• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Ichimdagi bolakay o‘ldirildi”. “Ayaks” muxlisining o‘limiga sababchi bo‘lgan, 18 yoshida YChL finalida gol urgan Patrik Klyuyvert haqida

    Golni nishonlashdan oldin Patrik Klyuyvert ortga qarab, o‘zi chiqmoqchi bo‘lgan cho‘qqini yodga oldi. 1995-yilgi Chempionlar Ligasining 85-daqiqasi o‘tib boryapti, Patrik “Ayaks” uchun g‘alaba keltirgan golni urdi. Shu tariqa amsterdamliklar musobaqaning 4 karra g‘olibiga aylandi. U endigina 18 yoshga kirgandi. Yevropa grandlari diqqat markaziga tushib qoldi. O‘sha vaqtdan buyon sanoqli futbolchilargina uning darajasida o‘yin ko‘rsata oldi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Patrik Stefan Klyuyvert 1976-yil 1-iyulda Kennet va Lyudvina Klyuyvert oilasida tavallud topdi. Uning otasi uzoq vaqt davomida Niderlandiya qo‘l ostida bo‘lgan Surinamdan lolalar yurtiga kelib qolgan. Ruud Gullit va Frank Raykaard singari Niderlandiyaning afsonaviy futbolchilari ham asli surinamlik. Onasi Lyudvina esa 2010-yil muxtoriyatni qo‘lga kiritgunga qadar Antil orollari tarkibida bo‘lgan Kyurasao orolida tug‘ilgan.

    Bolaligidanoq to‘p bilan muomala qilishni boshlagan Patrik iste’dodli ekanini atrofdagilar payqab qoldi. Ko‘chada, undan so‘ng mahalliy “Shellingvud”da mahoratini oshirgan Klyuyvert “Ayaks” skautlari e’tiboriga tushdi. Patrik 7 yoshida mashhur akademiyaga qabul qilindi. “Ayaks” akademiyasi iste’dodli yoshlarni yetishtirib berish bo‘yicha Yevropada yetakchilardan biri edi va hozir ham shundayligicha qolmoqda. Patrik hujum chizig‘ida o‘ynashga ko‘nikkan bo‘lsa-da, akademiya tamoyillariga ko‘ra u bir nechta pozitsiyada o‘zini sinab ko‘rishi lozim edi. U himoyada, yarim himoyada o‘ynab ko‘rdi va baribir o‘zini qulay his qiladigan hujum chizig‘iga qaytdi. Jamoa bunday uslubni yosh futbolchilarning o‘yindagi fikrlarini erkinlashtirish uchun qo‘llaydi, aslida esa Rinus Mixels tomonidan ishlab chiqilgan “total futbol” formatiga moslashish va asosiy jamoaga o‘tishga yordam beradi.

    Mixels ustozlik qilgan eng yaxshi futbolchilardan biri Patrik Klyuyvertning qahramoni edi. Marko van Basten — faoliyatini boshlagandayoq mashhurlikka erishib, jarohat sabab faoliyatini erta yakunlagan bo‘lsa-da, afsonaga aylangan futbolchi. Klyuyvert uning ashaddiy muxlisi bo‘lgan: “Bolaligimda televizordan o‘yinlarni ko‘rardim, mening kumirim — Marko van Basten edi. Menga yaqinroq bo‘lgan o‘z uslubida juda ko‘p gollar urardi. Xuddi unga o‘xshagan hujumchiman va Markodan ko‘p narsa o‘rganishga harakat qilganman”.

    Patrik Klyuyvert bilan birga akademiyadan oltin avlod yetishib chiqdi: Klarens Zeedorf, Mario Melxiot, Edvin van der Sar, Edgar Davids.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Yosh futbolchilarning tezkor rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi yagona to‘siq — murabbiyning qat’iyligi hisoblanadi. Murabbiylar bir nechta qoniqarsiz natija qayd etilsa iste’foga chiqishini biladi, shuning uchun yoshlardan ko‘ra tajribaliroq futbolchilarga e’tibor qaratishni ma’qul ko‘radi. Ko‘pchilik shunday qilardi. Lekin Lui van Gaal emas. Bu murabbiy iste’dodli futbolchilar bilan ishlashni xush ko‘rardi, Klyuyvert shunday futbolchilardan biri edi.

    Niderlandiya terma jamoasining turli yosh darajalarida o‘zini ko‘rsatib kelgan Patrik van Gaalga asosiy jamoa tarkibida maydonga tushishga loyiqligini isbotladi. Murabbiylar yosh futbolchilarga asosan muhim bo‘lmagan o‘yinlarda debyut qilish imkonini beradi, lekin van Gaal emas. Klyuyvert 18 yoshida asosiy jamoada debyut qildi. Uning debyuti Niderlandiya Superkubogiga to‘g‘ri keldi. Kimga qarshi deysizmi? Azaliy raqib “Feyenoord”ga qarshi. “Ayaks” muxlisi bo‘lib yurgan vaqtlarda Klyuyvert shunday debyutni orzu qilardi. 1994-yilning 21-avgustida muhim o‘yinda debyut amalga oshdi. Hatto tajribali futbolchilarni ham asabiylashishga majbur etadigan o‘yin Patrikni xato qilishga unday olmadi. U butun jamoa singari o‘yindan rohatlandi.

    20 daqiqa ichida 2 ta gol. 25-daqiqada Jorj Finidi o‘ng qanotdan yorib kirdi. Klyuyvert jarima maydoni ichiga kirib bordi, Finidi to‘pni unga uzatdi va Patrik debyut o‘yinida gol urdi. Qo‘llarini cho‘zgan holda u quvonch nurlariga cho‘milayotgandi. Syurrealistik kunda syurrealistik lahza.

    Muxlislarni ham akademiyadan chiqqan yoshlarning natija ko‘rsatishi xursand qiladi. Klyuyvert asosiy tarkibdan joy egallash uchun yetarlicha iste’dodga ega edi. Eredevizida 25 o‘yinda maydonga tushib 18 ta gol urgan Patrik to‘purarga aylandi. Chempionlik sovrini qo‘lga kiritildi. O‘yinlar va urilgan gollar soniga nazar tashlansa, dastlabki professional mavsumini o‘tkazayotgan 18 yoshli futbolchi haqida gap ketayotgani unutiladi.

    Chempionlar Ligasi jamoa uchun bonus bo‘ldi. “Ayaks” musobaqaning yangi formatida ilk bor ishtirok etayotgandi va sovrin uchun favorit sifatida ko‘rilmayotgan edi. Oradan bir necha oy o‘tib ular finalda ishtirok etish uchun Venaga boradi. Klyuyvert zaxirada qoldirildi.

    Finaldagi raqib “Milan”ligi istalgan insonni qo‘rquvga solishi mumkindir, lekin Patrik o‘ziga ishonch bilan o‘tirardi. Zaxira o‘rindig‘ida qolgan futbolchi o‘yinni kuzata turib, agar maydonga tushganda qayerda yaxshiroq o‘ynashi mumkinligini tahlil qilardi. U natijasiz davom etayotgan o‘yinni sabr bilan kuzatdi. Asosiy tarkibda maydonga tushgan Yari Litmanen “Milan” himoyasini yorib o‘tish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilayotgandi, ammo negadir futbolchidan omad yuz o‘girardi. Van Gaal uni zaxiraga oldi va maydonga Klyuyvertni tushirdi. 70-daqiqada maydonga tushgan futbolchi o‘ziga berilgan imkoniyatdan unumli foydalanishga harakat qilardi.

    Italiyaliklarning mustahkam himoyasini buzib kirish qiyin edi. Patrik Klyuyvert esa ojiz nuqtani topdi va Sebastyano Rossi darvozasini ishg‘ol qildi.

    Bu gol “Ayaks”ga to‘rtinchi chempionlikni taqdim etdi. Patrik Chempionlar Ligasi finalida gol urgan tarixdagi eng yosh futbolchiga aylandi (18 yosh, 10 oy, 23 kunlik). O‘yin tugaganidan so‘ng kameralar ko‘zlari yoshga to‘lgan Patrikka qaratildi. Amsterdamga qaytgach yosh futbolchi aeroportning o‘zidayoq darhol onasini quchog‘iga otildi.

    Hayot har doim ham pushti rangda emas

    Chempionlar Ligasi finalidan 4 oy o‘tib Patrik avtohalokat sodir etdi va boshqa mashina haydovchisining o‘limiga sababchi bo‘ldi. Vafot etgan kishi Marten Putman bo‘lib, ikki farzandning otasi va “Ayaks”ning ashaddiy muxlisi bo‘lgan. Putman tushlik qilib bo‘lgach mashinani burayotgan vaqtida Klyuyvert qizil BMW avtomashinasida kelib uriladi. Marten voqea joyida vafot etadi.

