Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi ko‘p qavatli uylarning biridagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda FVV.
Qayd etilishicha, 2021-yil 9-avgust kuni soat 18:17 da Chilonzor tumani Guliston dahasida joylashgan 55-sonli 9 qavatli uyning 3-qavatida yong‘in sodir bo‘ldi.
Voqea joyiga zudlik bilan FVVning yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib kelgan va yong‘in 15 daqiqadan kamroq vaqt ichida bartaraf etilgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in qo‘shni xonadonlarga tarqalib ketishining oldi olingan.
Yong‘in natijasida xonadonning 20 kvadrat metr maydoni zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Bundan avval Jizzaxdagi Zomin tog‘larida yuz bergan yong‘in o‘chirilgani, Navoiydagi zapravkada Labo yonib ketgani hamda Angrendagi to‘qqiz qavatli uylarning birida yong‘in chiqqani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)