• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Olimpiada o‘yinlarida o‘z baxtini topgan malika va shahzodalar

    Olimpiada o‘yinlari sabab o‘z baxtini topgan qirollik oilasi vakillari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

    Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Karl XVI Gustav bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan 1972-yil Myunxenda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida tanishgan. Tadbir davomida beshta tilda bemalol gaplashib, dunyoning turli burchagidan kelgan mehmonlar haqida qayg‘urayotgan tarjimon ayol uning e’tiboridan chetda qolmagan. Tasodifiy uchrashuv juftlikning turmush qurishiga sababchi bo‘lgan. Shunga qaramay, baxt tomon eltuvchi yo‘lni bosib o‘tish ular uchun oson bo‘lmagan. Karlning taqdirini shvetsiyalik zodagon bilan bog‘lashini afzal bilgan saroy a’yonlari uni kelib chiqishi Braziliya va Germaniyaga borib taqaladigan Silviya Zommerlatga uylanish fikridan qaytarmoqchi bo‘lgan. Shunga qaramay, juftlik yashirincha uchrashishda davom etgan. 1974-yil Silviya turli chidab bo‘lmas mish-mishlar fonida, ikki yildan keyingi Olimpiadaga go‘yoki tayyorlanish uchun Monrealga qochib ketgan. Ammo o‘z qaroriga sodiq qolgan Karl unga uzuk taqdim qilib, matbuotda Zommerlatni bo‘lajak qirolicha deb tanishtirgan. Muxbirlarning ayoldagi aynan qaysi jihat uni maftun qilgani haqidagi savolga u qizarganicha: “Bu Silviya. Hali o‘zingiz ko‘rasiz hammasini”, — deb javob bergan. Keyingi bergan intervyularida esa rafiqasini ilk ko‘rganidayoq nimadir jiz etgani va bu bugungi kunda ham davom etishini ta’kidlagan. Bugungi kunda baxtli hayot kechirayotgan juftlikning uch nafar farzandi bor. To‘ng‘ich qizi Viktoriya ota-onasi turmush qurganiga 34 yil bo‘lgan kuni turmushga chiqishga qaror qilgan. Malika va Daniel Vestling 2010-yil 19-iyunda munosabatlarini nikoh bilan bog‘lagan.

    Daniyaning valiahd shahzodasi Frederik

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Daniyaning bo‘lajak hukmdori avstraliyalik Meri Donaldsonni 2000-yil 16-sentabrda Sidneydagi odamlar bilan gavjum Slip Inn pabida uchratgan. Olimpiada sabab u yerga borgan Frederik qizga o‘zini shunchaki Fredo deb tanishtirgan. Merining tanishlaridan biri — Beatris Tarnavski, Ispaniya qiroli Xuan Karlosning jiyani — Bruno Gomes Asebo uchun norasmiy ziyofat tashkil qilgan. Bruno tadbirga Yunoniston shahzodasi Nikolaos, Daniya shahzodalari Frederik va Ioaxim, shuningdek, Norvegiya malikalari Marta hamda Luizani olib kelgan. Reklama agentligining boshlig‘i bo‘lgan Donaldson xonim qirollik oilasi vakillari davrasida ekanini xayoliga ham keltirmagan.Uch yildan keyin Daniyaning taxt vorisi unga brilliant va mamlakatining bayrog‘i rangidagi yoqut bilan bezatilgan unashtiruv uzugini tuhfa qilgan. Shundan keyin Donaldsonning o‘zi ham qirollik oilasining a’zosiga aylangan. Frederikning 40 yoshga to‘lishi munosabati bilan, uning rafiqasi bilan munosabatlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan kitob nashr qilingan. “Bu bir ko‘rishdagi sevgi edi”, — degan shahzoda bo‘lajak turmush o‘rtog‘ini ilk ko‘rishida unga qalban yaqinligini his qilganini qo‘shimcha qilgan.

    Monako knyazi Alber II

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    2011-yilda turmush qurgan knyaz Alber bo‘lajak rafiqasi Sharlen Uittstok bilan knyazlikdagi Mare Nostrum musobaqalarida tanishgan. Afrikalik mohir suzuvchi Sharlen bu vaqtda 22 yoshda bo‘lgan. Alberning o‘zi ham qatorasiga besh marta qishki Olimpiada o‘yinlarida bobsley sport turi bo‘yicha Monakoning terma jamoasi tarkibida bo‘lgan. Juftlik bir-biri bilan darhol til topishgan. “Bu g‘oyat ajoyib bo‘lgan. Suzishimni ko‘rgan Alber rahbariyatimdan men bilan uchrashish uchun ruxsat so‘ragan. Biz kechasi bilan kulishib, gaplashib chiqqanmiz”, — degan Sharlen Vogue nashriga bergan intervyusida. Uittstok xonim musobaqalarda ishtirok etish bilan band ekani tufayli munosabatlar jiddiylashishi uchun yana besh yil vaqt kerak bo‘lgan. Ular ilk bor ommaga 2006-yil, Turindagi Olimpiada o‘yinlari davomida ko‘rinish bergan. “Biz bir ehtirosni bo‘lishayotganimiz aniq edi: ikkimiz ham sportchilarni his-tuyg‘ularga berilgan holda kuzatganmiz. Sport bizni birlashtirib turadi”, — deb qo‘shimcha qilgan Sharlen.

