• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Vyetnam bir yil davomida koronavirusga qarshi kurashda eng yaxshi natija ko‘rsatib keldi. Ammo hozir mamlakatda kasallanish holatlarining eksponensial o‘sishi kuzatilmoqda, emlanganlar esa juda kam

    Vyetnamda so‘nggi haftalarda koronavirusga chalinish holatlari bo‘yicha eksponensial o‘sish kuzatilmoqda. Vyetnam pandemiya boshidan to yaqin vaqtgacha kasallik tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishayotgan mamlakatlardan biri edi, deb yozadi Meduza.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Vyetnam koronavirus birinchi bo‘lib tarqalgan Xitoy bilan chegaradosh, shuning uchun mamlakatda kasallikka chalinish bo‘yicha dastlabki holatlar 2020-yil 23-yanvarda — Yevropaga qaraganda ancha oldin paydo bo‘lgan.

    Fevral oyida, butun dunyoda kasallanish holatlari hali sanoqli darajada bo‘lgan paytda, Vyetnam hukumati Xitoydan keluvchilarning mamlakatga kirishini chekladi, pandemiya boshlanganda esa chegaralarni butunlay yopib qo‘ydi. Aksariyat mamlakatlar singari Vyetnam hukumati ham ommaviy testlarga emas, balki kasallanganlar va chet eldan kirib kelganlar bilan muloqotda bo‘lgan odamlarni qidirib topish hamda virus yuqtirish xavfi bo‘lgan odamlar uchun karantin belgilash choralariga tayangan.

    2020-yil aprel oyida mamlakatda 85 mingdan ortiq odam karantin holatida bo‘lgan, vaholanki, o‘sha paytda infeksiya hali sanoqli odamlarda tasdiqlangan edi. Virus alomatlari bor kishilar bilan bir qatorda ular bilan aloqada bo‘lganlarning hammasi karantin ostiga olingan.

    Bundan tashqari, rasmiylar gigiyena tadbirlarini targ‘ib qilish, niqob taqish va ijtimoiy masofa saqlash rejimiga e’tibor qaratdi.

    O‘z vaqtida qabul qilingan mazkur chora-tadbirlar Vyetnamga butun mamlakat bo‘ylab karantin joriy qilish va virusning nazoratsiz tarqalishidan yiroq bo‘lish imkonini berdi. Hukumat faqat bir nechta mahalliy lokdaunlar bilan cheklandi.

    Natijada 2021 yil martiga kelib — pandemiya boshlanganidan bir yil o‘tgach, 100 million aholi yashaydigan mamlakatda kasallanishning bor-yo‘g‘i ikkita kichik mahalliy o‘chog‘i kuzatilgan, ularda kuniga bir necha o‘nlab kishilarda infeksiya qayd etilgan: qolgan vaqtlarda kasallanish holatlari sanoqli bo‘lgan.

    Vyetnamda pandemiyaning birinchi yilida jami 2,5 mingga yaqin odam COVID-19 yuqtirib oldi, bir necha o‘nlab bemorlar vafot etdi.

    Mamlakatda kasallikning keskin o‘sishi 2021-yil may oyining birinchi yarmida boshlandi, bir kunda o‘nlab, keyinroq yuzlab odamlarda infeksiya qayd etila boshladi. May oyi oxirida rasmiylarning ma’lum qilishicha, koronavirusning mamlakatda tarqalayotgan varianti delta va alfa shtammlarga o‘xshaydi —shu sababli kasallikning yuqish tezligi ortmoqda.

    Iyun oyi oxiridan virus aholi zich joylashgan Xanoy va Xoshimin shaharlarida yoyila boshlagach, kasallanish darajasi eksponensial tarzda o‘sa boshladi, infeksiya yuqtirish holati har olti-yetti kunda ikki baravar ko‘payishni boshladi: 22-iyun kuni 252 ta holat, 30-iyunda – 545 ta, 6-iyulda – 1029 ta, 12-iyulda – 2187 ta. 14-iyul kuni esa 2830 kishida kasallik qayd etilib, rekord o‘rnatildi.

    Mamlakatda virusga qarshi kurashish uchun aholini ommaviy testlardan o‘tkazish boshlandi. Vyetnamning aholi zich joylashgan eng yirik shahri Xoshiminda virus tez tarqalmoqda. Hozir shaharda faqat ruxsatnoma asosida harakatlanish mumkin, kafe va restoranlar yopiq, ulardan ovqat yetkazib berish ham taqiqlangan. Boshqa ko‘plab shaharlarda, jumladan, Xanoyda ham turli xil darajadagi hududiy lokdaunlar o‘rnatilgan.

    Virus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat Vyetnamda emlanganlar sonining juda kamligi bilan murakkablashmoqda — aholining 4 foizdan kamrog‘i koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi komponentini olgan, 1 foizdan kam odam to‘liq emlangan. Vaksinaning dastlabki partiyasi (Vyetnamda, asosan AstraZeneca qo‘llaniladi) mamlakatga mart oyida yetkazib berildi, ammo ommaviy vaksinatsiya kasallik o‘sishi bilan iyun oyining o‘rtalariga kelib boshlandi. Hozir Vyetnamda kuniga bir necha yuz ming kishi emlanmoqda.

    Mavzuga doir: Singapur koronavirusni oddiy grippga aylantirish rejasini ishlab chiqdi. Bu qanday amalga oshiriladi?

    16.07.2021, 20:41   Izoh (0)   13839
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkiya kompaniyasi Bishkekda yerusti metrosi qurishni rejalashtirmoqda

    16.07.2021, 19:40

    Eyfel minorasiga faqat emlanganlar kiritiladi, JSST koronavirus Xitoydagi laboratoriyada paydo bo‘lganini istisno qilmadi. Koronaxabarlar

    16.07.2021, 18:09

    BMT Afg‘onistondagi vaziyat tufayli qochqinlarning yirik oqimi paydo bo‘lishidan xavotirda

    16.07.2021, 17:26

    Germaniyada suv toshqini tufayli 80 kishi halok bo‘ldi, 1,3 ming kishi bedarak yo‘qoldi

    16.07.2021, 15:11

    Qirg‘iziston Tojikistonga qochib o‘tgan afg‘onistonlik qirg‘izlarni qabul qilishga tayyorligini bildirdi

    16.07.2021, 12:25

    MDH mamlakatlari bir-birlarining COVID-sertifikatlarini tan olishni boshlashi mumkin

    16.07.2021, 11:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47

    Suriya mudofaa vazirligi va AQSH dastagidagi kurdlar mamlakat shimolida yuz bergan to‘qnashuvda bir-birini aybladi

    Dunyo | 3 avgust, 17:24

    Estoniya Rossiya bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirdi

    Dunyo | 3 avgust, 16:47

    Rossiya Xitoydan yuk mashinalari importini taqiqladi

    Dunyo | 3 avgust, 16:40

    “Tottenhem” Son Hyon Minning o‘rnini “Real” futbolchisi bilan to‘ldirmoqchi

    Sport | 3 avgust, 16:12

    “Toshkent—Sharqiy” aeroporti qurilishi sentyabrda yakunlanishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 3 avgust, 16:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.