• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda kamera va radarlarda qayd etilgan qoidabuzarliklardan davlat budjetiga 2020-yilda 724 mlrd so‘m tushgan

    O‘zbekiston yo‘llarida o‘rnatilgan kamera va radarlar orqali 2020-yilda 1,7 milliondan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarliklari qayd etilgan. Natijada davlat budjetiga qoidabuzarlardan undirilgan jarimalardan 724,6 milliard so‘m tushgan. Bu haqda Qonunchilik palatasining 30-iyun kuni o‘tkazilgan majlisida ma’lum qilindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Taqqoslash uchun, 2018-yil davomida foto va video maxsus vositalar orqali 621 355 ta qoidabuzarlik bo‘yicha 208,4 milliard so‘mlik jarimalar belgilangan bo‘lsa, 2019-yilda 1 227 844 ta holatda 481,8 milliard so‘mlik jarimalar qo‘llanilgan. Aholi tomonidan to‘langan jarima summasi miqdori 2018-yildan buyon 28,3 foizga oshgan.

    Shu bilan birga, ma’lumotlar tahlili haydovchilarning belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun rasmiylashtirilgan ma’muriy qarorlardan norozi bo‘lib sudga shikoyat qilish holatlari ham ko‘pchilikni tashkil etayotganini ko‘rsatmoqda.

    E’tiborli jihati, murojaat qilganlarning aksariyatining shikoyati sud tomonidan qanoatlantirilgan. Xususan, 2020-yil davomida 19 134 ta shu soha bo‘yicha sudlarda ko‘rilgan ishlarning 89,2 foizi, ya’ni 17 073 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 5778 ta ish bo‘yicha ishni yuritishni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. 2021-yilning 1-choragida 3481 ta ko‘rilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishdan 2612 tasi yoxud 75 foiz ishlar qanoatlantirilgan.

    Tadbirda qayd etilganidek, qonunchilikka binoan yo‘llarda avtomobil haydovchilari belgilangan tezlikka rioya etishi radarlar yordamida nazorat qilinayotganligini bildiruvchi yo‘l belgisi harakatlanish tezligi nazoratga olingan barcha joylarga o‘rnatilishi shart.

    Shuningdek, statsionar maxsus texnika vositalaridan foydalaniladigan joylarda doimiy yo‘l belgilarini, ko‘chma maxsus texnika vositalaridan foydalaniladigan joylarda esa ko‘chma ustunga vaqtinchalik yo‘l belgilarini o‘rnatish belgilangan. Ammo deputatlar amalda bu tartibga har doim ham amal qilinmayotganini ta’kidlagan.

    Ularning so‘zlariga ko‘ra, YPX xodimlari Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ekipirovka qilinmagan yengil avtomobillardan foydalangan holda yashirin usulda xizmat olib borayotgani holatlari ham kuzatilmoqda. Ko‘chma maxsus moslamalar yo‘llarda yashirin ravishda o‘rnatilgan holatlar ham yo‘q emasligi bildirildi. Bu kabi holatlar huquqbuzarliklarga nisbatan qo‘llanilayotgan jarimalar yuzasidan haydovchilar va jamoatchilikning haqli e’tirozlariga sabab bo‘ladi.

    Yig‘ilishda deputatlar radarlar va boshqa maxsus texnika vositalaridan foydalangan holda nazoratni qonuniy amalga oshirish, haydovchilarga jarima qo‘llashda me’yoriy hujjat talablariga, ochiqlik-oshkoralik tamoyillariga qat’iy rioya etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga qaror qildi.

    Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning aprelida O‘zbekistonda qoidabuzarliklarni aniqlash uchun kameralarni o‘rnatish tartibi haqida hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.

    Unga ko‘ra, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan joylarning dislokatsiyasi ishlab chiqiladi hamda E-ijro auksion platformasi orqali onlayn auksionga qo‘yiladi. Tizim o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan joy dislokatsiyasi, mazkur hududdagi transport oqimi va oxirgi 2 yilda aniqlangan qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilinadi.

    Iyun oyidan boshlab O‘zbekistondagi chorraha va yo‘llarda radar va kameralar qo‘yish joylari auksion orqali savdoga qo‘yilishi boshlandi. 1-iyul kuni  E-auksion saytida birinchi bor Toshkent shahrida radar o‘rnatiladigan joylar auksionga chiqarildi.

    01.07.2021, 23:33   Izoh (0)   15713
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi eng ko‘p qaysi vaksina qo‘llanilgani ma’lum qilindi

    01.07.2021, 23:21

    Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi 13 ta yirik ko‘chmas obyektni sotuvga chiqarish zarurligini ta’kidladi

    01.07.2021, 23:09

    Taksi haydovchisi, savdogar va quruvchi. O‘zbekiston yoshlari qaysi sohada ishlashni orzu qilishi aniqlandi

    01.07.2021, 22:56

    Qashqadaryoda jasadi topilgan yigitning qotili 23 yoshli ayol ekani aytilmoqda

    01.07.2021, 22:46

    Shavkat Mirziyoyev banklarning asosiy faoliyatga xos bo‘lmagan obyektlarni xususiylashtirishga tayyorlash bo‘yicha topshiriq berdi

    01.07.2021, 22:34

    Yangi O‘zbekiston universitetiga germaniyalik professor rektor sifatida tanlangani ma’lum qilindi

    01.07.2021, 22:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.