• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda jazirama avjiga chiqqan kunlarda Nefrit ko‘li qurib qolgani aytildi. Xavotirga o‘rin yo‘q, chunki u har yili quriydi

    “O‘zgidromet” markazi iyul oyi boshida 3—8-iyul kunlari butun O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha sutkalik havo harorati ko‘p yillik iqlimiy me’yordan 5—8 daraja yuqorilashi, oddiy qilib aytganda, kunlar o‘tgan yillardagidan ko‘ra issiqroq bo‘lishi haqida ogohlantirgan edi. Markazning bu prognozi tasdiqanib, birgina Toshkent shahrining o‘zida 5, 7 va 8-iyul kunlari 150 yillik rekordlar yangilandi.

    Tog‘lar orasidagi Yuqori Urung‘och ko‘li.

    Tog‘lar orasidagi Yuqori Urung‘och ko‘li.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Aynan 5-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridan 160 kilometr shimolda, Ugom-Chotqol milliy bog‘ida joylashgan Nefrit (Urung‘och) ko‘li qurib qolgani haqidagi videoxabarlar tarqaldi. Poytaxt aholisi jaziramadan qayerda saqlanishni bilmay, tog‘larga chiqib ketishni (“qochib ketish”ni deb o‘qisa ham bo‘ladi) xohlab turgan vaqtda tarqalgan bu xabar issiqning his qilinish darajasini yanada oshirgandek bo‘ldi, go‘yo.

    Ammo xavotirga (hozircha) o‘rin yo‘q. Avvalo, “Nefrit ko‘li qurib qolibdi” deyish unchalik ham to‘g‘ri emas. To‘g‘ri, videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suv havzasi haqiqatan ham qurigan, lekin bu 2021-yilgi kuchli jazirama oqibati emas — Davlat ekologiya qo‘mitasi yer-suv bo‘limi boshlig‘i Nodir Yo‘ldoshev “Daryo” muxbiri bilan suhbatda Urung‘och nomli ko‘l bitta emasligini, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda aks etgan Kichik Urung‘och ko‘li har yili qurishini ma’lum qildi.

    Ko‘l butunlay qurib qolmagan, oz miqdorda suv bor. Bunga hech qanday tabiiy ofat yoki inson omili sababchi emas, bu mavsumiy holat. Qishda tushgan qor darajasi ko‘ldagi suv sathiga ta’sir qiladi — agar qor ko‘p yog‘sa, ko‘lning mavsumiy qurish muddati avgustga surilishi mumkin. Bu yil qor kam yog‘di, shuning uchun qurish erta boshlandi. Suv sathi, taxminan, kelasi yil aprelida o‘z holiga qaytadi, — deydi Nodir Yo‘ldoshev (darvoqe, uning o‘zi aynan Urung‘och yaqinidagi qishloqda tug‘ilib, o‘sgan).
    Yo‘ldoshevning so‘zlarini uning hamkasbi Barakabek Nurullayev ham tasdiqladi. “Kichik Urung‘och aslida mavsumiy ko‘l bo‘lib, suv sathi aprel—may oylarida ko‘tarila boshlaydi, iyunda o‘zining maksimal nuqtasiga chiqadi. Ko‘l qurishining asosiy sababi — yoz mavsumida muzliklarning kamayishi hamda ko‘ldagi suvning pastki suv oqimlariga shimilib ketishidir”, — deydi viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i “Zamon” informatsion dasturiga bergan intervyusida.

    Kichik Urung‘ochdan, taxminan, 3—4 kilometr yuqorida Yuqori Urung‘och ko‘li joylashgan — u qurimaydi, yil bo‘yi suv bilan to‘la. Kichik Urung‘och darajasida shaffof bo‘lmasa-da, lekin u ham “Nefrit ko‘l” nomiga da’vogar. “Zamon” muxbirlari suhbatlashgan sayyohlar ham buni tasdiqlaydi. Ulardan biri: “Ta’riflashga til ojiz”, — desa, boshqasi: “Shunday chiroyli ko‘l borligini bilmagandik, O‘zbekistonda boshqa bunaqa chiroyli joyni ko‘rmaganman”, — deydi.

