“O‘zgidromet”ning xabar berishicha, 9-avgust kuni va haftaning katta qismida respublika hududlari bo‘yicha, asosan, kam bulutli ob-havo bo‘ladi.
Havo harorati kechalari 18-23 daraja, kunduz kunlari 33-38 daraja bo‘ladi. Bu ushbu davr me’yoridan biroz yuqoridir.
12—13-avgust kunlari Qozog‘iston hududi orqali Ural hududlaridan O‘zbekiston hududiga nisbatan salqin havo kirib keladi. Osmonda bulutlar paydo bo‘ladi, lekin yomg‘ir yog‘ish ehtimoli kam. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi.
Kechalari havo harorati o‘zgarmaydi, kunduz kunlari 30-35 darajagacha pasayadi va iqlimiy me’yorga yaqinlashadi.
Izoh (0)