Daryo

Andijonda olib qochilgan Spark ikkita avtomobilga borib urildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, mashinani olib qochgan shaxsga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan

1 daqiqa o‘qish60 804 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IIV Tergov departamenti

Andijon viloyati Izboskan tumanida 32 yoshli shaxs olib qochgan Spark ikkita avtomobilga borib urildi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar berdi.

Foto: IIV Tergov departamenti

Ma’lum qilinishicha, 5-may kuni soat 18:30 larda muqaddam sudlangan 32 yoshli J.F. Izboskan tumani Poytug‘ shahri “Ittifoq” mahallasida joylashgan avtomashinalar turargohida qarovsiz, ochiq holatda qoldirilgan Spark’ning kaliti o‘t oldirish joyida ekanligidan foydalanib, uni olib qochgan.

Hodisa joyidan yashirinayotgan vaqtida Matiz va Nexia Dons rusumli mashinalar bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Holat yuzasidan Izboskan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan J.F.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Bundan avval Farg‘onada sobiq kuyov qaynanasining mashinasini olib qochgani, Toshkentda 4-sinf o‘quvchisi Nexia-3’ni olib qochgani, Andijondan olib qochilgan Spark Namanganda ehtiyot qismlariga ajratilgan holda topilgani, Marg‘ilonda kaliti bilan qoldirilgan Spark’ni minib qochgan shaxs qo‘lga olingani hamda Namanganda muqaddam sudlangan 23 yoshli yigit Nexia-2’ni olib qochib, boshqa mashinaga borib urgani haqida xabar berilgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar