• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Olotdagi maktabning eski binosi buzilishidan ortgan qurilish materiallari OAV aralashuvi bilan egasiga qaytarildi

    Buxoro viloyatining Olot tumanidagi “Qirtay” mahallasida joylashgan 19-maktabning 1965-yilda qurilgan 240 o‘rinli eski binosi foydalanishga yaroqsiz, deya buzilishga tushgan. Ushbu jarayonda qatnashgan fuqaroning “Daryo”ga ma’lumot berishicha, bino buzilishida saqlab qolingan qurilish materiallari birja orqali sotilgan. Biroq maktab direktori qurilish materiallarining homiylik orqali belgilanganidan ortig‘ini o‘zida qoldirgan. Murojaat yuzasidan surishtiruv olib borgan “Daryo” muxbiri ushbu qurilish materiallari direktor oilasiga tegishli bo‘lgan qurilishi yakunlanmagan do‘konda saqlanayotganiga guvoh bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    Qayd etilishicha, Olot tumanidagi 19-maktab o‘qituvchisi Gulchehra Mavlonova 2021-yilning mart oyida maktab direktori lavozimiga tayinlangan. 2021-yil 16-mart kuni maktabning eski binosini buzish bo‘yicha tanlov e’lon qilingan. Tanlovda “Ozod Luqmon” MChJ g‘olib bo‘lib, 18-mart kuni Olot tuman XTB bilan “Xizmatlar ko‘rsatishga oid” shartnoma imzolagan. Shartnoma shartiga ko‘ra, 15 foiz miqdorda oldindan haq to‘lash nazarda tutilgan. Biroq jamiyat rahbari Zafar Bozorov ushbu shartnomaning bahosini nol qiymatda baholab, homiylik hisobidan binoni buzib, qurilish metariallarini ajratib berishni zimmasiga olgan. Va bir necha kishilik ishchilardan iborat brigadasi bilan faoliyat yuritib kelayotgan, biroq rasmiy maqomga ega bo‘lmagan fuqaro Azamat To‘yevga bino “snos”ini sifatli amalga oshirishni topshirgan. Azamat To‘yev 31-martga qadar o‘z brigadasi bilan ishlab, maktabning eski binosini buzgan va hudud maydonini tekislash ishlarini bajargan.

    Foto: “Daryo”

    “Shartnomaga ko‘ra, biz tuman XTBga maktabning eski binosini nol qiymatda buzib, qurilish ashyolarini ajratib berdik. Ishchilar ovqatlanishi va maoshi bilan bog‘liq mablag‘larni ham o‘z zimmamizga oldik. Shunday bo‘ldi ham. Biroq qurilish sohasida brigada tuzib, faoliyat boshlaganimga ko‘p bo‘lmagan. Shuning uchun ishlarimizni hujjatli tartibda amalga oshirishni hali oxiriga yetkazishga ulgurolmaganimiz qiyinchiliklarga duch kelishimga sabab bo‘ldi. Ma’lumki, eski bino buzilgach, o‘z-o‘zidan undan ajratib olingan qurilish xomashyolarini sotish birja orqali amalga oshiriladi. Qurilish xomashyolari yuqori narxda baholangani uchun tanlovda qatnashgan bir nechta firmalar uni sotib olishni rad etdi. Men esa shu orada o‘zimga avvaldan tanish bo‘lgan Romitan tumanidagi ‘Ruslan Ziyokor quruvchi’ korxonasi rahbari Rasul Ramazonov bilan og‘zaki kelishuv asosida ushbu qurilish mollarini o‘zim sotib oldim”, — deydi Azamat To‘yev.

    Foto: “Daryo”

    Ta’kidlanishicha, “Ruslan Ziyokor quruvchi” korxonasi tenderda ishtirok etgan bo‘lsa-da, o‘sha vaqtda qurilish xomashyolarini xarid qilib olish uchun hisob-raqamida yetarlicha mablag‘i bo‘lmagan.

    Foto: “Daryo”

    “Haqiqatan ham mablag‘ni menga tegishli bo‘lgan firma nomidan norasmiy qurilish brigadasi yetakchisi Azamat To‘yev o‘z hisobidan amalga oshirdi. Korxonam orqali birjada belgilangan eng yuqori narx — 7 million 373 ming so‘m mablag‘ evaziga qurilish xomashyolarini xarid qilib oldik”, — dedi Rasul Ramazonov.

