• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston ikkilamchi bozorida uy-joylar bir chorakda qariyb 6 foizga qimmatlashdi

    Markaziy bankning Pul-kredit siyosati departamenti mutaxassisi Ruslan Yakovlev O‘zbekistondagi ko‘chmas mulk bozori haqida umumiy ma’lumotni taqdim etdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ko‘chmas mulk bozori iqtisodiyotdagi narxlarning holati to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot manbalaridan biri iqtisodiy faoliyat va yalpi talab indikatori hisoblanadi. Shu munosabat bilan inflyatsiya va narxlar o‘sishidagi asosiy omillarni o‘rganish doirasida O‘zbekistondagi ko‘chmas mulk bozorini muntazam ravishda tadqiq etish zarurati o‘sib bormoqda, deyiladi sharhda.

    Mutaxassisning ta’kidlashicha, ishbilarmonlik muhiti jonlanishi bilan ko‘chmas mulk bozori ham o‘sishga intiladi. Shu bilan birga, uy-joylarga talabning o‘sishi muayyan vaqt oralig‘idagi oldi-sotdi operatsiyalari (notarial idoralar orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan) sonini qiyosiy tahlil qilish yordamida aniqlanadi.

    Kuzatuvlar shuni ko‘rsatmoqdiki, apreldan iyunga qadar O‘zbekistonda ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha yanvar—mart oylariga qaraganda 38 foiz ko‘proq bitimlar tuzilgan. Ularning uchdan bir qismi Toshkent hissasiga to‘g‘ri keladi.

    Tuzilgan ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlarining umumiy sonida O‘zbekiston hududlarining ulushi.

    Tuzilgan ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlarining umumiy sonida O‘zbekiston hududlarining ulushi.
    Manba: “E-notarius.uz” — Adliya vazirligining “Elektron notarius” rasmiy sayti.

    Shu bilan birga, ikkilamchi bozorda uy-joylar narxlarining o‘sayotgani qayd etilmoqda. 2021-yilning II choragidagi dastlabki natijalar shuni ko‘rsatmoqdaki, respublika bo‘yicha narxlar o‘tgan chorakka nisbatan o‘rtacha 5,72 foizga o‘sgan. Ushbu sezilarli o‘sish O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida kuzatilmoqda, dedi Ruslan Yakovlev.

    O‘zbekiston hududlarida ko‘chmas mulk uchun o‘rtacha narxlar (har kvadrat metr uchun ming so‘m).

    O‘zbekiston hududlarida ko‘chmas mulk uchun o‘rtacha narxlar (har kvadrat metr uchun ming so‘m).
    Manba: “Uybor.uz” va “Olx.uz” ko‘chmas mulk platformalari ma’lumotlari asosida muallifning hisob-kitoblari

    Pandemiya va karantin davridagi majburiy cheklovlar rejalashtirilgan xaridlarning keyinroqqa qoldirilishiga olib keldi (“kechiktirilgan talab effekti”), bu iqtisodiyotdagi iste’molchilik talabining pasayishiga va jamg‘arma faolligining oshishiga olib kelishi mumkin, deb hisoblaydi mutaxassis.

    Bundan tashqari, valyuta kursining nisbiy barqarorlashuvi sharoitida ko‘chmas mulk bozori daromad olishning muqobil manbasi sifatida, tadbirkorlar va yetarlicha jamg‘armaga ega aholi qismi uchun yuqori daromadli sarmoya manbasiga aylandi.

    Muallifning fikriga ko‘ra, ko‘chmas mulk bozori talabgorlarning faollashishi, poytaxtda uy-joy sotib olishdagi ma’muriy to‘siqlarning bekor qilingani ham narxlarning ko‘tarilishiga ta’sir ko‘rsatdi.

    Ma’lumot uchun, pandemiya davrida barcha tartibga soluvchi organlar — ham rivojlangan, ham rivojlanayotgan mamlakatlarda — pul siyosatini mos ravishda yumshata boshladi, bu mablag‘larni aktivlarga, shu jumladan, ko‘chmas mulkka yo‘naltirishga sabab bo‘ldi. O‘sib boruvchi inflyatsiya butun dunyoda investorlar va aholini tashvishga soladigan asosiy masalaga aylanganda, ko‘chmas mulkka himoyalangan aktiv sifatida qaraladi. Shu sababli, markaziy banklar ko‘chmas mulk bozoridagi narxlarning o‘zgarishini diqqat bilan kuzatmoqda.

    Uy-joy bozorining haddan tashqari yuqori baholanganini tushunish muhim hisoblanadi. Ko‘chmas mulk o‘rtacha narxlarining mutlaq ko‘rsatkichi eng past darajadagi davlatlardan biri bo‘lsa ham, hayot darajasi hisobga olinsa, uy-joylar narxi MDH davlatlari va Gruziyaga nisbatan yuqoriligicha qolmoqda.

    Shunday qilib, O‘zbekiston poytaxtidagi ko‘chmas mulk o‘rtacha narxining aholi jon boshiga YAIMga nisbati (sotib olish qobiliyati pariteti (SOQP)da) 12 foizni tashkil etadi. Bu Moskva (Rossiya) — 15,8 foiz va Bishkek (Qirg‘iziston) — 13,4 foizdan keyingi uchinchi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

    Eng past ko‘rsatkichlar Nur-Sulton va Tbilisida — mos ravishda 3,3 foiz va 6,4 foizni tashkil etadi.

    2021-yil may—iyun oylarida dunyo shaharlarida ikkilamchi bozordagi uy-joylar uchun o‘rtacha narxlar (AQSh dollari).

    2021-yil may—iyun oylarida dunyo shaharlarida ikkilamchi bozordagi uy-joylar uchun o‘rtacha narxlar (AQSh dollari).
    Manba: “Worldbank.org” (SOQP bo‘yicha aholi jon boshiga YAIM), “Numbeo.com” (uylarning o‘rtacha narxi). Shunga o‘xshash ko‘rsatkich — ko‘chmas mulk narxlarining aholi jon boshiga YAIMga nisbati, Globalpropertyguide tadqiqot kompaniyasi mutaxassislari tomonidan dunyodagi ko‘chmas mulk bozorini tahlil qilishda foydalaniladi.
    Yuqoridagi omillar aholi jon boshiga daromadlari yuqori bo‘lgan mamlakatlarning poytaxt shaharlariga nisbatan Toshkentdagi narxlarning nisbatan yuqori ekanligiga guvohlik berishi mumkin.

    Qayd etish joizki, poytaxtda ko‘chmas mulk narxlari sezilarli darajada qimmat bo‘lishiga qaramasdan, mazkur bozordagi narxlar so‘nggi 12 oy ichida keskin narx tebranishlarisiz shakllandi.

    Quyida keltirilgan diagramma o‘rtacha narxlar 1 kvadrat metr uchun 6,4—6,7 million so‘m chegarasida ekanini ko‘rsatmoqda, o‘rtacha narxlar 2—3 foiz atrofida o‘sgan.

    Toshkent ikkilamchi uy-joy bozoridagi narxlarning blokli diagrammasi (ming so‘m).

    Toshkent ikkilamchi uy-joy bozoridagi narxlarning blokli diagrammasi (ming so‘m).
    Manba: muallifning “Dom.vsem.uz” ko‘chmas mulk savdosi sayti ma’lumotlari asosidagi hisob-kitoblari.

    Dunyo bo‘yicha ko‘chmas mulk narxlarining o‘sishi

    COVID-19’ga qarshi kurashish uchun mamlakatlar tomonidan belgilangan qat’iy choralar dastlab uy-joy mulkdorlari xaridorlarini ikkilantirib qo‘ydi va uy-joy bozori bir muddat to‘xtab qoldi.

    Biroq 2020-yilning uchinchi choragida shakllangan kechiktirilgan talab tufayli u tiklana boshladi. Shu sababli butun dunyoda uylar narxi yuqori sur’atlarda o‘sib bormoqda.

