Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev 13-aprel kuni “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. “Gazeta.uz”ning yozishicha, qaror Moliya vazirligi tomonidan Rossiya Moliya vazirligi huzuridagi Ilmiy tadqiqotlar moliya instituti (NIFI) va boshqa tashkilotlarning ekspertlari ko‘magida ishlab chiqilgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda 2021-yil may oyidan 14 ta tuman (shahar)da budjet xarajatlarining 5 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. 2022-yil 1-yanvardan esa yangi tartib respublikaning barcha tuman (shahar)larida bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Ushbu maqsadlarda 2021-yilda istisno tariqasida tuman (shahar)lar budjetlariga respublika budjetidan qo‘shimcha ravishda 92,7 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi. 2022-yildan boshlab esa mazkur mablag‘lar tegishli tuman (shahar)lar budjeti parametrlarida ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, 1-iyuldan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga ajratiladigan tuman (shahar)lar budjetlari qo‘shimcha mablag‘larining eng kam miqdori 10 foizdan 30 foizga oshiriladi.

Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilish jarayoni har yili 2 marotaba (1-fevral va 15-iyulga qadar) o‘tkaziladi.

Mablag‘lar tegishincha tuman va shahar hokimligi qoshida ochiladigan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlanadi.

“Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larning boshqa maqsadlarga sarflanishi qat’iyan taqiqlanadi.

Tuman (shahar) hokimliklari moliyalashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har chorak yakunidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar o‘zining rasmiy veb-sayti va “Ochiq budjet” portaliga joylashtirib borishi lozim.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi