• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda majburiy emlashni joriy etish orqali inson huquqlariga putur yetkazilmayaptimi? Ombdusman javob berdi

    O‘zbekistonda aholini majburiy emlash qonuniylashtirilishi kutilmoqda. “Gazeta.uz” ombudsman Feruza Eshmatovadan majburiy emlash va uni qonuniylashtirish jarayoni, bu borada xalqaro norma va tajriba, faqat bir vaksina mavjudligi tufayli aholining tanlov huquqi buzilishi kabi savollarga javob oldi. Quyida u to‘lig‘icha havola etildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    17-iyul kuni Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida 14 toifadagi fuqarolar ommaviy emlanishi shart etib belgilandi. Unga ko‘ra, ro‘yxatdagilar 1-sentabrgacha 1-doza, 1-oktabrgacha 2-doza va 1-noyabrgacha 3-doza vaksinalarini olishi kerak.

    Bunga asos qilib esa, “‘Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida’gi qonunga muvofiq, O‘zbekiston davlat bosh sanitariya vrachi atrofdagilar uchun xavf tug‘diruvchi yuqumli va parazitar kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi xavfi bo‘lgan taqdirda tegishli sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazish to‘g‘risida qarorlar chiqarish vakolatiga egaligi ko‘zda tutilgan”i aytildi.

    Undan oldinroq Qonunchilik palatasi spikeri 16-iyul kuni Nurdinjon Ismoilov qonunan emlash tadbirlarini majburiy tarzda amalga oshirish mumkin emasligini, buning uchun qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish lozimligini ta’kidlagan edi.

    “Gazeta.uz”ning bir-biridan mustaqil bir nechta manbasining xabar berishicha, hozirda davlat organlari, jumladan, IIV, Bosh prokuratura, vazirlik va davlat tashkilotlarida xodimlarni majburiy emlash ishlari jadal olib borilmoqda. Barchani birdek emlash boshlanganida ularda tanlov erkinligi bo‘lmagani, o‘sha vaqtda (1 hafta ichida) mavjud vaksina (xitoy-o‘zbek) bilan emlanishayotgani qo‘shimcha qilingan.

    E’tiborlisi, 27-iyulga kelib (oradan 11 kun o‘tib), quyi palata deputatlari O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi majburiy emlashni qonuniylashtirishni ko‘zda tutgan qonun loyihasini ma’qullab, Senatga yubordi.

    Ushbu hujjat loyihasida “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunning 28-moddasida karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston davlat bosh sanitariya vrachining qarori asosida aholini profilaktik emlashdan o‘tkazish joriy etilishi mumkinligi to‘g‘risida aniq norma kiritilmoqda.

    Qolaversa, Mehnat kodeksining 113-moddasida xodim yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi mavjud bo‘lgan taqdirda joriy etiladigan profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan taqdirda ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli ekanligi ko‘zda tutilmoqda. Ushbu moddada shuningdek, xodim ishdan chetlatilgan davr uchun unga ish haqi hisoblanmasligi qayd etilgan.

    Bundan kelib chiqadiki, hozircha yuqoridagi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmagan ekan, ayni vaqt har qanday holatda ham majburiy emlash qonunga zid… Agar zid bo‘lmasa, nega unda deputatlar yarim yillab ko‘rib chiqilishini kutayotgan hujjatlarni ortga surib, mazkur loyiha ustida bosh qotirmoqda?

    Quyi palata izohida shunday deyilgan: “Bu bilan hammani majburiy emlash joriy etilmayapti. Gap ma’lum bir toifadagi ishchi-xodimlarning vaksina olishi haqida ketyapti. Bu toifa vakillari (14 toifa) matbuotda e’lon qilingan”.

    Yuqoridagilar kelib chiqib, “Gazeta.uz” ombudsman Feruza Eshmatovaga bir nechta savollar bilan murojaat qildi.

    — Inson huquqlari himoyachisi sifatida sizningcha, majburiy emlashni joriy etish ortidan fuqarolarning haq-huquqlari buzilmayaptimi?

    — Ushbu savolga “bu inson huquqlarining poymol etilishi yoki aksincha” deb javob berishdan avval, dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan COVID-19 bilan ular qanday kurashayotganliklari hamda qonunchiligimizga majburiy vaksina olish bo‘yicha tegishli normalarning kiritilishi zaruriyati va fuqarolar salomatligiga qanchalik darajada xavf solayotganini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.

    “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida”gi Xalqaro paktning 12-moddasiga ko‘ra, paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishining jismoniy va ruhiy salomatlik jihatdan oliy darajaga yetishi huquqini e’tirof etishi belgilangan.