    Britaniya malikasi Anna

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Britaniya qirolichasining yagona qizi Anna 1971-yil 21 yoshga to‘lganida bo‘lajak turmush o‘rtog‘i, Sandxerst harbiy akademiyasi bitiruvchisi Mark Fillips bilan tanishgan. Ot minish sporti bilan shug‘ullanadigan malika shu yili uchkurash bo‘yicha Yevropa chempionatida g‘oliblikka sazovor bo‘lgan. Kapitan Fillips esa 1972-yil Myunxendagi Olimpiada o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan Qo‘shma Qirollik jamoasi tarkibida bo‘lgan. Mark 1973-yil bergan intervyusida muxbirlar undan malikani qo‘lini so‘raganda asabiylashganmisiz, deb savol bergan. “Gap malika haqida ketayotgani hech qanday ahamiyatga ega emas. Kim bilandir turmush qurishingiz juda ham shaxsiy masala va har ikkingiz ham buni his qilishingiz g‘oyat tabiiy”, — degan u. Nikoh bilan mustahkamlangan munosabatlariga 1992-yilda nuqta qo‘yilganiga qaramay, sobiq er-xotin bugungi kunda bir-biri bilan iliq munosabatda. Ularning qizi Zara ham ot minish sporti bilan shug‘ullanadi. U 2012-yildagi Olimpiada o‘yinlarida uchkurash (uchta sport turi bo‘yicha musobaqa)da Britaniya jamoasi uchun kumush medalni qo‘lga kiritgan.

    Ispaniya malikasi Kristina

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Ispaniya qiroli Xuan Karlosning qizi Kristina bo‘lajak turmush o‘rtog‘i — gandbolchi Inyaki Urdangarinni 1996-yil Atlantadagi Olimpiada o‘yinlarida uchratgan. Yigit bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida uch yil Ispaniya nomidan qatnashgan va ikki marta bronza medalini qo‘lga kiritgan. Kristina ham 1988-yil Seulda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida yelkanli qayiq sporti bo‘yicha Ispaniya jamoasi tarkibida bo‘lgan. 1997-yil Barselonada oila qurgan juftlikning turmushi davomida to‘rt nafar farzand dunyoga kelgan. 2018-yilda Urdangarin mablag‘lardan qonunga xilof ravishda foydalanish va soliqlar bilan bog‘liq muttahamlikda ayblanib, 5 yil-u 10 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. Kristina qamoqda bo‘lgan turmush o‘rtog‘ining ahvolidan xabar olishni kanda qilmaydi.

    Mavzuga doir:

    • Qirollik oilasining bolalari rioya qilishi kerak bo‘lgan g‘ayrioddiy 12 ta qoida
    • “Oq otli shahzodalar”: Davlat rahbarlarining o‘g‘il farzandlari haqidagi ma’lumotlar (foto)
    • Foto: Serfarzand davlat rahbarlari
    • Zolushkalarning hayotdagi prototiplari: Hayotda haqiqiy shahzodalarni uchratgan oddiy ayollar (foto)
    • Yevropaning eng badavlat malikalari (foto)

    30.07.2021, 17:21   Izoh (0)   26240
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kolumbiyalik taniqli xonanda Shakira oltita jinoyatda ayblanmoqda

    30.07.2021, 15:25

    Bill Geyts Bodrumda: Milliarder tushlik uchun qancha pul sarflamoqda?

    30.07.2021, 12:34

    Xonanda Imron partnyori Durdona Qurbonovani to‘yiga taklif qilmagani sababini ma’lum qildi (video)

    30.07.2021, 11:24

    Instagram: Kasalxona qurayotgan Yulduz Usmonova, Ra’no Shodiyevaning qizi oila qurdi, Ozod Xurramovni qo‘llayotgan mashhurlar

    29.07.2021, 22:24

    Filmlarda ko‘pincha birgalikda rol o‘ynaydigan hamda hayotda ham do‘st tutingan aktyorlar (foto)

    29.07.2021, 16:44

    Neslihan Atagul, Maryam Uzerli va boshqa turk aktrisalarining go‘zallik siri nimada? (foto)

    29.07.2021, 15:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.