    “Uning mashinasi avval biz ko‘rmagan tezlikda harakat qilib kelayotgandi. Turmush o‘rtog‘im hech qanday og‘riq va qo‘rquvsiz vafot etganidan xursandman”, — dedi Martenning turmush o‘rtog‘i Hanni Putman. U ham avtohalokat sodir bo‘lgan vaqtda mashinada bo‘lgan. “Klyuyvert bizga xat jo‘natdi, lekin u juda yosh bo‘lgani uchun xat o‘qituvchisi tomonidan yozilgandek taassurot uyg‘otdi”.

    Keyingi sud jarayonida futbolchining qonida spirtli ichimliklar aniqlanmadi. Hodisaga 88 km/soatga ruxsat berilgan joyda 88,5 km/soat tezlikda yurilgani sabab sifatida qayd etildi. Klyuyvert kutilganidek o‘limga sababchi bo‘lgan YTHda aybdor deb topildi va 240 soatlik jamoat ishlariga hukm qilindi.

    “Ichimda nimadir uzilgandek bo‘ldi, endi men hech qachon xursand bo‘lolmayman. Ichimdagi bolakay o‘ldirildi”. Patrikning sud zalidagi oxirgi so‘zi shunday edi. Mehmondagi o‘yinlarda unga qarata aytiladigan “Qotil!” so‘ziga chidashga majbur edi. Avtohalokat tufayli o‘lim sodir bo‘lgani uchun unda surunkali depressiya holati paydo bo‘ldi.

    Ushbu hodisa futbolchining bir mavsumda 28 o‘yinda 15 ta gol urgani, Chempionlar Ligasida “Real”ga qarshi ajoyib o‘yin ko‘rsatganini o‘z soyasida qoldirdi. “Ayaks” ketma-ket ikkinchi yil Yevropaning nufuzli musobaqasi finaliga chiqdi. Klyuyvert uchrashuvgacha jarohatidan qutulolmadi. Maydonda bo‘lish o‘rniga “Ayaks” penaltilar seriyasida qanday qilib “Yuventus”ga yutqazayotganini tomosha qilishga majbur bo‘ldi.

    1994-yil terma jamoada debyutini o‘tkazgan Klyuyvert Yevro—1996 qaydnomasiga kiritildi. Terma jamoa musobaqaning katta qismini usiz o‘tkazdi. U jarohatidan qutulishga urinardi. Guruh bosqichining so‘nggi turida mezbon jamoa Angliyaga qarshi o‘yinda gol juda zarur edi. Klyuyvert zaxiradan maydonga tushdi va gol urdi. Pley-offda esa Fransiya terma jamoasiga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi. 1996/97-yilgi mavsum boshlanishidan avval Patrik Klyuyvertning “Milan”ga o‘tishi haqida xabarlar tarqaldi. Avtohalokat va jarohat tufayli u muhitni o‘zgartirishi lozim edi. Uning do‘sti Edgar Davids “rossonerilar” tarkibiga o‘tib bo‘lgandi. Bu esa Patrikning “Ayaks” tomonidan taklif qilingan yangi shartnomaga rad javobini berishga turtki bo‘ldi. 1996/97-yilgi mavsumda Patrik kichik jarohatlar sabab 17 ta o‘yinda maydonga tusha oldi, xolos.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Mavsum tugagach, erkin agent sifatida “Milan” safiga borib qo‘shildi. Italiyaliklar futbolchini van Bastenga munosib izdosh bo‘ladi deb hisoblardi. “Rossonerilar” sovrinlar yutishga yordam beradigan ideal hujumchini qo‘lga kiritganidan xursand edi. Klyuyvert ham endi yangi chaqiruvga “ha” deb javob berish vaqti kelganini ta’kidladi.

    “Yuventus”ga urilgan fantastik gol yaxshi startga ishora edi. Mavsum yakunida esa umidlar puchga chiqdi: 27 o‘yinda 6 ta gol. Patrik bir necha bor irqchilik bilan bog‘liq mashmashalarga aralashib qoldi: asosan mehmondagi o‘yinlarda bu holat sodir bo‘lardi, ba’zan o‘z jamoasining muxlislari ham unga irqchilik munosabatida bo‘lardi. Bularning barchasi Patrikni “Milan”dan ketishga undadi. Niderlandiyada hali-hamon uning obro‘si baland edi. Jahon Chempionatida qatnashadigan futbolchilar qatorida Patrikning ham ismi bor edi. Niderlandlar o‘sha paytda eng kuchli tarkib bilan Fransiyadagi mundialga borgan. Van der Sar, Yap Stam, Frank de Bur, Klarens Zeedorf, Mark Overmars, Filipp Koku — ular terma jamoaning yulduz futbolchilar edi. Birinchi o‘yindayoq Patrik kulgili tarzda qizil kartochka oldi — Belgiya futbolchisining qoshiga zarba bergani uchun. Barcha ishonch bir soatda havoga uchdi.

    Shundan so‘ng chorak finalda unga imkoniyat berildi. Argentinaga qarshi o‘yinda u ishonchni qaytardi. O‘yinda hisobni Klyuyvert ochgan bo‘lsa ham, uchrashuv Dennis Bergkampning super goli bilan yodda qoldi. Yarim finalda amaldagi Jahon chempioni Braziliya ularni kutib turardi. Marselda bo‘lib o‘tgan o‘yinning 46-daqiqasida Ronaldo braziliyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Niderlandiyaliklar hisobni tenglashtirishga urindi. Ronald de Bur o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga uzatdi, Patrik esa to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Niderlandiyaliklar penaltilar seriyasida Braziliyaga imkoniyatni boy berdi.

    Lui van Gal shogirdining boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklarini ko‘rib turardi va uni yana qanoti ostiga olishga qaror qiladi. “Barselona” murabbiyi sifatida rahbariyatdan Patrikni sotib olishni so‘raydi. Klyuyvert 8,75 million funt evaziga kataloniyaliklar safiga o‘tadi. 1998-yil uchun bu juda katta narx edi, kamiga oldingi jamoasida omadsiz mavsumni o‘tkazgan futbolchi uchun. Klyuyvert o‘ylab o‘tirmasdan “Barselona” bilan shartnoma imzoladi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Yangi jamoada uning sherigi braziliyalik Rivaldo edi. U Patrikdan bir yil avval “Barselona”ga kelgandi. Dastlabki kunlardanoq maydonda ular o‘rtasida telepatik aloqa yuzaga keldi. Niderlandiyalik hujumchi 38 o‘yinda 16 ta gol urdi. Keyingi mavsum esa uning o‘zi uchun omadli, lekin jamoa uchun omadsiz kechdi. Klyuyvert chempionatda 15 ta gol urdi, jamoaning eng yaxshi to‘purariga aylandi, lekin jamoadagi muhit juda yomon edi. Rivaldo va bosh murabbiy van Gal o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Barchasi braziliyalik futbolchining maydonda pozitsiyasi o‘zgarishidan boshlandi. “Barselona” yana chempionlikni qo‘lga kirita olmagach, jamoa yulduzlari va murabbiy o‘rtasidagi nizo kattalashib ketdi va van Gal iste’foga chiqdi.

    Yevro—2000 ga Niderlandiya mezbonlik qildi. Ikki yil avvalgi mundialdagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin Niderlandiyaning oltin avlodida bu safar sovrin qo‘lga kiritish uchun yaxshi imkoniyat paydo bo‘ldi.

    Chexiyaga qarshi birinchi o‘yinda Frank de Burning penaltidan urilgan goli evaziga 3 ochko qo‘lga kiritildi. Daniyaga qarshi o‘yinda esa Klyuyvert gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Fransiyaga qarshi guruh bosqichidagi oxirgi o‘yinda ham gol urib, jamoasining pley-offga chiqishini ta’minladi.

