Daryo

O‘zbekiston 6—8-iyul kunlari termik depressiya ta’siri ostida bo‘lishi kutilmoqda

Ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me’yorlardan 5-8 darajaga yuqori bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish109 840 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekistonda 6—8-iyul kunlari Eron hududlaridan issiq havo massalarining kirib kelishi tufayli jazirama issiq kuchayishi kutilayotgani, ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me’yorlardan 5-8 darajaga yuqori bo‘lishi ma’lum qilingandi. “O‘zgidromet”ning yozishicha, bu O‘rta Osiyo hududlari ustida termik depressiya kuzatilishi hisobiga yuz beradi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Meteorologiyada termik depressiya bu — sinoptik jarayon bo‘lib, unda Yer yuzasida past frontsiz bosim maydoni hosil bo‘ladi, o‘rta troposferada esa iliq balandlik o‘rkachi (yopiq izobaralarga ega bo‘lmagan katta bosimli joy yoki mintaqa) rivojlanadi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, termik depressiya sinoptik holatning yaqqol ifoda etilgan yozgi turidir, u faqat iyun oyidan avgust oyigacha rivojlanadi va odatda 2-3 kun kuzatiladi, 4-7 kun davomiyligidagi vaziyatlari kamroq davom etadi. Lekin oxirgi paytlarda iqlim o‘zgarishi tufayli termik depressiyaning davomiyligi ortmoqda.

Termik depressiyaning to‘lishi sovuq kirib kelishi natijasida vujudga keladi. Yoz oylarida sovuq frontlarning kirib kelishi odatda yog‘ingarchiliksiz, bulutsiz bo‘ladi. Biroq front o‘tishi tez-tez changli bo‘ronlar bilan kuchli shamollarni hosil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Administratsiyasi hukumat va viloyat hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlariga havo harorati keskin ko‘tarilishi oqibatida yuzaga keladigan noxush holatlarning oldini olish maqsadida shoshilinch tarzda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni yubordi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi anomal jazirama sharoitida ehtiyot bo‘lishga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda issiq ob-havo qachon pasayishi ma’lum qilindi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar