Olimlar inson salomatligi uchun 7-8 soat uxlashi kerakligini ta’kidlaydi. Ammo uxlashni va uxlaganda ham tiniqib uxlashni iloji bo‘lmasa nima qilish kerak? Bu savolga yulduzlar foydalanadigan usullardan kelib chiqib javob beramiz.
Jennifer Eniston
Intervyulardan birida aktrisa: “Telefonni hech bo‘lmaganda yarim metr uzoqqa qo‘yib uxlashni tavsiya qilaman. Bu juda ham yaxshi samara beradi”, — degan.
Merayya Keri
Havoni namlantiradigan vositadan foydalangan holda uxlaydigan xonanda yotoqxonasini sauna bilan taqqoslaydi. Maxsus parda Merayyaning terisiga tomchi tushishidan himoya qiladi.
Tom Kruz
Uyqu bilan bog‘liq muammolardan uzoq vaqt davomida aziyat chekkan aktyor, keyinroq qorong‘i va shovqin eshitilmaydigan xonada yotish bilan yechim topgan.
Lea Mishel
Lea esa tiniqib uxlash uchun uxlashidan yarim soat avval limonli choy iste’mol qiladi.
Gvinet Peltrou
Aktrisa har kuni uyqudan avval vanna qabul qiladi. “Bu mening tinchlanish va ortiqcha energiyadan qutilish uchun yordam beradigan odatim. Buning uchun kerakli bo‘lgan barcha tuz, yog‘ va skrab turlari menda bor”, — degan aktrisa.
Miranda Kerr
Miranda uyqudan avval lavandali spreyni yostiq va yuziga sepishni odat qilgan. Lavanda tinchlantiradi va tez uxlashga yordam beradi.
Gal Gadot
“Mo‘jizakor ayol” yulduzi Gal Gadot uyqudan avval C vitaminga boy bo‘lgan apelsinli sharbat iste’mol qiladi. Bundan tashqari, makiyajini o‘chirishni kanda qilmaydi.
Mavzuga doir:
- Saraton bilan kurashayotgan mashhur shaxslar (foto)
- Viktoriya Bekxem, Emiliya Klark hamda ozish istagida sog‘lig‘iga putur yetkazgan boshqa mashhur ayollar (foto)
- Bir kam dunyo: Bedavo kasalliklardan aziyat chekadigan mashhurlar (foto)
- Go‘zallik qurbonlari: Plastik operatsiyalar oqibatida vafot etgan yulduzlar
Izoh (0)