    Ushbu paktda ishtirok etuvchi davlatlar ko‘rishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

    • o‘lik go‘daklar tug‘ilishini va bolalar o‘limini qisqartirish hamda bolalarning sog‘lom rivojlanishini ta’minlash;
    • tashqi muhitning hamma jihatlarini va sanoatda mehnat gigiyenasini yaxshilash;
    • yuqumli, endemik, kasbiy va boshqa kasalliklar oldini olish, davolash hamda ularga qarshi kurashish;
    • kasal bo‘lgan hollarda hammaga tibbiy yordam ko‘rsatish va tibbiy parvarishni ta’minlaydigan sharoit yaratish.
    Shu o‘rinda, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi (IHBES) yaqinda, ya’ni joriy yilning 8-aprel kuni yosh bolalarning majburiy emlanishini demokratik tamoyillarga muvofiqligi haqida qaror qabul qildi.

    Chexiyada istiqomat qiluvchi bir guruh ota-onalar tomonidan IHBESga maktabgacha ta’limgacha yoshidagi farzandlarini majburiy emlanishi Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasining 8-moddasiga (shaxsiy va oilaviy hayotning hurmat qilinishi huquqi) zid ekanligini ta’kidlashgan.

    Sud bolalarni majburiy emlash, garchand Yevropa konvensiyasiga zid bo‘lsa-da, demokratik jamiyatda zarur deb hisoblanishi mumkinligi, shu bilan birga Chexiyada bolalar huquq va manfaatlari e’tiborga olinishini ta’kidlagan. “Maqsad — har bir bolani xavfli kasalliklardan emlash yoki jamoaviy (kollektiv) immunitet orqali himoya qilishdir” deyiladi qarorda.

    Ushbu qaror COVID-19 pandemiyasi davrida emas, balki boshqa kasalliklarga qarshi emlanishi bo‘yicha 2013−2015-yillar ko‘tarilgan bo‘lsa-da, lekin pandemiya davri uchun ham o‘z aktualligini saqlab qolmoqda.

    — Xorij davlatlari ham shu yo‘ldan boryaptimi yoki ularda yondashuv boshqachami?

    — So‘zimizning tasdig‘i sifatida xorijiy mamlakatlardagi holat va yangi tartiblarga to‘xtalsak. Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mett Henkok joriy yilning iyun oyidagi chiqishida, ayrim toifadagi fuqarolar uchun COVID-19’ga qarshi emlanish majburiy ekanligi va bu bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish kiritilishini ta’kidlagan.

    Fransiya, Kanada, Gretsiya, Avstraliya, Indoneziya, Italiya, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar ham COVID-19’ga qarshi jamiyatning ayrim kategoriyadagi fuqarolarni majburiy emlanishi yo‘lidan borishmoqda.

    Biz yuqorida sanab o‘tgan davlatlarning barchasi odamlar bilan doimiy muloqotga kirishuvchi kategoriyalarni aniqlab, agar ular COVID-19 bilan og‘risa boshqa shaxslarga ham yuqtirishi mumkinligi nuqtayi nazaridan majburiy emlash amaliyotini tanlashgan.

    Sodda qilib aytganda, agar men kasal bo‘lsam, atrofimdagilarga ham yuqtirishim mumkin. Aksincha vaksina olganim uchun virus menga yuqmasa, boshqalarni ham zararlamayman.

    Ko‘plab davlatlar tajribasida qo‘llanilayotgan majburiy vaksina tartiblari “Bir insonning huquq va erkinliklari boshqa bir insonning erkinligiga daxl qilmasligi zarur” degan g‘oyaga asoslangan.

    Qolaversa, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda xalqaro ekspertlar koronavirusga qarshi kurashish va uning yangi to‘lqinlarini oldini olish ommaviy vaksinatsiya orqali muvaffaqiyatli tashkil etilishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

    — Avval qaror qabul qilinib, undan keyin (oradan 11 kun o‘tib) deputatlar emlashni majburiy qilishga oid qonun loyihasini ko‘rib chiqishdi. Inson huquqlari buzilishi nuqtayi nazaridan ushbu holatga huquqiy baho bera olasizmi?

    — “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida” qonunining 3-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, o‘z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qonunchilik palatasi deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud hamda bosh prokuror qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.

    Shuningdek, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 20-moddasida fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart deb belgilangan.

    “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasiga asosan, sog‘liqni saqlash sohasida inson huquqlariga rioya qilinishi, aholining barcha qatlamlari tibbiy yordamdan bahramand bo‘la olishi, profilaktika chora-tadbirlarining ustunligi, sog‘lig‘ini yo‘qotgan taqdirda fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishi fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlashning asosiy prinsiplaridan hisoblanadi.

    Majburiy emlash amaliyoti orqali mamlakatimizda ham xorijiy davlatlar tajribalariga mos ravishda, kasallikka qarshi jamoaviy immunitetni shakllantirish orqali kurashilmoqda. Agar siz biror-bir kishiga kasallik yuqtirsangiz, uning ko‘chaga chiqish, o‘qish, ishlash, to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotga kirishish imkoniyatlari vaqtincha cheklanadi. Ushbu vaziyatda virus surunkali kasalliklar tufayli kuchsiz yoki immuniteti past insonlarga yoki katta yoshdagi insonlarga yuqsa, buning oqibati o‘lim bilan ham tugashi mumkin.

    Nazarimda, aholimiz ushbu normaning amaliyotga noto‘g‘ri talqin qilinishidan, immuniteti past yoki biror-bir kasallik bilan og‘rigan bo‘lishiga qaramay, yoppasiga barchani emlashlari mumkinligi yoki vaksina olish mumkin bo‘lmagan hollarda xodimlarni ishdan bo‘shatib yuborish holatlari kuzatilishidan cho‘chishmoqda.

    Shuning uchun ham targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirib, majburiy vaksinani olish mumkin bo‘lmagan hollarda qanday chora-tadbirlar ko‘rilishi kerakligi kabi masalalarga ham e’tibor qaratish zarur.

    — Majburiy emlash vaqtida faqat bir turdagi vaksina mavjudligi vaziyatida aholining tanlov huquqi buzilmayaptimi?

    — Vaksina tanlovi masalasiga kelsak, fuqarolarga vaksinalar haqida to‘liq ma’lumot berib, tanlash imkonini yaratish maqsadga muvofiq.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 28-iyulga kelib O‘zbekistonda jami 6 982 431 doza vaksinadan foydalanilgan bo‘lib, emlanganlar soni 4,5 million kishiga yaqinlashdi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-iyul kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistondagi epidemiologik holat yomonlashganini qayd etib o‘tib, aholini COVID-19’ga qarshi emlanishga chaqirdi. “Vaksina olganlar shifoxonadan to‘rt kunda chiqyapti, emlanmaganlarga esa juda og‘ir bo‘lyapti. Ha, vaksina olgandan keyin kasallanish mumkin, lekin kasallik yengil formada kechyapti”, — dedi davlat rahbari va hokimlarga vaksinatsiya bo‘yicha ishlarni qattiqqo‘llik bilan nazoratga olishni topshirganini ham ta’kidlab o‘tdi.

    Mavzuga doir:

    • “Hukumat emlanmaganlarning erkini cheklashi kerak” — Alisher Qodirov
    • Nurmat Otabekov: Majburiy emlanishdan asossiz bosh tortgan 14 toifadagi xodimlarga qanday jazo qo‘llanishi ko‘rib chiqilmoqda
    • Nurmat Otabekov: “O‘zbekistonda 6 milliondan ortiq kishi vaksina qabul qildi, reja — 21 million nafar”
    • “Hali ham odamlarimiz vaksinaga ishonmayapti”. Shavkat Mirziyoyev aholini koronavirusga qarshi emlanishga chaqirdi

    29.07.2021, 14:34   Izoh (0)   26449
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryoda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit boshqaruvidagi “Volga” YTHga uchradi. Mashina ichida bo‘lgan 14 yoshli yigit voqea joyida vafot etgan

    29.07.2021, 14:10

    Markaziy bank asosiy stavkani yana o‘zgarishsiz, yillik 14 foiz darajasida qoldirdi

    29.07.2021, 13:57

    Andijonda Damas va ikkita Nexia ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 26 yoshli yo‘lovchi halok bo‘ldi

    29.07.2021, 13:33

    “Bu rejalar — tom ma’noda inqilobiy qadam”. Shavkat Mirziyoyev Olmaliqdagi yangi mis boyitish fabrikasi salohiyati haqida

    29.07.2021, 13:09

    Foto: Qashqadaryoda kuchli shamol sabab tomlar uchdi, yuzlab xonadonlar elektrsiz qoldi

    29.07.2021, 12:47

    Qozog‘istonda ichida sakkiz nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan Toyota YTHga uchradi. Bir kishi vafot etdi

    29.07.2021, 12:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Sistit — bu uyat emas!


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada suv toshqinlaridan halok bo‘lganlar 151 kishiga yetdi

    Dunyo | 1 iyun, 00:10

    BMT yadro agentligi: Eron uran zaxiralarini ko‘paytirmoqda

    Dunyo | 31 may, 23:50

    Jizzaxda 667 mln so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:35

    Kelgusi hafta avvalida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:10

    Yomg‘ir suvini elektr energiyasiga aylantirish yo‘li topildi

    Dunyo | 31 may, 22:55

    Bolalar ombudsmani Magic City’da suitsid sahnasi namoyish etilgani yuzasidan izoh berdi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:35

    Namangan va Toshkentda yarim mlrd so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:15

    Mayk Tayson raqibining oyog‘ini tishlab olgan, WBC prezidentiga tupurgan va jurnalistni haqorat qilgan matbuot anjumani haqida

    Boks | 31 may, 22:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.