Daryo

Jizzaxdagi Zomin tog‘larida yuz bergan yong‘in o‘chirildi

Mazkur hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish64 190 ko‘rishlar0 izoh0

Jizzaxdagi Zomin milliy tabiat bog‘i hududida 8-avgust kuni yong‘in sodir bo‘lgandi. Viloyat FVB yong‘in bartaraf etilganini ma’lum qildi.

Foto: Jizzax viloyati FVB matbuot xizmati

Hodisa haqida viloyat FVBga soat 16:37 da kelib tushgan. Xabar asosida zudlik bilan FVV yong‘in-qutqaruv guruhlari voqea joyiga yetib borgan va soat taxminan 18:20 larda yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘inni o‘chirishda FVVning 55 nafar yong‘in-qutqaruvchilari ishtirok etgan. Yong‘in natijasida 10 sotix maydon yonib zararlangan. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi ma’lumotlarida yong‘in 40 daqiqa davom etgani va 15 sotix yer maydonni qamrab olgani qayd etilgan.

Foto: O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi matbuot xizmati
Foto: O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi matbuot xizmati
Foto: O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Mazkur hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 1-avgust kuni Jizzax viloyatining Zomin tumani “Duoba” qishloq fuqarolar yig‘ini O‘riklisoy qishlog‘i yaqinidagi o‘rmon hududlarida yirik yong‘in yuz bergandi. Soat taxminan 10:40 da boshlangan yong‘in salkam sakkiz soatdan so‘ng o‘chirilgan. FVV ma’lumotlariga ko‘ra, 80 gektar maydonda quruq o‘t va daraxtlar yongan. Olovni o‘chirishga 1600 ga yaqin odam jalb etilgan.

2-avgust kuni ushbu hududda yana yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Ammo Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi buni rad etib, hududda yong‘indan keyingi tozalash ishlari amalga oshirilayotgani, vaziyat to‘liq nazorat ostida ekanligini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Video: Zomindagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish jarayonlari

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar