• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    The Guardian: 2016-yilda Putin shaxsan Rossiya maxsus xizmatidagilarga Trampni saylovlarda qo‘llab-quvvatlashni buyurgan. Kreml bu gaplarni “ajoyib jinoiy asar” deb atadi

    Buyuk Britaniyaning The Guardian nashri 2016-yil boshida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donald Trampni AQShdagi prezidentlik saylovlarida qo‘llab-quvvatlash maqsadida maxsus josuslik operatsiyalarini o‘tkazish haqida ko‘rsatmalar berganini xabar qildi. Nashr bu haqda Kremldagi axborot sizdirilishi oqibatida oshkor bo‘lgan hujjatlar orqali xabar topgan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Britaniya gazetasining qayd etishicha, 2016-yil 22-yanvar kuni Kremlda Rossiya xavfsizlik kengashining mazkur masala muhokamasiga bag‘ishlangan muhim yig‘ilishi o‘tkazilgan. Unda Putin, yuqori lavozimdagi vazirlar, Rossiya maxsus xizmatlarining rahbarlari ishtirok etgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, shu kuni haqiqatdan ham Xavfsizlik kengashining majlisi o‘tkazilgan, ammo tadbirda mamlakat ichidagi masalalar, Moldova hamda dunyo bozoridagi vaziyat muhokama qilingan.

    Yig‘ilish ishtirokchilari Rossiya prezidenti boshqaruvidagi ekspertlar boshqarmasining Moskvaga qarshi AQSh sanksiyalariga javob harakatlari bo‘yicha hisobotini o‘rgangan. Hujjatda Donald Tramp AQSh prezidentligi uchun asosiy va nisbatan munosib nomzod deb yozilgan, barcha kuchlarni safarbar etib, uni saylovlarda qo‘llab-quvvatlash, saylovlarda g‘alaba qozonishi uchun harakat qilish zarurligi ta’kidlangan. Shuningdek, mazkur harakatlar AQShda ijtimoiy beqarorlikni yuzaga keltirish hamda mazkur mamlakat prezidentining muzokaralardagi pozitsiyasini kamaytirish uchun amalga oshirilishi nihoyatda muhim ekani qayd etilgan.

    Hisobot mualliflari Trampga “psixik jihatdan beqaror, ixtiyorsiz, past darajadagi kompleksga ega muvozanatdan tez chiquvchi, amalda konservativ qarashlar bilan cheklanadigan shaxs” deya tavsif bergan.

    The Guardian sizdirilgan hujjat Kremlda Tramp haqida boshqa shaxsiy ma’lumotlar bo‘lganligini tasdiqlashi haqida yozgan. Hisobotda Tramp Rossiyada bo‘lgan vaqtlaridagi aytim vaziyatlar qalamga olingan. Gap qaysi hodisalar haqida ketayotgani mavhum, tafsilotlar hisobotga ilova qilingan, biroq jurnalistlar bu boradagi ma’lumotlarni qo‘lga kirita olmagan.

    The Guardian o‘sha vaqtda Vladimir Putin hamda razvedka idoralarining boshqa rahbarlari yig‘ilish yakunida AQSh prezidentligi saylovlariga aralashish rejasini tayyorlab qo‘ygan deb hisoblamoqda. Nashr ushbu uchrashuvdan keyin Rossiya prezidenti AQShga qarshi javob harakatlarini amalga oshiradigan komissiya tuzish haqida farmonni imzolaganini taxmin qilgan. Qayd etilishicha, G‘arb maxsus xizmatlari mazkur hujjatlardan xabardor bo‘lgan va ularni diqqat bilan o‘rganib chiqqan.

    Nashr mamlakat harbiy razvedkasi uchun javobgar — Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning komissiya raisi bo‘lganini aniqlagan. Shoyguga bo‘linma va xizmatlar ishini muvofiqlashtirish, axborotni to‘plash hamda tizimlashtirish, shuningdek, obyektning axborot muhitiga ta’sir ko‘rsatish tadbirlarini (kiberhujumlar ekani taxmin qilingan) tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar berilgan. Tashqi razvedka xizmati komissiya uchun qo‘shimcha axborot to‘plashi, Federal xavfsizlik xizmati esa kontrrazvedka ishlari bilan shug‘ullanishi belgilangan. Idoralarga bir hafta ichida, 2016-yil 1-fevralgacha saylovlar jarayoniga aralashish yuzasidan aniq takliflar berish vazifasi yuklangan.

    Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov The Guardian e’lon qilgan mazkur materialga izoh berar ekan ushbu maqolaga “ajoyib jinoiy asar” deb ta’rif berdi. Jurnalistlar bu borada Donald Trampning rasmiy izohini olishning uddasidan chiqmagan.

    Avval AQSh hukumati Rossiyaning 2016-yildagi saylovlarga aralashganligi bo‘yicha tergov ishlarini olib borgan. Ishni o‘rgangan maxsus prokuror Robert Myuller Rossiyaning saylovlar jarayoniga aralashgan, lekin Donald Tramp va uning shtabi bilan kelishgan holda ish olib bormagan degan xulosaga kelgan. Rossiya vakillari saylovlarga aralashuv bo‘lganini inkor qilib kelmoqda.

    16.07.2021, 08:39   Izoh (0)   16622
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevropadagi suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 50 nafarga yaqinlashdi (foto, video)

    16.07.2021, 08:24

    Fotogalereya: JARda aparteid rejimi qulagandan buyon eng yirik tartibsizliklar boshlandi. Minglab odamlar do‘konlar va bankomatlarni talon-toroj qilmoqda

    16.07.2021, 07:49

    Moskva va Sankt-Peterburgda jazirama, Kanadada harorat deyarli +50, Kuvaytda esa taxminan +70. Nimalar bo‘lyapti? Endi doim shunday bo‘ladimi? Rossiyalik iqlimshun...

    16.07.2021, 07:07

    AQSh Amerika vizasini so‘ragan afg‘onistonliklarni iyul oxirida evakuatsiya qilishni boshlaydi

    15.07.2021, 18:24

    Kichik Jorj Bush Afg‘onistondan Amerika harbiylarining olib chiqilishini xato deb atadi

    15.07.2021, 17:55

    JSST: Dunyoda COVID-19 pandemiyasining uchinchi to‘lqini boshlandi

    15.07.2021, 16:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.