    Maktab direktori, XTB mudiri va IIB xodimi.

    Maktab direktori, XTB mudiri va IIB xodimi.
    Foto: “Daryo”

    Korxona rahbarining bildirishicha, sotib olingan eski yog‘och va taxtalar maktabdan olib ketilayotgan jarayonda maktab direktori Gulchehra Mavlonova maktab ta’mirida muammolar ko‘pligini aytib, ushbu materiallarni homiylik asosida qoldirib ketishini so‘ragan. Avvaliga Rasul Ramazonov buni rad etgan. Maktab direktori esa homiylik ko‘rsatishini qayta-qayta so‘ragan. Rasul Ramazonov ayol so‘rayotgani vaji bilan qurilish mollaridan tashqari, bahosi o‘rtacha 5—6 million so‘m bo‘lgan qurilish xomashyolarini ham Azamat To‘yevdan so‘roqsiz homiylik sifatida maktabda qoldirgan va bu haqdagi bayonnomani imzolagan.

    Foto: “Daryo”

    “To‘g‘ri, bu men tomonimdan birovning omonatiga xiyonat sanalishi mumkin, ammo ayolning iltimosi, keyinchalik talabga o‘tishi meni noqulay ahvolda qoldirdi. So‘ngra maktabning ta’mirga zarurati bo‘lgan bitta sinfxona poli hajmini o‘lchab, belgilab berdim. Maktabda qoldiriladigan xomashyolar ro‘yxatini shakllantirib, bayonnomani imzoladim. Ammo mening ishchi guruhim tomonidan olib ketilgan qurilish mollari manzilga yetkazilganida ko‘rib chiqqanimizda, homiylikdan tashqari, qariyb 20 milllionlik ortiqcha yog‘och va taxtalar yashirin ravishda maktab rahbariyati tomonidan ushlab qolinganiga guvoh bo‘ldik”, — deydi Ramazon Rasulov.

    Foto: “Daryo”

    Shundan so‘ng homiylik sifatida qoldirilgan yaroqsiz taxtalardan tashqari, maktab direktorining korxona rahbaridan so‘roqsiz bayonnomada ko‘rsatilganidan ortiqcha saqlab qolingan qurilish ashyolari qismini qaytarib olish muammoga aylangan. Maktab direktori bilan firma rahbari hamda norasmiy quruvchi o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik boshlangan.

    Foto: “Daryo”

    “Men yuridik shaxs emasligimni tan olaman, ammo pul meniki. Maktab direktori har so‘zida o‘g‘lining DXXda faoliyat yuritishi va tuman hokimi bilan yaqin ekanini, yetmagandek, o‘zining beobro‘ligi orqali tuzilgan homiylik shartnomasini ro‘kach qilib, bir necha marta talab qilib kelishimizga qaramay qurilish mollarini qaytarmadi. ‘Nima qilsang, qayerga murojaat qilsang ham men qurilish mollarini qaytarmayman’, deb beoro‘likdan nariga o‘tmadi”, — deydi Azamat To‘yev.

    Gulchehra Mavlonova.

    Gulchehra Mavlonova.
    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, qariyb ikki oy davom etgan ushbu mojarodan tuman hokimi ham xabardor qilingan. Olot tumani hokimi matbuot kotibi Eldor Qobilovga ko‘ra, tuman hokimi, tuman prokurori, shuningdek, tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri maktab direktoridan ushbu mojaroli qurilish xomashyolarini korxonaga qaytarish zarurligini bildirgan. Biroq maktab direktori talabni amalga oshirmagan.

    Qurilishi yakunlanmagan do‘kondagi qurilish materillari.

