• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda “Ochiq budjet” portali ishga tushdi. Fuqarolar budjetning bir qismini sarflashda ishtirok etishi mumkin

    O‘zbekiston Moliya vazirligi 9-iyul kuni yangilangan “Ochiq budjet” portalini (“Openbudget.uz”) ishga tushirdi, u yerda davlat budjeti, davlat qarzi haqida ma’lumot e’lon qilinadi va “Tashabbusli budjet” bo‘limi yaratilgan, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.  Hozircha sayt test rejimida ishlamoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Tashabbusli budjetlashtirish yoki partisipator budjetlashtirish — bu aholining budjet mablag‘larining aniq qismlarini sarflash maqsadida tashabbuslarni ilgari surishi orqali mahalliy boshqaruvda to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etishi.

    Prezidentning 2021-yil 13-aprel kunidagi qarori bilan (PQ-5072) fuqarolar budjetni shakllantirish jarayonlarini nafaqat nazorat qilishi, balki budjet mablag‘larini shakllantirish jarayonidan boshlab ularni sarflashda qatnashishi uchun ham imkoniyat yaratilgandi.

    Budjet shakllanishi jarayonida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish maqsadida tuman va shaharlarda tegishli budjetlarning tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish bo‘yicha yangi tartib bosqichma-bosqich joriy etiladi. Hozir ushbu tartib O‘zbekistonning har bir viloyatida bitta tuman yoki shaharda joriy qilingan (jami 14), 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa bu tartib mamlakatning barcha tuman va shaharlarida joriy qilinadi.

    Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun 2021-yilda respublika budjet mablag‘lari hisobidan tuman va shaharlar budjetlariga qo‘shimcha ravishda 92,7 milliard so‘m ajratiladi. Keyingi yildan boshlab ushbu mablag‘lar tuman va shaharlar budjetlari parametrlarida nazarda tutiladi.

    Bundan tashqari, 1-iyuldan boshlab jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga ajratiladigan tuman va shaharlar budjetlari qo‘shimcha mablag‘larining eng kam miqdori 10 foizdan 30 foizga oshiriladi.

    Budjet taqsimotida qanday ishtirok etish mumkin?

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Avvalo, 18 yoshdan katta bo‘lgan tashabbuskor fuqarolar (bir kishi yoki guruh bo‘lib) loyiha taklif qilishlari kerak. Ushbu loyihalar ekspertizadan o‘tkaziladi va saralashdan o‘tadi, keyinchalik esa ommaviy ovoz berishga qo‘yiladi. Eng yaxshi loyihalar moliyalashtiriladi.

    Tumanlar (shaharlar) hokimiyatlari aholini mahalla, OAV, “Ochiq budjet” portali va boshqa manbalar orqali loyiha bo‘yicha ariza topshirishning tasdiqlangan mezonlari va muddatlari hamda boshqa shartlari haqida xabardor qilishlari kerak.

    Loyihalar bo‘yicha arizalarni yilda ikki marotaba topshirish mumkin — fevral va iyul oylarida (2021-yilda 1-iyuldan 1-avgustga qadar).

    Fuqarolar mahalla, aholi punktlari va tumandagi muammolarni hal qilish bo‘yicha loyihalari bilan “Openbudget.uz” platformasi orqali murojaat qilishlari mumkin. Masalan, shahar infratuzilmasini yaxshilash, xiyobonlar, bolalar va sport maydonchalarini qurish, ekologik vaziyat va suv ta’minotini yaxshilash, ko‘cha chiroqlarini ta’mirlash va o‘rnatish, maktablarni ta’mirlash va jihozlash va hokazo. Buning uchun ushbu saytda ro‘yxatdan o‘tib, shaxsiy kabinet orqali formani to‘ldirib yuborish mumkin.

    Loyihalar tumanlarning (shaharlarning) ijtimoiy-iqtisodiy o‘ziga xosligini inobatga olgan holda dolzarb muammolarni yechishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Tashabbuslar shaxsiy manfaatlarni (avtomobil yoki uy sotib olish, biznesni qo‘llab-quvvatlash va boshqalar) hal qilish imkoniyatini istisno qilishi kerak. Loyihani amalga oshirishning umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 4 ming barobaridan oshmasligi kerak (980 million so‘mdan).

    Loyihalarni saralash bilan ishchi komissiya shug‘ullanadi. Uning tarkibiga hokimning birinchi o‘rinbosari (komissiya raisi), qurilish masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari, Xalq deputatlari kengashi vakili, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi rahbari — hokim o‘rinbosari, hokimiyatning moliya bo‘limi boshlig‘i, hokimiyatlar qoshidagi jamoatchilik kengashi va nodavlat notijorat takshilotlar vakillari kiradi.

    Komissiya loyihalarni mezonlarga muvofiqligi bo‘yicha tekshiradi, ularni iqtisodiy va texnik ekspertizadan o‘tkazadi, shuningdek, u yoki bu loyihani tasdiqlash uchun rad javobini ariza topshiruvchiga tushuntirib beradi.

    Keyin ishchi komissiya tanlab olingan loyihalarni jamoatchilik ovoz berishi uchun e’lon qiladi. Loyihalarga 20 kungacha ovoz berish mumkin bo‘ladi. Fuqaro bitta loyiha uchun faqatgina 1 marta ovoz berish huquqiga ega. Eng ko‘p ovoz olgan loyihalar g‘olib deb topiladi. G‘olib loyihalar soni ularni amalga oshirish uchun ajratilayotgan mablag‘dan kelib chiqib aniqlanadi.

    Ovoz berish natijalari asosida tegishli tuman (shahar) hokimining g‘olib loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha qarori loyihasi tayyorlanadi. Bir hafta ichida ushbu loyihalar Xalq deputatlari kengashiga kiritiladi.

    Loyihalarni amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar har bir tuman (shahar) darajasida tuziladigan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”da jamlanadi. 2021-yil 1-iyuldan boshlab fondga mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalaridan 30 foizdan kam bo‘lmagan mablag‘lari, shuningdek, tasdiqlangan xarajatlarning 5 foizi kelib tushadi. Prezident qarori bilan jamg‘arma mablag‘larini boshqa maqsadlarda ishlatish qat’iyan taqiqlanadi.

    Tuman va shahar hokimiyatlari loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha ma’lumotni o‘zlarining rasmiy saytlarida va “Ochiq budjet” portalida har kvartal tugashidan keyin keladigan oyning 25-sanasiga qadar e’lon qilib borishlari shart.

    Loyihalarga misollar

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Toshkent shahri Chilonzor tumanida 10 dan ortiq takliflar iglari surilgan. Tashabbusli fuqarolarning aksariyati maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ta’mirlashni va bolalar maydonchalarini qurishni so‘ramoqda.

    Poytaxtning boshqa tumanlarida hozirga qadar faqat 1—2 tadan takliflar berilgan bo‘lsa, Olmazor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida hozircha loyihalar umuman yo‘q.

    Samarqand shahrida hozircha bitta loyiha taklif etilgan — aholi zich yashaydigan joylarda maktablar qurish. Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida fuqarolar gaz quvurlarini o‘tkazishni, bolalar bog‘chalari, ichki yo‘llar va ko‘priklarni ta’mirlashni, qabristonlarni obodonlashtirishni va boshqa masalalar bo‘yicha takliflar bergan.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda budjet taqsimotida fuqarolarga ko‘proq imkoniyat beriladi

    13.07.2021, 08:24   Izoh (0)   14132
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda 48 yoshli ayolning velosipedini o‘g‘irlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    13.07.2021, 08:08

    Farg‘onada qiymati salkam 10 mln so‘m bo‘lgan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

    13.07.2021, 07:49

    Sirdaryoda 700 dan ortiq “Tropikamid” dori vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

    13.07.2021, 07:07

    Farg‘onada ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolarni hal etish maqsadida 132 ta suv qudug‘i ishga tushirilishi ma’lum qilindi

    13.07.2021, 06:27

    Qurbon hayitiga tayyorgarlik, “Tolibon”ga qarshi urush ochgan sobiq mujohidlar, to‘nkarilib tushgan tank. 12-iyul suratlari

    12.07.2021, 23:55

    Navoiy davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, fuqarodan 2 ming dollar olgan shaxs ushlandi

    12.07.2021, 23:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.