• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Saraton bilan kurashayotgan mashhur shaxslar (foto)

    “Taslim bo‘lmang” — bu quyidagi taniqli kishilarning asosiy shiori, chunki hozirda ular hayotlarining har bir daqiqalarini saraton kasalligiga qarshi kurashga sarflamoqda.

    Valentin Yudashkin

    2016-yilda taniqli modelyerga buyrak saratoni tashxisi qo‘yildi. Keyinchalik esa uning boshida metastaz borligi aniqlandi. Taslim bo‘lishni istamagan Valentin o‘sha yilning kuzida 20 kun ichida 4 ta operatsiya o‘tkazdi. Moskvadagi moda haftaligi ko‘rgazmasida u yangi soch turmagi bilan jamoatchilikka ko‘rinish berdi.

    Foto: Persona Stars

    Foto: Persona Stars

    2021-yilning fevral oyida modelyer birinchi marta boshdan kechirgan og‘ir kasallik haqida so‘z ochdi. Yudashkin kasallik bilan iloji boricha birga yashashga harakat qilayotganini tan oldi. “Bunday holatni boshdan kechirgan har bir kishi uchun eng qiyin narsa — bu keyingi tekshiruvgacha bo‘lgan davr. Siz o‘zingizni ruhiy jihatdan tayyorlaysiz, keyin yana uch oy erkin nafas olasiz. Siz endi yillab emas, balki kvartallab yashaysiz. Biror narsa qilish uchun vaqt kerak bo‘lganda o‘zingizni chalg‘itasiz”, — deydi Valentin Yudashkin.

    Shennen Doerti

    “Hayotimiz tashxis haqida bilgan daqiqamizda tugamaydi. Bizning ham hali qiladigan ishlarimiz bor”, — degan edi Shennen Doerti saraton kasalligiga qarshi kurashayotgan bir paytda. Aktrisa muntazam ravishda tekshiruvlardan o‘tgan bo‘lsa-da,  2020-yilda unda yana saraton kasalligi qaytganligi ma’lum bo‘lgan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bu safar shifokorlar aktrisaga ko‘krak bezi saratonining so‘nggi bosqichi tashxisini qo‘yishdi. Gormonal va maqsadli terapiyaga qaramay, Doerti yaqinlari bilan xayrlashmoqchi emasligini tan oldi. Aktrisa butun kuchini tiklanishga sarflaganini ta’kidlaydi. Shuningdek, u hayotida sodir bo‘lgan har bir kichik narsani ham qadrlashga harakat qiladi.

    Shennenning yonida turmush o‘rtog‘i doimo birga, unga suyanch bo‘ldi. Doertining o‘zi televizion seriallarda ishtirok etishga va aktyorlikni davom ettirishga qat’iy qaror qildi: “Odamlar meni ko‘rib, saraton kasalligining so‘nggi bosqichida bo‘lgan boshqa bemorlar ham ishlay olishi mumkin ekan deb o‘ylashlari uchun ham har kuni 16 soatdan ishlayman”, — deydi aktrisa.

    Anastasiya Zavorotnyuk

    “Mening sevimli enagam” teleserialining yulduzi o‘ziga qo‘yilgan tashxis haqida 2018-yilning avgustida, uzoq kutilgan qizi Mila tug‘ilgandan ko‘p o‘tmay bilgan. Aktrisa qattiq bosh og‘rig‘idan qiynalgani uchun mutaxassislarga murojaat qilgan. Ular ko‘plab tekshiruvlardan so‘ng aktrisaga glioblastoma tashxisini qo‘yishdi. Bu miyaning eng tajovuzkor o‘smalaridan biridir.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    O‘sha paytda yulduzning qarindoshlari va yordamchilari qanday bo‘lmasin kasallik haqidagi har qanday ma’lumotni rad etishdi. “Bular shunchaki mish-mish, bunga e’tibor berishingizga hojat yo‘q. Nastya hozir ta’tilda — bolasi bilan Italiyada. O‘zini yaxshi his qilmoqda. U sentabrda keladi”, — degan edi Zavorotnyukning direktori.

    Aktrisaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida esa uning fotosuratlari yangilanishda davom etar, ammo muxlislar barcha rasmlar arxiv ekanligini payqab qolishgandi. Zavorotnyuk uzoq vaqtdan beri jamoatchilik oldida ko‘rinmagani ham muxlislarini xavotirga soldi. 2019-yilda Anastasiyaning oilasi aktrisaning chindan ham kasalligini tasdiqladi. “Bizga hamdard insonlardan u uchun ibodat qilishdan va yaqinlarining kasallik tafsilotlarini oshkor qilmaslik istagini hurmat qilishdan boshqa hech narsa so‘ramaymiz, bu shaxsiy masala”, — deyishgandi aktrisaning qarindoshlari. Bugungi kunda Anastasiya kasallik bilan kurashishda davom etmoqda. Bunda asosiy yordamni uning oilasi ko‘rsatmoqda.

    Jeff Brijes

    “Katta Lebovskiy” yulduzi Jeff Brijes 2020-yil oktabr oyida Twitter’da unda limfatik tizimga ta’sir qiluvchi xavfli o‘sma — lenfoma aniqlanganini e’lon qildi. “Men davolanishni boshlayman va sog‘lig‘im haqida xabardor qilaman”, — degan edi aktyor.

    Foto: Persona Stars

    Foto: Persona Stars

    Shuningdek, Jeff o‘z yaqinlariga minnatdorlik bildirgan post ham yozgan: “Men oilam va do‘stlarimning sevgisi hamda qo‘llab-quvvatlovi uchun ulardan minnatdorman. Duolaringiz va yaxshi so‘zlaringiz uchun tashakkur ... Mehr-muhabbat bilan, Jeff”. Ayni paytda aktyor haqida batafsil ma’lumot yo‘q, ammo bu jangda aktyorning g‘alaba qozonishiga ishonishdan o‘zga iloj yo‘q.

    Mavzuga doir: 

    • Bir kam dunyo: Bedavo kasalliklardan aziyat chekadigan mashhurlar (foto)
    • Saraton rivojlanayotganini aniqlashga yordam beradigan 3 xil test
    • Saraton kasalligi haqida umid baxsh etuvchi 6 ilmiy fakt
    • Gollivud yulduzi Jessika Alba mashhurlik cho‘qqisida karyerasini yakunlashiga nima turtki bo‘lgani haqida so‘zlab berdi

    04.05.2021, 19:37   Izoh (0)   67675
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Aktyor Murat Unalmish “Zuleyha” serialini suratga olish jarayonidagi janjaldan keyin hamkasbi Kerem Alishikni sudga berdi

    04.05.2021, 18:58

    Instagram: Turmush o‘rtog‘i haqidagi muhim ma’lumotni oshkor qilgan Zarina Nizomiddinova, Yulduz Usmonovadan yangi qo‘shiq, Burak O‘zdemir bilan uchrashgan tiktoke...

    03.05.2021, 22:26

    Shovqin-surondan yiroq: Kidman, Roberts va shahar markazidan uzoq hududlarda yashovchi boshqa yulduzlar (foto)

    03.05.2021, 15:46

    Qirollik oilasining bolalari rioya qilishi kerak bo‘lgan g‘ayrioddiy 12 ta qoida

    03.05.2021, 14:59

    Tashqi jihatdan bir-biriga o‘xshash bo‘lgan yulduzli juftliklar (foto)

    03.05.2021, 10:57

    Instagram: Lolaning avariyaga uchrashiga oz qoldi, Munisa uysizlarga ovqat tarqatdi, Shohruhxon va Asal dam olishga uchib ketdi

    02.05.2021, 22:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada biometrik ma’lumot topshirmagan xorijliklar mobil aloqadan uziladi

    Dunyo | 1 iyul, 13:58

    Enn Heteuey “Qattiqqo‘l xonim” filmining davomida suratga tushadi

    Kino | 1 iyul, 13:47

    “O‘zgidromet” harorat 46 darajagacha ko‘tarilishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 13:42

    FIDE reytingi yangilandi. Nodirbek Abdusattorov pastladi, Javohir Sindorov keskin ko‘tarildi

    Sport | 1 iyul, 13:30

    Rossiyaliklar farzandlari uchun xitoylik enagalar yollamoqda — NYT

    Dunyo | 1 iyul, 13:22

    “Ular sahnada aytayotgani — ko‘cha gaplari”. Iskandar Hamroqulov kulgi jamoalarining konsertlari haqida fikr bildirdi

    Madaniyat | 1 iyul, 13:12

    Amazon yangi Jeyms Bondni izlamoqda. Nomzodlar orasida Tom Holland ham bor

    Kino | 1 iyul, 13:04
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.