    Yuqori Urung‘och ko‘li manzaralari.

    Yuqori Urung‘och ko‘li manzaralari.
    Foto: Feruz Ibodullayev / National Geographic Russia

    Barakabek Nurullayevning qo‘shimcha qilishicha, Urung‘och ko‘llariga tashrif buyuruvchilar soni ko‘payishi 2017-yildan boshlangan. “Hozirgi vaqtda nafaqat O‘zbekistonning turli hududlaridan, balki xorijiy mamlakatlardan ham kelib, ko‘lni ko‘rish istagidagilar ko‘p. 2021-yil iyunida bir kunda 1800 nafar sayyoh Urung‘ochga kelgani qayd etilgan — bu tashrifchilar soni bo‘yicha kunlik rekord”, — deydi u.

    Mazkur ko‘llar davlat muhofazasiga olingan, shunga qaramay unda cho‘milishga biror taqiq yo‘q. Lekin cho‘milishdan avval yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak: suvdagi harorat 5—8 daraja atrofida bo‘lib (bu juda sovuq, degani), shu sababli ham mazkur suv havzalarida biror jonzot yasholmaydi. Ko‘lga “kalla tashlab” ko‘rganlarning aytishicha, “suv shu qadar sovuqki, suyaginggacha his qilasan, miya o‘chib qoladi”.

    Kichik Urung‘och ko‘liga “kalla tashlayotgan” sayyoh, 2017-yil.

    Kichik Urung‘och ko‘liga “kalla tashlayotgan” sayyoh, 2017-yil.
    Foto: “Afisha.uz”

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda Urung‘och ko‘llari kabi go‘zal suv havzalari oz emas — Urung‘ochdan sharq tomonga qarab, yuqoriroq harakat qilinsa, Ixnach ko‘llar tizimi va Shovurko‘lga borish mumkin (baxtga qarshi, mashinada borib bo‘lmaydi u yerlarga), Namangan viloyatidagi mashinada borish mumkin bo‘lgan Arashan ko‘llar tizimi ham maftunkorlik borasida Chotqoldagilardan qolishmaydi.

    25.07.2021, 20:14   Izoh (0)   48955
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Urgutdagi janjalning yana bir ishtirokchisi aniqlandi. Uni Rossiyadan keltirish choralari ko‘rilmoqda

    25.07.2021, 19:34

    Ulug‘bek Rashidov finalda britaniyalik raqibini taslim qilib, O‘zbekistonga Tokio—2020 Olimpiadasidagi ilk oltin medalni taqdim etdi

    25.07.2021, 18:01

    Shavkat Mirziyoyev chet eldagi vatandoshlar O‘zbekistonning davlat xizmatlaridan onlayn foydalana olishlarini ta’minlash haqida topshiriq berdi

    25.07.2021, 17:11

    O‘zbekistonda “zagranpasport” 20 foizga arzonlashadi

    25.07.2021, 16:10

    O‘zbekistonda 2022-yildan aholi va tadbirkorlardan 15 turdagi hujjat va ma’lumotlarni so‘rash tartibi bekor qilinadi

    25.07.2021, 15:09

    Yashnoboddagi do‘konda sotuvchiga pichoq tirab, kassadagi pullarni o‘marib ketgan to‘rt shaxsdan ikkitasi qo‘lga olindi

    25.07.2021, 13:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda chivinlar tashiydigan yuqumli kasallikka chalinish ortdi

    Dunyo | 4 avgust, 02:25

    Hindistonda kamida 14 kishi avtomobilda kanalga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 23:35

    Afg‘oniston va O‘zbekiston tadbirkorlari 20 mln dollarlik memorandum imzoladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 23:27

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.