• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentdagi qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmoq korxonalari Chirchiq shahriga ko‘chiriladi

    Shavkat Mirziyoyev 5-iyul kuni qishloq xo‘jaligi mashinasozligi hamda kimyo sanoatidagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    2020-yil 8-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirishga oid qarori qabul qilingan edi. Unga muvofiq, Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi, Agregat zavodi, Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi va “Texnolog” aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat ulushlari uch yil muddatga “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga ishonchli boshqaruvga berilgan edi. Tarmoq korxonalarining rentabelligini oshirish, mahsulotlari sifatini yaxshilash va tannarxini pasaytirish vazifalari belgilangan edi.

    O‘tgan davrda Toshkent qishloq xo‘jaligi texnika zavodidagi ishlab chiqarish maydonlari 68 foizga maqbullashtirilib, uskunalardan foydalanish samaradorligi oshirildi. Natijada mahsulot tannarxi 4 foizga pasaydi va qariyb 45 milliard so‘m iqtisod qilindi. Xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazilib, 80–100 ot kuchiga ega bo‘lgan traktorlar narxlari 15–20 foizga arzonlashtirildi.

    Minsk traktor zavodi bilan hamkorlik o‘rnatildi. Bu sheriklik doirasida O‘zbekistonda har yili 3 mingta traktor ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu bilan birga, korxonalarning texnologik va ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash bo‘yicha hali vazifalar ko‘p. Tarmoqda mavjud quvvatlardan foydalanish darajasi 19 foiz, mahalliylashtirish o‘rtacha 20 foiz ekani mutlaqo qoniqarli emas. Mahalliy texnikalar narxi import texnikalarga nisbatan 10–15 foiz qimmat.

    Shu bois taqdimotda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasterini tashkil etish, quvvatlardan foydalanish va mahalliylashtirish darajasini oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

    Toshkent shahrida joylashgan tarmoq korxonalarini Chirchiq shahriga ko‘chirish va ularning negizida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasterini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

    Rejaga ko‘ra, Toshkent va Chirchiqdagi qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodlari, Agregat zavodi, “Texnolog” va “O‘zKlaas Agro” korxonalari sanoat klasteri usulida yagona maydonda joylashtiriladi. 1 ming 200 ta uskuna va jihoz, 28 turdagi texnika optimallashtirilib, ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish 85 foizga, mahalliylashtirish 50 foizga yetkaziladi. Natijada ishlab chiqarish tannarxi 20 foizga pasayib, korxonalarning rentabellik darajasi 10 foizga oshishi kutilmoqda.

    Moliya vazirligiga klasterni tashkil etish bilan bog‘liq dastlabki xarajatlar uchun 500 milliard so‘m ajratish vazifasi qo‘yildi. Bu mablag‘ tarmoq korxonalarining bino-inshootlari va maydonlari auksion savdolarida sotilishi hisobidan qaytariladi.

    Prezident mahalliylashtirish borasidagi ishlarni davom ettirib, texnikalar narxini arzonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Xususan, Minsk traktor zavodi bilan hamkorlikda ishlab chiqariladigan traktorlarni mahalliylashtirish darajasini kelgusi yil 40 va 2023-yilda 50 foizga, “O‘zKlaas Agro” bo‘yicha bu ko‘rsatkichni 25 foizgacha yetkazish vazifasi qo‘yildi.

    Shu bilan birga, mahalliy texnikalarni sotib olishi uchun fermer xo‘jaliklari va klasterlarga yengillik yaratish zarurligi ta’kidlandi. Shu maqsadda lizingning boshlang‘ich to‘lovini 25 foizdan 15 foizga va foiz stavkasini 16 foizdan 7 foizga tushirish hamda lizing muddatini 5 yildan 7 yilga uzaytirish taklifi bildirildi.

    Xalqaro tajribani o‘rganib, qishloq xo‘jaligi texnikasiga servis xizmatini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ham topshiriqlar berildi.

    Taqdimotda kimyo klasterlari tashkil etishga oid loyihalar ham ko‘rib chiqildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Xususan, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati negizidagi klasterda umumiy qiymati 3 milliard 400 million dollarlik 23 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ularning samarasida yiliga 1 milliard 800 million dollarlik mahsulot tayyorlash quvvati va 3 ming 100 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

    Loyihalardan biri – karbamid-formaldegid konsentrati va smolasi ishlab chiqarish korxonasi yaqinda ishga tushirildi. Sulfat kislotasi bo‘yicha yana bir loyiha ham shu yil foydalanishga topshiriladi.

    Shuningdek, Navoiy shahridagi “Elektrokimyozavodi” qo‘shma korxonasida uglerod tolalari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi.

    Taqdimotda poytaxtning Ulug‘bek shaharchasida ilmiy kimyo klasterini tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi.

    Bundan avval Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Afg‘onistondagi keskinlikning kuchayishi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilgani, Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasi raisi Volkan Bozkir bilan uchrashishi hamda Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi 13 ta yirik ko‘chmas obyektni sotuvga chiqarish zarurligini ta’kidlagani haqida xabar berilgandi.

    05.07.2021, 21:17   Izoh (0)   17271
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri koronavirusga qarshi vaksina oldi

    05.07.2021, 20:41

    O‘zbekistonda COVID-19 bo‘yicha Call-markazlarga murojaatlar soni 20 kunda 3 barobarga oshgan

    05.07.2021, 20:26

    Bo‘stonliqda “KamAZ” kanalga tushib ketdi

    05.07.2021, 20:11

    O‘zbekiston 6—8-iyul kunlari termik depressiya ta’siri ostida bo‘lishi kutilmoqda

    05.07.2021, 19:01

    Samarqandda turkiyalik haydovchilarning ikki yuk mashinasi yonib ketdi

    05.07.2021, 18:24

    O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar faoliyati cheklanganidan so‘ng mobil VPN birdaniga ommalashdi

    05.07.2021, 18:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.