San’at olamining yosh, go‘zal va iste’dodli mazkur vakillari tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga urinishi qanday natija bilan yakun topishini bilganida hammasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi.
Yuliya Nachalova

Shundoq ham chiroyli bo‘lgan ko‘rinishi Yuliyaga kamlik qilgan chog‘i jarrohlarga murojaat qilishga qaror qilgan. Plastik operatsiyadan keyin qonida zararlanish kuzatilgan Nacholovaning salomatligi bilan bog‘liq muammolar kelib chiqqan. Bular orasida qandli diabet va podagra ham bo‘lgan. Bu kabi oqibatlarga juda ham kech e’tibor qaratgan Yuliyanining yuragi operatsiya jarayonida to‘xtagan.
Katerina Kando

Go‘zallik qirolichasi maqomiga erishganiga qaramay, ekvadorlik modelning tashqi ko‘rinishidan ko‘ngli to‘lmagan. Tanlovda g‘olib sifatida qo‘lga kiritgan plastik jarrohlik sertifikatidan foydalanishga qaror qilgani yaxshilik bilan tugamagan. Liposaksiya qildirish davomida hayotdan ko‘z yumgan qizning oila a’zolari jarrohga nisbatan da’vo ochgan.
Pamela Nismento

Mashhur model Pamela uchun liposaksiya so‘nggi operatsiya bo‘lgan. Muammoli joylardagi ortiqcha yog‘larni olish jarayonida qon aylanishi yomonlashishi sabab kelib chiqqan shokdan vafot etgan.
Pit Berns

Dead or Alive guruhi solisti ko‘p marta bezoriliklarga aralashib qolgan. Mushtlashishdan keyin tashqi ko‘rinishini jarroh yordamida to‘g‘rilagan xonanda operatsiyalardan aslo qo‘rqmagan. Shunday operatsiyalardan biri qon tomirlarda tromb shakllanishiga olib kelgan va 57 yoshli Bern hayotdan ko‘z yumgan.
Rakel Santos

Tashqi ko‘rinishiga haddan ortiq e’tiborli bo‘lgan model yoshligidanoq bir necha plastik operatsiyalar qildirgan. Ikki daqiqalik kosmetologik muolajalardan biri esa uning o‘limi bilan yakuniga yetgan. U shunchaki ajinlaridan qutulmoqchi bo‘lgan, ammo kosmetologik vosita tarkibidagi modda model qabul qiladigan Potenay preparatiga to‘g‘ri kelmagan.
Maykl Jekson









