• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi issiq ob-havo sharoitlarida ish beruvchilarga qo‘yiladigan talablarni ma’lum qildi

    O‘zbekistonda kuzatilayotgan yuqori haroratli ob-havo sharoitlarida korxonalarda ishlayotgan xodimlar va ish beruvchilar belgilangan tartibdagi mikroiqlim bo‘yicha sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilgan holda mehnat faoliyatlarini amalga oshirishlari talab etiladi, deb yozmoqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Vazirlikning ta’kidlab o‘tishicha, Mehnat kodeksining 211-moddasi hamda “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi” qonunning 23-moddasiga muvofiq, barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo‘lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga kiradi.

    Ish beruvchi tomonidan havoning issiq harorati yuqori darajasi vaqtida binolarda mikroiqlim sharoitini yaxshilaydigan uskunalarning (konditsioner, ventilyatsiya, ishlab chiqarish maydonlarga o‘rnatilgan quruq havoni namlantirish uskunalari va boshqalar) faoliyatini ta’minlashi va nazorat qilish, texnik jihatdan bunday uskunalarni o‘rnatish va ishlatish imkoni bo‘lmagan taqdirda, xodimlarning ish rejimini o‘zgartirish va dam olish vaqtlarini ko‘paytirish yoki ish vaqtining qisqartirilishi, xodimlarni bepul toza ichimlik (minerallangan) suv bilan ta’minlash choralari ko‘rilishi lozim.

    Korxonalarda yilning issiq davrida ishlab chiqarish xonalari, sexlar, bo‘limlar va boshqa yopiq hududlarda mikroiqlimning me’yorlari tegishli talablar asosida bo‘lishi lozim. Ya’ni:
    • yengil I kategoriyali ishlar (ish jarayoni o‘tirgan holda amalga oshiriladi, jismoniy og‘irlik talab etilmaydi)da havo harorati 24-27  daraja, havoning nisbiy namligi 40-60 foiz va havo harakati tezligi 0,1-0,2 metr/sekunddan oshmasligi;
    • o‘rta og‘irlikdagi II kategoriyali ishlar (ish jarayoni o‘tirgan va qisman yurgan holatda amalga oshiriladi, 1 kilogrammdan 10 kilogrammgacha bo‘lgan buyumlarni ko‘taradi) da havo harorati 22-25  daraja, havoning nisbiy namligi 40-60 foiz va havo harakati tezligi 0,3 metr/sekunddan oshmasligi;
    • og‘ir III kategoriyali ishlar (ish jarayoni doimiy harakatda amalga oshiriladi, 10 kilogrammdan yuqori bo‘lgan yuklarni ko‘taradi) da havo harorati 21-23 daraja, havoning nisbiy namligi 40-60 daraja va havo harakati tezligi 0,4 metr/sekunddan oshmasligi lozim.
    Mikroiqlimning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan me’yoriy miqdorlarini belgilash ishlab chiqarish jarayoniga texnologik talablar, ularni ta’minlashning texnologik jihatdan iloji bo‘lmaganligi yoki maqsadga muvofiq emasligi iqtisodiy asoslanganligi tufayli imkoni bo‘lmagan ishlab chiqarish xonalarida ishlovchilarni yuz berishi mumkin bo‘lgan qizib ketishdan himoyalash uchun tadbirlar: havoni mahalliy sovitish, havo dushlari, dam olish xonalari, yuqori haroratdan himoyalash uchun maxsus kiyimlar, shaxsiy himoya vositalari, ish va dam olish vaqtini reglamentlash kabilar ko‘zda tutilishi lozim.

    Issiqlikdan shikastlanishning oldini olish maqsadida to‘sib turuvchi yuzalarning harorati 45 darajadan ortib ketmasligi kerak.

    Mehnat sharoitlari bo‘yicha yilning issiq davrida ochiq maydonlarda bajariladigan ishlar ish kategoriyasiga (I-III) muvofiq havo harorati 34,2-36 darajadan yuqori bo‘lganda inson sog‘lig‘i uchun o‘ta xavfli hisoblanib, mazkur holatda ish rejimini o‘zgartirgan holda, ya’ni ish vaqtini kunning salqin vaqtlariga ko‘chirgan holda ishni tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

    Agarda xodim ochiq maydonda (qurilish maydonlarda, dalalarda) faoliyatini amalga oshirayotgan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan mavsumga mos bo‘lgan himoya vositalari ajratilishi, ish rejimining o‘zgartirilishi (dam olish vaqtlarini uzaytirish yoki ishlash soatlarini o‘zgartirishi, ish vaqtning qisqartirilishi), shuningdek, xodimlar bepul toza ichimlik (mineral) suv bilan ta’minlanishi lozim.

    Korxonadagi bunday ishlarning ro‘yxati va ularni bajarishda ish vaqtining muayyan muddati tarmoq (tarif) kelishuvlarida, jamoa shartnomalarida belgilab qo‘yiladi, agar ular tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib olingan holda amalga oshiriladi.

    Mehnat kodeksining 219-moddasiga muvofiq xodim ish jarayonida o‘zining hayoti yoki sog‘lig‘iga tahdid soluvchi holatlar yuzaga kelib qolganligi to‘g‘risida ish beruvchiga darhol xabar qilishi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini tekshirib borish va nazorat qilish bilan shug‘ullanuvchi organlar ana shu holatlarni tasdiqlagan taqdirda, ish beruvchi bu holatlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi lozim.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 6—8-iyul kunlari Eron hududlaridan issiq havo massalarining kirib kelishi tufayli jazirama issiq kuchayishi kutilayotgani, ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me’yorlardan 5-8 darajaga yuqori bo‘lishi ma’lum qilingandi. Prezident Administratsiyasi hukumat va viloyat hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlariga havo harorati keskin ko‘tarilishi oqibatida yuzaga keladigan noxush holatlarning oldini olish maqsadida shoshilinch tarzda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni yubordi.

    Mavzuga doir: O‘zbekiston 6—8-iyul kunlari termik depressiya ta’siri ostida bo‘lishi kutilmoqda

    05.07.2021, 22:55   Izoh (0)   27669
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda 4 ta bog‘cha va 1 ta kollej karantinga yopildi

    05.07.2021, 22:32

    Ijtimoiy tarmoqlarda IIO xodimlari va haydovchi o‘rtasida tortishuv aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

    05.07.2021, 22:09

    O‘zbekistonda jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi

    05.07.2021, 21:41

    Toshkentdagi qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmoq korxonalari Chirchiq shahriga ko‘chiriladi

    05.07.2021, 21:17

    Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri koronavirusga qarshi vaksina oldi

    05.07.2021, 20:41

    O‘zbekistonda COVID-19 bo‘yicha Call-markazlarga murojaatlar soni 20 kunda 3 barobarga oshgan

    05.07.2021, 20:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.