• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bu rejalar — tom ma’noda inqilobiy qadam”. Shavkat Mirziyoyev Olmaliqdagi yangi mis boyitish fabrikasi salohiyati haqida

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining yangi mis boyitish fabrikasi qurilishini boshlash marosimida nutq so‘zlamoqda. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi arafasida ezgu niyatlar bilan mana shunday ulkan loyihani amalga oshirishga kirishmoqdamiz. Bu muhim voqea nafaqat ushbu kombinat hayotida, balki mamlakatimiz sanoati tarixida yangi davr boshlanayotganidan yaqqol dalolat beradi”, — deydi davlat rahbari.

    Ma’lum qilinishicha, kombinat tashkil etilganidan buyon o‘tgan 70 yillik davr mobaynida bu yerda 1,5 milliard tonna ruda qazib olinib, 6 million tonnadan ortiq mis, 3,5 ming tonna kumush va 850 tonna oltin ishlab chiqarilgan.

    Bugungi kunda qariyb 40 ming nafar ishchi-xizmatchi mehnat qilayotgan Olmaliq kombinati mamlakat sanoatining chinakam lokomotivlaridan biriga aylangan. Respublikada ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining 7 foizi, eksport hajmining 15 foizi kombinat hissasiga to‘g‘ri keladi.

    Shuningdek, davlat budjetiga tushadigan jami daromadlarning 8 foizini aynan ushbu korxona ta’minlaydi. Ayniqsa, keyingi yillarda kombinat faoliyati yuksak darajaga ko‘tarilib, mis ishlab chiqarish hajmi 1,5 barobarga ko‘paygan va 150 ming tonnaga yetkazilgan.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev amalga oshirilayotgan loyihaning ahamiyatiga alohida to‘xtalgan: “U Toshkent viloyatining Qurama tog‘lari bag‘ridagi boy xomashyo zaxirasiga ega bo‘lgan konlar hisobidan kombinatning uzoq yillar samarali va barqaror faoliyat ko‘rsatishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

    O‘tgan uch yil mobaynida kombinat konlarida umumiy uzunligi 206 ming metr bo‘lgan 475 ta quduq burg‘ulandi. Xalqaro miqyosda tan olingan xorijdagi laboratoriyalarda ushbu konlar rudasining 100 mingdan ortiq namunalari kimyoviy tahlillar asosida chuqur o‘rganildi. Ana shunday ilmiy tadqiqotlar natijasida, xalqaro baholash mezonlariga ko‘ra, bu yerdagi misning yalpi zaxirasi – mana shu raqamlarga alohida e’tibor berishingizni so‘rayman – 45 million tonnani, oltin zaxirasi esa 5 ming tonnadan ziyodni tashkil etishi aniqlandi.

    Bu raqamlar esa dunyodagi eng yirik, noyob oltin va mis konlari aynan mana shu hududda joylashgan deb aytish uchun to‘la asos bo‘la oladi.

    Shuningdek, bu yerda qazib olinayotgan ruda tarkibida kumush, molibden, selen, tellur, reniy va boshqa nodir metallar borligi ham aniqlangan. 2030-yilga borib mis mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj kamida 40 foizga ortishi prognoz qilinmoqda. Ishonch bilan aytish mumkinki, Olmaliq kombinati ishlab chiqaradigan mahsulotlarga xalqaro talab uzoq yillar davomida saqlanib qoladi.

    Ana shu holatni hisobga olib, 2017-yilda ‘Yoshlik-1’ konlari kompleksini o‘zlashtirish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlagan edik.

    O‘tgan 4 yil mobaynida barcha zarur geologik tadqiqotlar va 83 million kub metrdan ortiq hajmdagi qazish ishlari bajarildi. Mana endi, dastlabki bosqichda qiymati 2 milliard dollar bo‘lgan yangi uchinchi mis boyitish fabrikasini qurishni boshlayapmiz”.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari qurilishi boshlanayotgan yangi fabrikaning salohiyati haqida ham to‘xtalib o‘tib, ushbu korxona 2024-yilga borib yiliga 60 million tonna rudani qayta ishlash imkonini berishini, ikkinchi bosqichda esa quvvatlar 160 million tonnaga yetishi yoki bugungi ko‘rsatkichdan 3 barobarga ko‘payishini ta’kidlagan.

    “Ana shu ikki bosqichni amalga oshirish tufayli korxona 2028-yilga borib yiliga 400 ming tonna mis, 50 tonna oltin va 270 tonna kumush ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Shu tariqa Olmaliq kombinati tog‘-kon metallurgiyasi sohasida dunyodagi eng yirik sanoat majmualaridan biriga aylanadi. Pirovard natijada kombinat ishlab chiqaradigan mahsulotlar hajmi 3 martadan ziyod ko‘payib, uning qiymati hozirgi 2,5 milliard dollardan qariyb 8 milliard dollarga yetadi.

    Loyiha doirasida 11 mingta yangi yuqori texnologik ish o‘rinlari yaratiladi. Bu esa yosh yigit-qizlarimiz uchun geolog, muhandis, texnolog, loyihachi, dasturchi va boshqa zamonaviy kasb-hunarlarni egallash imkonini beradi. Bu ulug‘vor rejalar – tom ma’noda inqilobiy qadam, desak, to‘g‘ri bo‘ladi”, — deya qayd etgan Shavkat Mirziyoyev.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining “Yoshlik-1” konini borib ko‘rdi

    29.07.2021, 13:09   Izoh (0)   12249
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Qashqadaryoda kuchli shamol sabab tomlar uchdi, yuzlab xonadonlar elektrsiz qoldi

    29.07.2021, 12:47

    Qozog‘istonda ichida sakkiz nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan Toyota YTHga uchradi. Bir kishi vafot etdi

    29.07.2021, 12:36

    Burger King tezkor ovqatlanish restoranlari tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirmoqda

    29.07.2021, 12:23

    Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining “Yoshlik-1” konini borib ko‘rdi

    29.07.2021, 11:43

    Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Janubiy Koreyaga boradi

    29.07.2021, 11:12

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 4,5 mln kishiga yaqinlashdi

    29.07.2021, 10:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.