    Yugoslaviyaga qarshi kechgan chorak final o‘yinida Patrik het-trik qayd etdi. O‘yin 6:1 hisobida yakuniga yetdi. Ular Italiyaga qarshi “nima bo‘lsa bo‘ladi” qabilida o‘ynashga majbur edi. Bu o‘yinda hammasi o‘ylangandek bo‘lmadi: terma jamoaning tajribali penalti tepuvchisi Frank de Bur imkoniyatdan foydalana olmadi. Bu hali hammasi emas. Asosiy vaqtlarning o‘zida Italiya darvozasi tomon ikkinchi penalti belgilandi. Bu safar Patrik 11 metrlik masofadan to‘pni darvozaga joylay olmadi. O‘yin penaltilar seriyasiga qadar cho‘zildi. Penaltilar seriyasida Niderlandiyaning ikki futbolchisi gol urolmadi, navbat Patrikka qadar yetib kelmadi. Italiya penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi va finalga chiqdi. Italiyaliklar finalda Fransiyaga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

    “Barselona”dagi keyingi 4 yil omadsiz kechdi. Klub juda qiyin davrlarni boshidan kechirayotgandi. Patrik esa 2004-yilda “Nyukasl”ga o‘tgunga qadar o‘z gollari bilan jamoaga yordam berishga urinardi. Angliyada ham ishlari yurishmagan Patrik bir mavsumdan so‘ng yana Ispaniyaga qaytdi. “Valensiya” jamoasidagi faoliyati ham esda qolarli voqealarga boy bo‘lmadi. “PSV” va “Lill” Klyuyvertning so‘nggi jamoalari bo‘lib qoldi. Shundan so‘ng Patrik Klyuyvert futbolchilik faoliyatini yakunladi.

    Patrik faoliyatini tugatganidan keyin o‘zini murabbiylikda sinab ko‘rishga qaror qildi. 2014-yilgi mundialda Patrik Portugaliya terma jamoasida Lui van Galning yordamchisi sifatida ishladi. Keyin esa onasining vatani Kyurasao terma jamoasiga murabbiylik qildi.

    Klyuyvertning faoliyati muxlislarga quvonch bag‘ishladi. Uning faoliyatidagi eng yuqori cho‘qqi 1995-yilgi Chempionlar Ligasi finali bo‘lib qoldi — 18 yoshli bola zaxiradan tushib g‘alaba golini urgandi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    01.07.2021, 22:37   Izoh (0)   32674
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yozning dastlabki shov-shuvli transferi tasdiqlandi: Jeydon Sancho “Manchester Yunayted”ga o‘tadi

    01.07.2021, 15:43

    Messining “Barselona”dagi so‘nggi kuni, “Paxtakor” futbolchisiga qiziqqan Belgiya klubi va vaqtlari aniq bo‘lgan “El-Klasiko”. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    30.06.2021, 23:14

    Ringdagi “qotil”, kabutarlarga muhabbat, qamoq va sovurilgan millionlar. 55 yoshni qarshilagan afsonaviy Mayk Tayson haqida

    30.06.2021, 17:00

    Yevro—2020 chorak finalining kutilgan va kutilmagan ishtirokchilari, de Bur ketdi, Desham esa qoladi. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    30.06.2021, 10:54

    Yevro—2020. Ukraina qo‘shimcha bo‘limlarning so‘nggi daqiqalarida gol urib, o‘z tarixida ilk bor chorak finalga yo‘l oldi

    30.06.2021, 02:46

    Ibrahimovich, Jiru, Kavanidan qimmatroq qiymatga baholangan va o‘tgan mavsumda Aguero, Dibala, Vernerdan ko‘p gol urgan Eldor Shomurodov haqida

    29.06.2021, 23:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Mobiuz "MazzaFest"da yangi "Mazza" va "Mazza 2.0" tarif rejalarini taqdim etadi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniyada o‘zini qirol deb e’lon qilgan shaxs qamoqqa olindi

    Dunyo | 13 may, 23:40

    “Putin muzokaralarga kelsa, Tramp ham Istanbulga boradi” — AQSH maxsus vakili

    Dunyo | 13 may, 23:25

    “Daryo” dayjesti: 13-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 13 may, 23:10

    Falastinning normal hayotga qaytishi uchun 15 yil kerakligi ma’lum qilindi

    Dunyo | 13 may, 22:55

    Maʼmuriy sudlar tomonidan uch oyda hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq qancha ish ko‘rilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 13 may, 22:45

    Mashhurlik retsepti: qo‘shiqlari emas, balki reklamalar orqali tanilgan xonandalar

    Musiqa | 13 may, 22:35

    O‘zbekiston Kubogi. “OKMK” 12 ta gol urdi, “Surxon” Birinchi liga klubiga mag‘lub bo‘lib, guruhda qolib ketdi

    Sport | 13 may, 22:23

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    O‘zbekiston | 13 may, 22:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.