    Qurilishi yakunlanmagan do‘kondagi qurilish materillari.
    Foto: “Daryo”

    “Mazkur maktabning 210 o‘rinli birinchi o‘quv binosi 2005-yilda, ikki qavatli 300 o‘rinli yangi binosi esa 2015-yilda qurilgan bo‘lib, har ikki bino 2019-yilda to‘liq kapital ta’mirdan chiqqan. Maktab direktori o‘quv binosi va sinfxonalarning ta’mirtalabligi, shuningdek, eski binosi buzilishidan olingan qurilish materiallarini homiylik sifatida saqlab qolinayotgani to‘g‘risida bo‘limimiz bilan kengashmagan. Korxona tomonidan xarid qilingan va homiylikdan tashqari ushlab qolingan ortiqcha xomashyodan direktor maktab qorovulxonasini tiklashni ko‘zlagan ekan, ta’lim tizimida bunday obro‘sizlik yarashmaydi. Bolalar tahsil oladigan dargohda bunday mojaroli xomashyodan foydalanilishiga mutlaqo qarshiman”, — deydi tuman XTB mudiri Farrux Ko‘makov.

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri surishtiruv jarayonida eski bino buzilishidan qolgan qurilish materiallari qayerlarda ishlatilgani va saqlanayotgani bilan qiziqqan. Gulchehra Mavlonova bunga javoban 70 kub metr taxtaning sinfxona poliga yotqizilgani, shuningdek, maktab qorovulxonasini tiklash uchun mo‘ljallanayotgani, u xomashyolar maktab hovlisi hamda shu yaqin hududdagi tadbirkorlardan birining do‘konida saqlab kelinayotganini aytgan. O‘sha qurilishi tugallanmagan bino maktab direktorining turmush o‘rtog‘i G‘ani Maqsudovga tegishli ekani ma’lum bo‘lgan.

    Foto: “Daryo”

    “Qurilish xomashyolarining o‘g‘irlab ketilmasligi uchun qilganmiz bu ishni. Bundan ichki ishlar xodimi Aziz Asadov ham xabardor. Uning guvohligida biz ushbu mollarni shu yerga bosib qo‘yganmiz”, — dedi iddao bilan vaziyatdan chiqishga harakat qilgan maktab direktori.

    Ichki ishlar xodimlari bilan yuzma-yuz suhbatda esa Aziz Asadov maktab direktori vajini rad etdi. Unga qurilish mollari o‘g‘irlab ketilmasligi uchun maktabning birorta sinfida qulflab qo‘yish talabi qo‘yilganini, biroq maktab direktori ularni o‘z oilasiga tegishli do‘konga keltirib, qulflab qo‘yganidan keyingina ichki ishlar xodimlariga ma’lum qilganini bildirdi.

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” surishtiruvi hamda soha mutasaddilari o‘rganuvidan so‘ng ortiqcha saqlab qolingan qurilish xomashyolari “Ruslan Ziyokor quruvchi” korxonasi rahbari Rasul Ramazonovga jo‘natilishi haqida qaror qilingan. Biroq maktab direktori qurilish xomashyolarining olib ketilishiga rozilik bermagan.

    Foto: “Daryo”

    “Ancha tortishuvlardan keyingina homiylikdan tashqari, o‘zimiz birja orqali xarid qilib olganimiz va maktabda ortiqcha miqdorda ushlab qolingan qurilish xomashyolarini kengash tomonidan imzolangan hujjatga asosan, qaytarib olishga erishdik. Holatga odilona yondashgan tuman mutasaddilari, xalq ta’limi tizimi mas’ullari hamda ‘Daryo’ tahririyatiga minnatdorlik bildiramiz”, — dedi Azamat To‘yev.

    15.07.2021, 08:24   Izoh (0)   8901
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda so‘nggi bir yilda 2 mln so‘mdan ko‘p oylik oladiganlar soni ko‘paydi

    15.07.2021, 07:51

    Farg‘onada 50 sotix yerni 25 ming dollarga noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan MChJ boshlig‘i ushlandi

    15.07.2021, 07:07

    Andijonda koronavirusga chalingan bemorga tashxis qo‘yish uchun o‘tkaziladigan kompyuter tomografiyasi xarajatlarining yarmi mahalliy budjetdan to‘lanadigan bo‘ldi...

    15.07.2021, 06:47

    Farg‘onada rashk sabab xotini va uning akasini pichoqlab qo‘ygan erkak 18 yilga qamaldi

    15.07.2021, 06:16

    Ozodbek Nazarbekovga qovun otayotgan vazir, Parijdagi harbiy parad, namoyish etilgan Zolushka tuflisi. 14-iyul suratlari

    14.07.2021, 23:55

    Namanganda Damas bilan to‘qnashgan Labo haydovchisi vafot etdi

    14.07.2021, 23:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.