    Bunday ma’lumotlar 2021-yilning birinchi choragida ikkilamchi uy-joy ko‘chmas mulk narxlari indeksini yangilagan Knight Frank xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan.

    Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 12 oy davomida uy-joy ko‘chmas mulk bozorlari o‘zlarining barqarorligini namoyish etishda davom etdi va narxlarning o‘rtacha o‘sishi 2021-yilning martigacha kelib 7,3 foizga yetdi (2020-yilning shu davrida +4,4 foiz, o‘tgan chorakda + 5,6 foiz).

    Dunyo bo‘yicha ikkilamchi ko‘chmas mulk bozorlaridagi o‘rtacha narxlar (yillik o‘zgarish, foiz). Manba: Knight Frank Research

    Narxlarning eng ko‘p yillik o‘sishi Turkiyada qayd etildi — 32 foiz, biroq inflyatsiya hisobga olinsa, mamlakatda narxlarning real o‘sishi yiliga, taxminan, 16 foizni tashkil etadi. Turkiyadan tashqari, ikkilamchil bozordagi ko‘chmas mulklar narxi, asosan, rivojlangan mamlakatlarda, jumladan, Yangi Zelandiya (22 foiz), AQSh (13 foiz), Shvetsiya (13 foiz), Avstriya (12 foiz) va Kanadada (11 foiz) kuzatilmoqda.

    2021-yilning birinchi choragida o‘rganish olib borilgan 56 mamlakatdan 12 tasida narxlarning ikki xonali o‘sishi kuzatildi. Ko‘chmas mulk bozorida “pufakchalar” paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bir necha mamlakat hukumatlari narxlarni ushlab turish choralarini ishlab chiqmoqda.

    Masalan, 2021-yilning yanvar oyidan boshlab Xitoy, Yangi Zelandiya va Irlandiya rasmiylari vaziyatni tartibga solish uchun kreditlash qoidalarini kuchaytirish va ko‘p martalik xaridlar uchun gerb yig‘imi miqdorining ko‘tarilishi kabi qator choralarni ko‘rdi. Xitoy milliy mulk solig‘ini joriy etishni ham muhokama qilmoqda. Hukumatlarning aralashuvi va soliq-budjet bo‘yicha rag‘batlantirish choralarining ko‘rilishi natijasida 2021-yil so‘ngiga borib bir qator bozorlarda talab sekinlashishi mumkin.

    Biroq qayd etish joizki, bir qancha yirik iqtisodiyotga ega davlatlarda ko‘chmas mulk narxlarining o‘sishi sekinlashmoqda. Masalan, Italiya (1,6 foiz), Hindiston (-1,6 foiz) va Ispaniyada (-1,8 foiz) 2021-yilning birinchi choragida bir yil avvalgiga nisbatan narxlar o‘sishi pastroq bo‘lgan. Bu ushbu mamlakatlarda bugungi kunda yanada qat’iyroq cheklovlar o‘rnatilgani va ortiqcha taklif mavjudligi bilan izohlanmoqda.

    Sharhdagi ma’lumotlar muallifning shaxsiy fikri bo‘lib, Markaziy bankning rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin.

    02.07.2021, 23:26   Izoh (0)   38052
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada 29 yoshli erkak qo‘shni kelinni pichoqlab o‘ldirdi

    02.07.2021, 23:11

    “Beldirsoy” dam olish maskani dor yo‘li bilan birga qo‘shib sotilishi mumkin

    02.07.2021, 22:56

    “Agar biz ota-onalarini ham ro‘yxatga kiritsak, davlat xizmatchisi baribir ‘lazeyka’ topadi”. Akmal Burhonov mulkni majburiy deklaratsiya qilish tizimi to‘g‘risida...

    02.07.2021, 22:39

    Surxondaryoda 50 sotix yerni o‘ziga tegishli ekanligiga ishontirib, 150 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    02.07.2021, 22:10

    Buxoroda profilaktika inspektorini urgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    02.07.2021, 21:42

    Samarqandda Damas va avtobus to‘qnashuvi oqibatida ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi (video)

    02.07.2021, 21:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.