buxoroda o‘g‘riligi tufayli ota-onasi tomonidan IIBga topshirilgan bola sud hukmiga ko‘ra, 1 mln 225 ming so‘m jarimaga tortildi

    09.08.2021, 08:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya Rossiya va Belarus fuqarolariga ko‘chmas mulk sotib olishni taqiqladi

    Dunyo | 20 iyun, 13:32

    “Respublikadagi barcha tuman hokimlari Shahrisabz, Yakkabog‘ va Ko‘kdalani kelib ko‘rsin, o‘rgansin” — prezident

    O‘zbekiston | 20 iyun, 13:29

    Megan Markl bolalarini bozorda ishlab pul topishga majburlamoqda

    Layfstayl | 20 iyun, 13:28

    “Manchester Yunayted” Mbeumoni xarid qilish uchun katta summa taklif qildi

    Sport | 20 iyun, 13:10

    Qashqadaryoda viloyat “Islohotlar shtabi” tuziladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 13:05

    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim

    Reklama | 20 iyun, 12:00

    Shifokor surunkali stress asab tizimiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida ma’lumot berdi

    Maslahatlar | 20 iyun, 12:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.