Namangan shahrida mashina yuvish shoxobchasidagi Malibu o‘g‘irlab ketildi, deya xabar qilmoqda Tergov departamenti matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, 2021-yilning 2-avgust kuni soat 14:30 larda Namangan shahrida joylashgan avtomobillar yuvish shoxobchasida ishchi bo‘lib ishlovchi 18 yoshli O.A. yuvish uchun qoldirib ketilgan 25 yoshli A.A.ga tegishli bo‘lgan Malibu rusumli avtomashinani avvaliga yuvib, so‘ngra noma’lum tomonga boshqarib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida Malibu rusumli avtomashina Davlatobod tumani “Porloq” mahallasi hududidan texnik soz holda topilgan.
Hozirda O.A.ni ushlash choralari ko‘rilmoqda.
Bundan avval Buxoroda mast fuqaro tanishining Spark avtomobilini olib qochgani, Andijonda olib qochilgan Spark ikkita avtomobilga borib urilgani hamda Farg‘onada sobiq kuyov qaynonasining mashinasini olib qochgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)